www.ziyouz.com kutubxonasi
52
jazoyim menga yetardi. Onamning asablari zaif edi. Yanada hafa bo'lib uzilib qolay
dedilar. Lekin meni ko'rishlari bilan qattiq va kuchli chinqirdilar. Keyim meni
ruhshunosga olib borishlarini aytdim. Bir marta bordik. Keyin dori is'temoli va onamining
mehrlari tufayli tez tuzaldim. Endi uyimdagilar avvalgidek boshingni o'ra deyishmasdi,
lekin o'zim mohiyatiga tushunib-tushunmay o'rana boshladim. Ochiqlikdan hali
nafratlanmasamda, ko'nglim to'lmasdi. Bir yarim yildan keyin bir tanishimga turmushga
chiqdim, bolalarimiz bor, lekin uning uyidagilar boy bo'lishiga qaramay, bizni uydan
haydab chiqarishdi. Ishsizlik, uysizlik kabi turli iztiroblar va mashaqqatlar chekdik. Bir-
birimiz bilan janjallashdik. Jaholat bo'ronlari hech yerda susaymasdi. Ishsizlik oqibati
haddidan oshdi. Shu ketishda boshim og'rib, o'zimni yo'qotaman, deb qo'rqdim. Chunki
meni tushunadigan, tinglaydigan kishi yo'q edi... .
Bir o'lchov, mezon yo'q edi... Erim oilalik bo'lishiga qarmay qizlarga gap otishni
qo'ymasdi. Endi esa Ovro'pada... u yerda ayollarga qaramayman, deb, va'da bergan,
lekin shayton ig'vo qilib qo'ymas, menga tinchlik bermasdi. Bu orada zerikib siqildim.
"Yusuf va Zulayho"ning ishqiy hikoyasini o'qiy dedim. Qur'onda borligini bilmas, ishqiy
roman sifatida o'qimoqchi edim. Bu orada namozlarimni sekin asta ko'paytirib,
mukammallashtirdim. Qur'on o'qishni boshlang'ich maktabdayo'q o'rgangan edim.
Ammo'oqimasdim. Ko'pchiligimiz shunaqamiz, Qur'on o'qishni bilamiz, lekin Islomni
bilmaymiz, bilolmayapmiz. Bunda kim aybdor-u, kim aybsiz, bilolmadim... Hullas gapni
qisqa qilsam, "Yusuf va Zulayho" qissasi, ham ishq, ham hayot, ham ibrat ekan. Bamisli
yashayotgan hayotimizni oz'i edi. O'sha oyatlarni yodlagan inson hayotga tadbiq etsa,
hayot maktabida bilimdon, turmushda esa tadbirlik bo'lardi. Bir do'stim menga:"Bizga
buni qanday ravo ko'rdingiz", deb nomlangan roman berdi. Bir kunda o'qib chiqdim.
Shundan keyin azonlar, namozlar va kitoblar o'zgacha, yanada go'zlaroq ko'rina
boshladi. Javonlar kitoblarga to'lib tursada, ularni o'qimas edim, endi esa ularni yutib
yuborgudekman. Erimga "Hazrati Yusufni" yubordim. Ammo u menchalik ta'sirlanmabdi.
Hamma bir narsadan bir hil ta'sirlansa nima qilardi bu olamda? Uning dardi boy
yashamoq. Endi men o'qiganlarimdan olgan narsalarimni erimga maktub orqali
bildirardim. U esa, hatda faqat hol ahvol so'raladi, derdi. Bu orada Ismoni birdan
o'rganib, uni hech kimga anglata olmasdim. Buning ustiga erimdan uzoqdaligimdan
siqilib bosh og'rig'iga yo'liqdim... . Lekin endi ko'p o'ylamasdim. Islomni o'rganib, uni
boshqalarga anglatishni boshlab yuborgandim. Ikki yarim yilki juftim Ovro'padan hamon
kelmaydi. Turkiyaga borsam yana ishsiz qolaman, deb qo'rqar. Hotin, farzand qayg'usi
pul oldida kichik narsa bo'lib tuyulardi unga.
Rizq beruvchi, teng va keng qiluvchi Allohdir. Faqat musulmonlar rizq eishigini
boshqalarga topshirib qo'yishgan... Uzoqdagi erimning ahvolini bilmasdim, lekin unga
Islomni maktub orqali anglatmoqni boshladim. Lekin qarshilikka uchradim. Bundan keyin
erim bilan bu borada ko'p mashg'ul bo'lmaslikka to'g'ri kelmoqda edi. Kommunistlarga,
barcha botil yo'ldagilarga hayqirgim, baqirgim kelardi. "Siz ne qilsangiz qiling, yo'ldasiz,
Islomga bog'lanmasdan biror foyda ko'rsangiz-da, uni albatta yo'qotajaksiz! Oldinda
so'ngsiz olam bor. Biroz oldinni ko'ring, ilg'or bo'ling! Bilmasangiz dard chekkaysiz"
degim kelardi. Shuning uchun yozmoq istayman. Shahsan ko'rgan kechirganlarimni,
musulmon ayol uy hibsida, oshhona mushugi, johil deb o'rgatganlarga yolg'on deb
hayqirgim keladi. Fikrimda o'zgarishlar, evrilishlar bo'ldi, lekin musulmoncha...
Hayotimda esa vijdon azobining tazyiqlari tark qilmaypti. Uydan qanday qochdim?
Onamga, otamga, uyimdagilarga qanday qilib shunday ko'rguliklarni soldim? Johil
tuyg'ular oldida ularni parishon etdim. Va men, eng yomoni ko'p yillar davomida
musulmonlarga nafrat bilan qaradim. Onamning meni ko'rgandagi chinqirig'ini hali hanuz
unutolmayman. Vijdon azobida qoldim. Buni Jurnaligizda yoriting, yoshlar, yosh qizlar
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |