Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
141
Men bu maylning asl sababini bugungi kunda G'arb va islom o‘rtasida mavjud bo‘lgan 
o‘zaro bir-birini tushunmaslikda deb bilaman. G'arb kinochilari o‘z tomoshabinlari 
e'tiborini jamiyatlaridagi muammolarni yechish mashaqqatlaridan chalg‘itish uchun 
ularning qornini Yaqin Sharq terroristlari haqidagi bo‘lar-bo‘lmas uydirmalarning parhez 
taomi bilan to‘ydirib turadi. Musulmon dunyosining biror shahri hayotidagi keskin 
o‘zgarishlar tufayli xavf-xatarga duch kelayotgan mualliflar ham ulardan ortda qolmaslik 
uchun o‘z jamiyatidagi muammolar uchun G'arbni ayblashga o‘tib olgan.
Bunday aybni bir-biriga to‘nkash ommaviy kommunikatsiyalar asrida kulgili tuyuladi. 
Agar Amerika yovuz bo‘lmasa, nega yaqin sharqliklar uning yovuz ekaniga ishonadi? Eng 
taqvodor musulmonlar terrorizmdan dahshatga tushsa, ko‘plab g‘arbliklar islomni 
musulmonlar hayotining ko‘zga tashlanib turgan unsurlari bo‘lgan namoz o‘qish, oilaviy 
munosabatlar qalinligi deb emas, ekstremizm va buzg‘unchilik deb tasavvur qiladi? 
(Kanadalik kommunikatsiya nazariyotchisi - 
tarj.
) Makluhanning global qishlog‘i 
(nazariyasi)ga nima bo‘ldi?
Eng qizig‘i, Internet va sun'iy yo‘ldosh televideniesi o‘zaro tushunmaslik devorini buzib 
tashlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uchrayapti. Buning sababi juda oddiy: 
odamlarning aksariyati hukmron ommaviy axborot vositalari mahsulotini iste'mol 
qilishadi. Axborot yig‘ayotgan jurnalistlar uchun odamlar xohlagan yangiliklarni 
tarqatishda ma'lum bir cheklovlar mavjud. Ijtimoiy did, afsuski, fojiali va dahshatlidir. 
Misol tariqasida Pokistonni olib ko‘raylik. Bu mamlakatda Abdusattor Idhi degan diniy 
olim boshqaradigan bir islom xayriya jamg‘armasi bor. Bu jamg‘armaning kambag‘al 
pokistonliklar bepul davolanishi mumkin bo‘lgan yuzdan oshiq shifoxona va 
polikilinikalari mavjud. Tinchliksevar Idhi va u mutasaddilik qilayotgan shifoxonalar 
haqidagi xabarni kechki yangiliklarga chiqarish imkoniyati yo‘q. Buning o‘rniga 5-6 
kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bomba portlagan joydan reportaj, zilzila yoki suv 
toshqini xususidagi xabarlar beriladi. Uchinchi dunyo mamlakatlarida siyosiy zo‘ravonlik 
va tabiiy ofatlardan boshqa hech narsa yangilik bo‘lmaydi. Bu ba'zi musulmon radikallari 
ishonayotganiday, tsenzura yoki mutaassiblikning ko‘rinishi emas, aksincha, o‘zaro raqib 
bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining odamlar e'tiborini tortadigan xabar tarqatishga 
bo‘lgan intilishi bilan bog‘liq. Ravalpindi yoki Peshavorda yangi shifoxonaning ochilish 
marosimini ko‘rsatgan televideniening obro‘si oshib qolmaydi. Dunyo ahli so‘nggi bomba 
portlagani haqidagi xabarni eshitishga ko‘proq qiziqadi.
Bu, jurnalistlar hech qanday jazoga tortilmasligi kerak, degani emas. Masalan, diniy 
zo‘ravonlik Yaqin Sharqdagi har qanday jafokash mamlakatdagidan ko‘ra keskinroq 
bo‘lgan Buyuk Britaniyada OAVning yetakchi printsiplarida Londonderrida har safar 
respublikachilar yoki loyalistlar (monarxizm tarafdorlari) bombasi portlagan paytda 
televidenie o‘z reportajiga zo‘ravonlikni qoralayotgan katolik yoki protestant 
yepiskopining chiqishini tashkil etishi belgilab qo‘yilgan. Shu yo‘l bilan biror diniy guruhni 
me'yordan chiqib ketgan xatti-harakatlar uchun hamma balo-qazolarning aybdori qilib 
ko‘rsatish xavfi ancha kamaytiriladi. Ammo birorta guruh islomga daxldorlikni da'vo 
qilib, bunday siyosiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, musulmon peshvosining 
Britaniya televideniesi orqali uni qoralab chiqishidan umid qilmasak ham bo‘laveradi.
Dunyo voqeligi hamisha kimningdir tor manfaatiga mos kelmay qoladi. Har bir 
jamiyatning, u qanchalik zo‘r bo‘lishidan qat'i nazar, albatta, o‘ziga yarasha qorong‘i 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish