3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Vaqtning ontologik tabiati haqida qadimdan
tortib hozirga qadar donishmandlar, faylasuflar hamda xususiy fanlarning
tadqiqotchilari tomonidan turli qarashlar va ta’limotlar ilgari surilgan. Xususan,
vaqt tushunchasi avvalambor, falsafiy mushohadalar doirasida izohlangan. Zero,
falsafa lug‘atida vaqt tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Vaqt haqidagi
turli qarashlarning tadrijiy taraqqiyoti zamonaviy vaqt tushunchasining
aniqlanishiga olib keldi. Unga ko‘ra, vaqt (fazo bilan birga) materiyaning
mavjudlik shakli bo‘lib, moddiy jarayonlarning keng yoyilishi izchilligini, bu
jarayonlarning turli bosqichlari, bir-biridan ajralganligi, ularning davom etishi,
rivojlanishini bildiradi. Vaqtning belgilari sifatida esa bir o‘lchamlilik,
qaytarilmaslik, cheksizlik, davomiylik, uzluklilik, uzluksizlik, bo‘linuvchanlik,
ketma-ketlik, bir jinslilik kabi xususiyatlar tan olinadi”
1
.
“Insonda vaqtni qabul qiluvchi maxsus a’zolar mavjud emas, lekin aynan
vaqt uning psixik yo‘lini tashkil qilib beradi. Vaqt insondan ayrodir, ammo
inson vaqtdan ajralmaydi. Agar vaqt hissi tabiatdagi davriyliklarga asoslangan
bo‘lsa, psixik strukturalar esa o‘zini o‘tmishda, kelajakdagi “borlik nuqtasi”ga
bo‘lingan hamda ularni yagona oqimga birlashtiruvchi hozirgi “borlik
nuqtasi”dan iborat chiziqli vaqt bilan bog‘langan”
2
, – deya ta’kidlaydi
N.D.Artyunova.
Vaqtning ifodasi ko‘pgina tillarda mavjuddir. Lekin turli tillarning vaqt
kategoriyasiga qarashlari turlicha.
Vaholanki, “vaqt” tushunchasini bevosita tilshunoslik atamasi sifatida
o‘rganar ekanmiz, mazkur grammatik kategoriyaning ta’rifini tilshunoslik
lug‘atidan olamiz. “Vaqt kategoriyasi – fe’lning grammatik kategoriyasi bo‘lib,
obyektiv vaqtning o‘ziga xos til ifodasi hisoblanadi. U gapda so‘z ketayotgan
hodisa yoki holatning temporal (payt) lokalizatsiyasi uchun xizmat qiladi. Vaqt
kategoriyasi bilan beriladigan lokalizatsiya paytni yanada batafsil ko‘rsatish
1
Falsafa lug'ati. – Toshkent.: O‘zbekiston, 1976. – B. 60-63.
2
Артюнова Язык и мир человека. Н.Д. – Москва.: Языки русской культуры, 1999. – С 688.
4
uchun leksik va sintaktik vositalar (payt holi, bog‘lovchilar va h.k.) birikishi
mumkin”
3
.
Yirik tilshunos xitoy olimi Vang Lining fikr-mulohazalariga muvofiq,
umuman olganda, fakt va vaqtning o‘zaro munosabatiga insonlar quyidagicha
qaraydilar. Birinchi, voqea-hodisaning qay paytda yuz berganligiga e’tibor
berilib, u amalga oshgan vaqtning uzoq-yaqinligi yoki uzun-qisqaligi unchalik
so‘ralmaydi. Ikkinchi, voqea-hodisa amalga oshgan vaqtning davomiyligi
hamda boshlanganligi yoki yakunlanganligiga alohida e’tibor qaratiladi. Balki
uning qaysi vaqtda yuz berganligiga katta ahamiyat qilinmaydi. Birinchi holat
roman tillar oilasi (fransuz tili, italyan tili, ispan tili va b.)ga xos bo‘lsa,
ikkinchisi xitoy tiliga xosdir
4
.
Aristotel vaqtni otdan farqli o‘laroq fe’lning o‘ziga xos xususiyati sifatida
ajratgan edi. Keyinchalik yevropa ilmiy an’analarida vaqt kategoriyasi haqidagi
ta’limot asosan lotin tilidagi fe’l zamonlari tizimiga tayanadi
5
.
So‘zning mantiqiy-kommunikativ funksiyasi, semiotik konsept va
hokazolar ustida samarali ishlar olib borgan N.D.Artyunovaning izlanishlariga
muvofiq, vaqtning ikkita til modeli ko‘rsatilgan: 1) Insonning an’anaviy yo‘li
modeli, mazkur model bilan ajdod va avlod, ilgari bo‘lmoq va izidan bormoq,
o‘tmishdosh va
izdosh so‘zlari,
oldin,
keyin,
so‘ng,
izidan predloglari bog‘langan.
2) Vaqt oqimi modeli prinsipini o‘tgan yil, o‘tgan hafta, ketayotgan yil,
kelayotgan Yangi yil iboralari hamda
vaqt kelyapti, o‘tyapti, ketyapti,
yaqinlayapti, o‘tib ketyapti, oqyapti, davom etyapti, cho‘zilyapti singari “vaqt”
predikatlarida kuzatiladi
6
. Mana shu singari til va insonni bir-biriga bog‘lab
tahlil qilish tilshunoslikning grammatika sohasi uchun katta ko‘mak beradi, til
hodisalarini yanada chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi.
3
Большой энциклопедический словарь. Языкознание. – Москва.: Большая Российская энциклопедия,
1998. – C 89.
4
王力。中国现代语法。 - 北京:商务印书馆,2000 年。– B 151.
5
Большой энциклопедический словарь. Языкознание. – Москва.: Большая Российская энциклопедия,
1998. – C 89.
6
Артюнова Н.Д.Язык и мир человека. – Москва.: Языки русской культуры, 1999. – С 690, 691.
5
Ushbu biz tanlagan mavzuning dolzarbligi xitoy tili grammatikasini,
jumladan boshqa tillardan salmoqli darajada farqlanuvchi vaqt grammatik
kategoriyasini batafsil o‘rganish ahamiyatining kattaligi bilan belgilanadi. Xitoy
dunyosi iqtisodda ham, siyosatda ham yetakchi o‘rinlarni egallab bormoqda va
shuning bilan xitoy tili ta’limi O‘zbekiston va XXR o’rtasidagi siyosiy, madaniy
va savdo aloqalarining kengayib borishi bilan proporsional ravishda o‘sishda
davom etyapti. Lekin ushbu mavzu bo‘yicha o‘zbek-xitoy til kombinatsiyasi
doirasidagi ilmiy ish va tadqiqotlar ancha oz. Bu esa o‘z o‘rnida xitoy va o‘zbek
tilshunoslaridan shu kabi masalalar yuzasidan qiyosiy tadqiqotlar olib borish
uchun kuchlarni safarbar qilishlarini talab etadi.
Mazkur tadqiqot ishimizda ko‘plab xitoy tili grammatikasiga
bag‘ishlangan asarlardan joy olgan vaqt kategoriyasi borasidagi nazariy
mulohaza, izohlarni tahlil qilib, amaliy misollar bilan yoritgan holda xitoy tilida
vaqtning ifodalanishi masalasini atroflicha ko‘rsatishga urindik.
Do'stlaringiz bilan baham: