VIII bob
Diniy Boshqa
[281]
ni tan olish
Diniy Boshqani qanday tan olish zamonaviy ilohiyotshunoslik zudlik bilan hal etishi lozim
bo‘lgan o‘ta murakkab masalalardan biridir. Dinlarni o‘zaro qiyoslash ilmining tez
rivojlanishi, ommaviy axborot vositalarining globallashuv jarayonidagi bayroqdorligi,
insoniy munosabatlarda diniy e'tiqoddan ko‘ra pragmatizmga asoslangan siyosiy va
iqtisodiy bosimning ustuvorligi har bir dinning boshqa dinlardan o‘zining ustunligi
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
100
xususida an'anaviy tarzda kafolatlar berishi va g‘ayridinlar bu borada mutlaqo noto‘g‘ri
yo‘l tutadi, degan tushunchalarga shubha bilan qarash tamoyilini qaror toptirmoqda.
Ba'zi bir «plyuralist»
[282]
mutafakkirlarning fikricha, biror dinning ustunligi xususidagi
almisoqdan qolgan va o‘tmishdagi toqatsizlikni esga tushiradigan kafolatlar axloqiy
nuqtai nazardan nafaqat shubhali, balki to‘g‘riligini tekshirib bo‘lmaydigan darajadagi
yondashuv hamdir. Chunki bunday kafolatlar odatda muqaddas narsalarga nisbatan
mutlaqo shaxsiy va, binobarin, nisbiy mulohazalarga asoslangan, hech kimga tegib
ketmaydigan daxlsiz bayonlardan iborat bo‘ladi.
Biz ushbu bobda islomiy tafakkurni zikr etilganiga o‘xshash yo‘nalishda o‘zgartirishga
yaqin-yaqinlarga dovur bo‘lgan urinishlarning naqadar mantiqiyligi va ahamiyati
xususida fikr yuritmoqchimiz. Albatta, bunday munozara amaliy ahamiyatga ega ekani
ayon. Islomning klassik ruknlarini kamsonli etnik guruhlar manfaatini himoya qiluvchi
qonunlar nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish aslida an'anaviy hayot tarzimiz "liberal
davlat qonunchiligidan ko‘ra ko‘proq erkinlik va'da qiladi"
[283]
deb safsata sotadigan
maddoh kishilarga xayrixohlar ko‘pligidan qat'i nazar, "islomlashtirish" strategiyasini
boshidan kechirayotgan davlatlarning musulmon bo‘lmagan fuqarolari orasida tashvish
uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Bunday qonunlarning Qur'onda mavjud yagona odil xudo
haqidagi tushunchaga uyg‘unligi xususidagi dalil boshqa joylarda ham rivojlantirilishi
kerak; biroq men ushbu sahifalarda musulmonlarning nasx
[284]
ga oid
ilohiyotshunosliklari mulkni tasarruf qilishdan qonun yo‘li bilan mahrum etish to‘g‘risidagi
qarashlardan ajratilishini hamda muloqot va o‘zaro hurmatni mushkullashtirmaydi,
aksincha, mustahkamlaydi, deb tushunilishini yoqlamoqchiman. Agar biz buni ko‘rsatib
bera olsak, yangi ilohiyotshunoslik "plyuralizm"ining axloqiy jihati o‘z jozibasini yo‘qotib
qo‘yishi mumkin.
Ushbu dalilni shakllantiruvchi musulmon soteriologiya
[285]
si diskursning o‘zaro farq
qiluvchi bir necha reestri
[286]
doirasida amal qiladi. Mazkur yo‘nalish ergashadigan
yo‘llarni sunniylikning hukmron formal ekzoterik ilohiyotshunosligi (
kalom
) bo‘lmish
ash'ariya va moturidiya bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lur edi. Bu o‘rinda musulmon mistitsizmi
me'yoriy nuqtai nazardan
kalom
ga nisbatan kamroq islomiy bo‘lgani uchun emas,
aksincha, so‘fiylik diskurslari she'riy tilining tropikka xos va erkin mubolag‘alardan
iborat anglash og‘ir bo‘lgan tabiiyligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli istisno qilinyapti.
She'riy tilning maqsadi dogmatik va qotib qolgan pozitsiya - turimni qog‘ozga tushirish
emas, aksincha, trans holatiga tushishni talqin etish yoki shu holatga tushish hissini
uyg‘otishdan iboratdir
[287]
. Kalom ilmi sistematik ilohiyotshunoslik sifatida muqaddas
bitiklarni sharhlash hamda ilohiy matn va ratsional tartibning formal va foydalanish
mumkin bo‘lgan germenevtik printsiplarini rivojlantirishga jiddiy e'tibor beradi, mistikani
ilhom vositasida tushunishdan ko‘ra ushbu masalani muhokama qilish uchun amaliy
maydon hozirlab beradi. Bundan tashqari, so‘fizm emas, aynan
kalom
ilmi, so‘fiylikdan
farqli o‘laroq, shariat bilan o‘zaro munosabatga kirishadi va musulmon bo‘lmaganlar
bilan muloqot qilish shartlari uchun darhol axloqiy va ilohiyotshunoslik bilan bog‘liq
zamin hozirlab beradi.
20-asr musulmon ilohiyotshunoslarining juda ozchiligi o‘zlarini murosasiz
ilohiyotshunoslik plyuralizmi tarafdorlari sifatida ko‘rsatdi. E'tiqodni zamonaviy
tenghuquqlilik aksiomasi bilan uyg‘unlashtirishni o‘ylagan ushbu mutafakkirlar
ilohiyotshunoslik plyuralizmi urug‘larini Qur'onga oid diskurslardan butunlay yo‘qotish
uchun germenevtikaning murakkab kontekstual
[288]
va dekonstruktsion strategiyasidan
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |