Yashirin aksentuasiya - bu me’yorning eng oxirgi varianta emas, balki me’yorning odatdagi variantiga tegishlidir. Odatdagi o’rganilgan sharoitda ma’lum bir xarakter tipi kuchsiz yoki umuman ifodalanmagan bo’ladi. Hatto uzok vakt davomida o’smir kuzatilganda xam har tomonlama o’zaro munosobatlarda xam uning tarjimayi holi bilan tanilganda xam xarakterning ma’lum tapini aytish kiyindir. Ammo ushbu tip oyelgilari «eng kam karshilik ko’rsatuvchi joyga» yukori talablar ko’yilgan vaziyat va ruxiy shikastlar ta’siri ostida kutilmaganda yorkin yuzaga chiqishi kuzatiladi. Bu ikki aksentuasiya darajasi turli omillar ta’sirida bir-biriga o’tib turishi mumkin: Bu omillar ichida oila tarbiyasining xususiyatlari. ijtimoiy muhit, kasbiy faoliyat. jismonan soglik muxim rol o’ynaydi.
A.Ye.Lichko 2 ta aksentuasiya tipini ajratadi. Bundan tashkari 14 aralash variantlarini ko’rsatadi. Har bir tipni aniklashda fakat xarakterologik xususiyatlar emas, balki klinik belgilar, jumladan nevropatiya, markaziy asab tizimining anorganik shikastlanishi, fazasi affektiv buzilishlari xam kuzatiladi. A.Ye.Lichko xam aksentuasiya xarakterning vaktincha o’zgarishi degan fikrda qoladi. Shu bilan birga ulardan ayrimlari psixik kasalliklarga utadi yoki butun umr saklanishini kayd etadi. Aksentuasiyaning kelib chikishida notugri tarbiyaning o’rni aloxida ta’kidlanadi. Xarakter aksentuasiyasi tiplari kuyidagilardan iborat:
Gireptim-tip - bolaligidanok sho’x, to’polonchi, mustakil, jasur, o’ta eksravert unda kattalarga nisbatan distansiya xissi yetishmaydi. Doimo liderlikka da’vogar, tavakkalchilikni yoktiradi. Garchi yaxshi qobiliyat egasi bo’lsalarda xafasizliklari, tez chalgishlari, intizomsizliklari sababli notekis o’qishadi. Ularda odatda ko’tarinki kayfiyat o’z kobiliyat va imkoniyatlariga ortiqcha baho berish, lekin konun va koidalarga yengil qarash hollari uchraidi.
Sikloid tip - bolaligida tengdoshlaridan fark qilmaydi. Pubertat davriga kelib subdopressiv faza paydo bo’lishi mumkin. Natijada kuchsiz, biror ishga kul urgisi kelmasligi tufayli o’kishda xam kiynala boshlaydilar. Jamoat ishlaridan bosh tortadilar, yolgizlikni afzal ko’radilar. Agar bu vaktda jiddiy jazolar, obro’sini to’kishlar yuzaga kelsa, o’tkir affektiv reaksiya, sunisidal urinishlar xam goxo uchraydi. Lekin ko’tarilish fazasida o’zlarini gipertim tipi kabi tutadilar. Qiziqishlar beqaror. Delinkventlik (qonunbuzarlikka mayillik), uydan kochish ularga xos emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |