II bob bo‘yicha xulosa:
1.
Paytni ifodalovchi ot yoki otli so‘z birikma
时 间 词 shíjiāncí –
“temporativ” deb nomlanadi. Temporativlar ikki turga bo‘linadi: 1) “
时点”
shídiǎn – ish-harakatning qay vaqtda sodir bo‘lishni bildirib, vaqtning o‘rni
haqida gap ketadi.
2) “
时 段 ” shíduàn – ish-harakat qancha vaqt amalga oshganini ifodalab,
paytning uzunligi haqida gap boradi;
2.
Olmosh so‘z turkumida vaqt kategoriyasi ifodasi ko‘rsatish olmoshlaridan
这会儿 zhè huìr, 这阵子 zhè zhènzi – “bu payt, shu payt”, 那会儿 nà huìr, 那
阵子 nà zhènzi - “o‘sha payt” so‘zlari; so‘roq olmoshlaridan 什么时候 shénme
shíhou – “qachon, qay paytda”,
多会儿 duōhuìr, 哪会儿 nǎhuìr – “qachon”, 几
时 jǐshí – “soat nechada” hamda “每 měi (har)+payt so‘zi” shaklidagi so‘z
birikmalari yordamida namoyon bo‘ladi;
3.
Fe’l so‘z turkumida vaqt mazmuni fe’llarning reduplikatsiyasi hodisasida
o‘z aksini topadi. Xitoy tilida bir bo‘g‘inli fe’llarning reduplikatsiyasida ish-
harakatning qisqa muddatda sodir bo‘lishi kuzatiladi. Sifatning ravish sifatidagi
qo‘shimcha vazifasi mavjud bo‘lib, ayrim sifatlar fe’l yoki sifatni aniqlab
61
kelganida, mazmuni o‘zgarib, grammatik funksiyasi ham ravish bilan bir xil
bo‘ladi;
4.
Xitoy tili grammatik tizimida vaqtni ifodalashda boshqa so‘z turkumlariga
nisbatan eng ko‘p ravish so‘z turkumi qo‘llaniladi. Ravish so‘z turkumiga
mansub
曾 céng, 曾经 céngjīng, 已 yǐ, 已经 yǐjīng, 都 dōu ravishlari yordamida
ish-harakat, holatning sodir bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligi ifodalanadi;
5.
正 zhèng, 在 zài, 正在 zhèngzài, 正要 zhèngyào, 正当 zhèngdāng
ravishlari yordamida ish-harakatning amalga oshish jarayonidaligi ifodalanadi.
6.
马上 mǎshàng,立刻 lìkè, 立即 lìjí, 一下子 yīxiàzi guruhiga mansub
ravishlar juda tezlik bilan bajariladigan ish-harakatni ifodalaydi;
7.
赶快 gǎnkuài, 赶紧 gǎnjǐn, 赶忙 gǎnmáng, 连忙 liánmáng, 急忙 jímáng
– mazkur guruh ravishlari ham ish-harakatning tez bajarilishini ifodalaydi;
8.
快 kuài(快要 kuàiyào), 就 jiù(就要 jiùyào), 将 jiāng(将要
jiāngyào
)ravishlari ish-harakatning yaqin kelajakda sodir bo‘lishi kerakligini
ifodalaydi;
9.
就 jiù va 才 cái ravishlar ish-harakat amalga oshishi paytining erta yoki
kechligini ifodalash uchun xizmat qiladi;
10.
仍 réng, 仍然 réngrán, 依然 yīrán (ilgarigiday, avvalgiday), 还 hái
ravishlari o‘tgan zamondan ayni choqqa qadar davomiylikni ifodalaydi;
11. Vaqtni ifodalovchi yordamchi so‘zlar orqali o‘tgan zamon, hozirgi
tugallangan zamon, uzoq o‘tmish va davomiylik ma’nosidagi vaqt
kategoriyasini ifodalashda keng qo‘llaniladi. Ushbu yordamchi so‘zlarning
gapdagi o‘rni ham turlicha bo’ladi;
12.
了 le yordamchi so‘zi gapda kesimdan so‘ng hamda gapning oxirida ham
qo‘llanilishi mumkin. Agar u vaqtni ifodalab kelganida, u odatda kesimdan
62
keyin joylashib, ish-harakatning yaqindagina yakunlanganligini anglatadi. Shu
bilan bir qatorda holatning davomiyligini aks ettirish uchun ham ushbu
yordamchi so‘zdan foydalaniladi;
13. Vaqtni ifodalovchi
过 guò yordamchi so‘zi – ish-harakatning qachonlardir
sodir bo‘lib o‘tganligini, o‘sha holatda qolganligini, ammo hozir allaqachon bu
ish-harakat sodir bo‘lmay, holat ham saqlanmaganligini ifodalashda xizmat
qiladi;
14.
着 zhe vaqtni ifodalovchi yordamchi so‘zi ish-harakat va holatning
davomiyligini ifodalab, gapda kesim yoki holatni bildiruvchi so‘zlardan so‘ng
qo‘llaniladi. Vaqtni ifodalovchi
来着 láizhe yordamchi so‘zi – ish-harakatni
yaqindagina sodir bo‘lganligini ifodalaydi. Bu yordamchi so‘zning ko‘pincha
so‘roq gaplarda keng qo‘llanilishiga duch kelishimiz mumkin;
15. Harakat ma’nosini anglatuvchi fe’llar, ya’ni bunda ish-harakatning
boshlanishi, davom etishi, tugallanishini ifodalaovchi fe’llar: yugurmoq,
sakramoq, ko’chirib o’tmoq, yurmoq, ko’rmoq, eshitmoq, gapirmoq, yuvmoq,
yozmoq, hisoblamoq, yemoq va shu kabilar kiradi. Bu turga oid fe’llar miqdor
jihatidan ko’pchilikni tashkil etadi. Bu kabi fe’llar bilan
了 le qo’llanilsa, ish-
harakatning sodir etilganligini anglatadi;
16.
过 qo’llanilgan gaplarda undan oldingi harakat yoki holat so’zlovchi
suhbatiga aloqador bo’lishi yoki ta’sir ko’rsatganligini ko’rsatishi ham mumkin;
17. Natijaviy fe’l esa ish-harakatni boshlanib, ko’p o’tmay yakun topishini
anglatishga xizmat qiladi. Ushbu harakatning boshlanishi va yakuni muhim
bo’lib, oraliqda sodir bo’lgan harakat esa muhim emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |