www.ziyouz.com
kutubxonasi
158
Mo‘‘tadil sunniylik ushbu majburlovchi teokratiyadan hamisha xavfsirab kelgan. Ba'zi
g‘arblik mualliflar orasida, Qur'onda din va davlat yagona institut ekani xususidagi
ijtimoiy tartib belgilab qo‘yilgan, xristianlarning "Qaysarniki - Qaysarga, xudoniki -
xudoga" printsipini islomga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi, chunki din hayotdagi har bir
narsani Allohning qonuniga bo‘ysundirishga harakat qiladi, degan qarash keng
tarqalgan.
Musulmon jamiyatlari voqeligi bunday qarashning noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatib turibdi.
Islomning uzoq tarixi podsholik va avloddan-avlodga o‘tuvchi siyosiy institut,
shuningdek, odatda, davlatdan va siyosat san'atidan hazar qiluvchi, ammo sultonning
sotqinligini, kerak bo‘lsa, uning kambag‘allarga rahmsizligini qoralab va'z aytish
imkoniyatini qo‘ldan bermaydigan ulamolar, masjid imomlari, qozilar va hk. dan iborat
butunlay bo‘lakcha diniy institutdan iborat bo‘lgan. An'anaviy islom davlatlarida xalq
ommasi ulamolarni davlatga vakil qiladi, ular davlatning xalq orasidagi vakillari emas.
Bir narsani qayd etish lozimki, o‘rta asrlardagi xristian jamiyatlarida diniy institutlar va
davlat o‘rtasidagi munosabatlar islom zaminidagiga nisbatan yaqinroq bo‘lgan.
Birlashgan qirollikdagi toj kiydirish marosimi va bizning cherkov hokimiyatini tan
oladigan konstitutsion boshqaruv tizimimiz hatto bugungi kunda ham davlat rahbaridan
bir vaqtning o‘zida cherkov boshlig‘i bo‘lishni ham talab etadi. Bular o‘sha simbiozning
qoldig‘idir. Aksariyat an'anaviy musulmon davlatlarida bunday qo‘shilib ketishga yo‘l
qo‘yilmagan, ular uddaburon pragmatizmni afzal bilgan.
Albatta, bunday tizim asrimiz sharoitida yashab qola bilmadi. Aksariyat hollarda
mustamlakachilik tartiboti mahalliy siyosiy jarayonlarni yo‘q qilib yubordi va diniy
institutlarni chekkaga surib tashladi yoki bekor qilib qo‘ydi. Masalan, Jazoirda hukmdor
oila surgun qilindi hamda viloyatlardagi qabila yo‘lboshchisining patronaj
[511]
va
boshqaruv tizimi bekor qilindi. Diniy madrasalar yopildi. Hatto masjidlar ham ayalmadi:
Jazoirda 1962 yilgi mustaqillikkacha bo‘lgan davrda shahardagi 180 ta masjidning
uchtasini istisno qilganda, qolgan barchasidan cherkov yoki boshqa maqsadlarda
foydalanilar edi. Mamlakatning kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan Oran shahrida
olti asrlik tarixga ega bo‘lgan san'at obidasi bo‘lgan bosh masjid temiryo‘l shohbekatiga
aylantirildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Asrlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan musulmon siyosiy tizimi va diniy institutlarining
yo‘q qilib yuborilishiga qarshi turgan islom uyg‘onish mafkuralari yangi radikal siyosiy
nazariyalarni ishlab chiqdi. Nosir bu borada eng katta ta'sir kuchiga ega bo‘lgan Sayyid
Qutbni 1962 yili qatl etdi. U din va davlatning radikal birligi xususidagi nazariyani olg‘a
surgan edi. Bu nazariyaga ko‘ra, islom peshvolari va davlatining rahnamosi musulmon
ulamosi bo‘lishi kerak edi. Qutbning fikricha, din va davlatning bemaza dixotomiyasi
islomning halokatli tarzda to‘g‘ri yo‘lidan og‘ib ketishiga, ulamolarning esa o‘z ijtimoiy
mas'uliyatini unutishiga imkon berdi.
Zamonaviy tahlilchilar bunda boshqaruvga oid islomiy nazariyalarning emas, g‘arb
g‘oyalarining ta'siri bor, deb hisoblaydi. Qutb o‘zini urush vaqtida Vishi
[512]
rejimiga
xizmat qilgan va fashistlashgan frantsuz Aleksis Karrel
[513]
oldida burchli deb bilar edi.
O'sha kunlarning tashvishlari bilan ovora bo‘lgan Karrel millatning essentsiyasi
[514]
-
ayni paytda frantsuzlikning kvintessentsiya
[515]
si - vasiylari hokimiyat jilovini o‘z
qo‘lida tutib turishi, haqiqiy insoniy qadriyatlarning bir qismi davlat bo‘lishi kerak, deb
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |