Turtinchi aspekt bu yuridik aspektdir. Mustaqil mehnat hayotini boshlashga kirishayotgan yoshlar oila mehnat xayotini boshlashga kirishayotgan yoshlar oila qurishga xam tayyorlangan bo’lishlari kerak, buning uchun esa, jumladan, ular nikoh va oila to’grisidagi qonunlarni, O’zbekiston Respublikasi qonunini bilishi zarur.
Beshinchi, sunggi aspekt bu jinsiy tarbiyaning medisina aspektidir. Bu mutlako vrachlarga taalluqli aspekt bo’lib, u bilan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan o’rta medisina bilimiga ega bulgan kishilar shugullanadilar. Shuning uchun xam biz 16-18 yoshga to’lgan yoshlar bilishi mumkin bo’lgan savollarga beriladigan javoblar xususidagina qisqacha tuxtalib o’tamiz. Bunday masalalarni anik ravshan qilib bir nechta guruhga ajratish mumkin: 1) Odamning jinsiy tomondan yetilishining mohiyati va uning belgilari;
2) Anatomiya (odam jinsiy organlarining fiziologiyasi va gigiyenasi); 3) Nikox munosabatlari fiziologiyasi va gigiyenasi; 4) Jinsiy buzilishlari; 5) Tanosil kasalliklari va ularningprofilaktikasi.
Birinchi, ikkiichi va beshinchi guruhlar yigit va kizlar bilan alohida-alohida o’tkaziladigan suhbatlar va ma’ruzalar orkali barcha o’quvchilar bilan amalga oshirib boriladi. Uchinchi va to’rtinchi guruhlarda individual ishlar olib borish yuli bilan ayrim o’kuvchilarning masalalari bilan boglik xolla xamda yoshlar yaqin munosabatni boshlab qo’ygan xollarda. shuningdek. jinsiy buzilish o’z xulkida tegishli kizikish yoki tendensiyalar namoyon bo’lgan shaxslarga nisbatan ko’llaniladi. JW Balog’at davrida o’kuvchilar, ota-onalar va jamoatchilik, usmirni nazoratsiz qoldirishi, bo’sh vaqtini to’g’ri uyushtirmasligi o’kishga nisbatan salbiy munosabat, sinf kollektivi jamoasi bilan aloqani yomonlashuvi, spirtli ichimlikka o’rgangani, tajavuzkor, serzadalik tarbiyasi kiyin o’smirlarni keltirib chikaruvchi muhim omillardan bo’lib xisoblanadi.
Tarbiyasi kiyin o’smirlarni o’rganishda ijtimoiy muxitdan tashkari pedagogik- psixologik sabablar mavjudligini xisobga olish, konunbuzarlarni kelib chiqish sabablarini diagnostika yordamida anikdash, tarbiyasi kiyin o’quvchilar shaxsini aniqlash ularnig psixologik munosabatlarini inobatga olgan holda tipologiyasini tuzish. tipologik xususiyatlarga binoan individual ish olib borish, qonunbuzarlikni oldini olib va tarbiyasi kiyin bolalarni kayta tarbiyalash metodlarini amalga tadbik kilish bu muammoni yechilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |