Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

an-Nakba", 
falokat deb ataladigan ushbu voqea G'arbning 
mintaqaga oid tushunchalarini tezda o‘zgartirib yubordi. Arablar xuddi nemislarning 
jinoyatlari uchun tovon to‘layotganday edi. Agar yahudiylarga Germaniyaning bir qismi, 
masalan, Bavariya berilganida musulmonlar bu ish adolatdan bo‘ldi, deyishlari mumkin 
edi. Ammo falastinliklarga nisbatan etnik tozalash o‘tkazish bema'ni va xato ish edi. 
Arab dunyosi kutilmaganda yangi va dushman davlat o‘zini ikkiga bo‘lib tashlaganini 
ko‘rib qoldi. Qo‘shni mamlakatlardagi demografik vaziyat yuzlab, minglab falastinlik 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
146
qochqinlar kelishi bilan yomonlashib keta boshladi. Masalan, Livan aholisi bir oy ichida 
20 foiz ortib ketdi. Iordaniya aholisi esa 30-35 foiz ko‘paydi.
Bunday falokatga duch kelgan g‘arblashgan zodagonlarning orzu-umidlari chippakka 
chiqdi. G'arbliklarning faqat Isroilni qo‘llab-quvvatlashi, falastinliklarning o‘z yerlariga 
qaytib kelishiga yo‘l ochish yoki ularning dehqonchilik qilib kelgan dalalari, qishloqlari va 
ishidan ayrilgani uchun tovon puli olishiga imkon yaratish uchun Isroilga bosim 
o‘tkazishdan bosh tortishi ushbu mintaqa aholisining G'arbga zavq-shavq bilan qarashiga 
putur yetkazdi. Bir islom voizi aytganiday: "Agar G'arb shariati shu bo‘lsa, bizga uning 
umuman keragi yo‘q". G'arbning arablar va musulmonlarga nisbatan nafrati shu 
darajaga yetdiki, ularning nazarida xalqaro tartibning muhim printsiplari buzilganidan 
ko‘ra butun boshli arab davlati yer bilan yakson qilib tashlangani afzal edi.
G'arbning nafratiga duchor bo‘lgan millatchi harbiy rejimlar sotsialistik blokka yuz tutib, 
Tito va Xrushchev bilan noz-karashma qila boshladi. Pufaksimon quruq gap-so‘zlar bilan 
o‘tgan yillardan so‘ng, "Falastin - falastinliklar uchun!" da'vosi bilan yarim-yuluq urushlar 
ham bo‘ldi. 20-asrning 80-yillarida kommunistik blok inqirozga yuz tutishi bilan hamma 
narsa barbod bo‘ldi, Isroilning kuchi oldida ojiz qolgan arab rejimlarining obro‘si tutday 
to‘kilib ketdi. Ko‘rfaz urushidagi mag‘lubiyat o‘sha rejimlar faqat bir narsaga: Isroil bilan
tinchlik shartnomasi imzolash evaziga G'arbdan moliyaviy yordam olishga qodir ekanini 
namoyish etdi, xolos.
Bugungi vaziyat Yaqin Sharqdagi aksariyat mamlakatlardagi harbiy xuntalarning qudrati 
o‘sha yerning o‘zida emas, G'arbda ekanini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Misr va Tunis 
hamda G'arbning mintaqaga suqilib kirishi uchun qulay bo‘lgan boshqa mamlakatlar 
xalqlari o‘z rejimlarini tobora ko‘proq so‘kmoqda.
Endilikda mo‘‘tadil fikrlovchi kishilar bu muammoning yechimini demokratiyada deb 
bilmoqda. Agar aholi o‘z mamlakatlaridagi rejimlardan nafratlansa, nima qilish 
kerakligini o‘zi hal etishi lozim. Ammo ko‘pgina Yaqin Sharq mamlakatlarida amalda 
buning imkoni yo‘q. G'arbparast rejimlar, ma'lum sabablarga ko‘ra, demokratiya joriy 
etilishiga ijozat bermasligi tayin. Shuning barobarida G'arb ham o‘zi ishongan xalq 
vakolat bergan hukumat to‘g‘risidagi universal qadriyatni mintaqadagi do‘stlariga 
nisbatan qo‘llashga ro‘yi xush bermayotir. Ko‘rfaz bo‘yidagi g‘arbparast rejimlarning 
aksariyati absolyutizm (hokimiyatning bir kishi qo‘lida jamlanishi)ga moyillik 
bildirmoqda. Yaman singari demokratiyaning haqiqiy shakllariga ega bo‘lgan arab 
rejimlarining esa G'arb bilan munosabatlari unchalik ham iliq emas.
Jazoir G'arbning demokratlashtirishga bo‘lgan munosabatiga juda yaxshi misol bo‘ladi. 
1830 yili Frantsiya bosib olgan bu mamlakat mustamlakachilik davrida o‘ziga xos 
xususiyatlaridan deyarli butunlay ayrilayozdi. Hatto 20-asrning 50-yillarida ham arab 
maktablarida o‘quvchilarning o‘z ona tillarida ta'lim olishi taqiqlangan edi. Har bir bola 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish