www.ziyouz.com kutubxonasi
51
qilishlari va ba'zi seminar mashg'ulotlarida qatnashardim. Bir joyimiz bo'lardi, har kuni
ularni u yerda uchratib yoki ish tashlash joyida topib, o'sha yerda o'tirardim. Bir ishga
kirishni imkoni bo'lmadi. Boshim ochiq, jinsi shim ololmagan, ammo shimda, qo'l - oyoq
ochiq holda aylanardim. Agar erkak madaniyatli bo'lsa, ochiq ayolga hech qaramaydi,
hech zavq tuymaydi, deb o'ylardim. So'lchi erkaklar hech manga qaramaydi, deb ularga
ko'ngil qo'ygandim. Albatta, sotsializmga ham. Hatolik insonda, sotsializmda emas,
derdim. O'ylardimki, bular hayoldagi ziddiyatlar, burjuaziyaga hos qoldiqlar, eskiliklardir.
Bir kuni mashinani ortiga ayol erkak aralash o'tirib ish tashlash joyiga keldik. Chordona
qurib o'tirdim, shim kirib olgandim. Erkaklarning ko'zi istar-istamas menga tushardi.
O'tirishimni o'zgartirdim. Bular burjuaziya qoldiqlari haqiqiy e'tiqodli insonlar bo'lganida
menga qaramasdi, deb o'yladim. Vaqti-vaqti bilan tug'ishganlarimni sog'inar, lekin buni
ichimga yutardim. Ota-onamni urishgani uchun sog'inmayman, deb o'ylardim, lekin...
Bir kecha bo'lganicha bo'ldi. Men qolgan oilaning ayoli bir kunga boshqa joyga
ketadigan bo'ldi. Va men uyda uning eri bilan yolg'iz qolishimning zarari yo'q, ahir ular
ham men o'ylagndek o'ylaydilar, deb hisoblardim. O'sha kech uyqum kelmadi. Aka,
uhlolmyapman, suhbatlashaylik, dedim. U honamga keldi. Suhbatlashish o'rniga nohush
qiliqlar qila boshladi. Qotib qoldim. U davom etar, lekin ikkimiz ham kiyimda edik.
Albatta yomon ish sodir bo'lmadi, lein mening sotsialistik birodarlarim, degan
tushuncham puchga chiqqandi. E'tiqodli kishi shunday bo'ladimi? Men ruhiy tushkunlikka
uchrab, qo'shnilardan jomadon so'radim, nima qilganimni hozir ham eslolmayman.
Ko'zimdan ma'no qochganini ko'rgan qo'shnilar, meni polisga olib borishdi, keyin 1-1, 5
oy ruhiy kasalhonada yotib chiqdim. Chiqqach yurgan yo'llarimni bilmadim. Avval,
boshdan kechirganlardan bildimki, elktr shokda miyyaning bir qismini, hotirani
zaiflashtirishar ekan. Menga ham elektr shok qo'llabdilar, shuning uchun ancha narsani
hotirlay olmadim. Ammo tuzaldim. O'ynab kulib uyga keldim. uy ishlarini ozmi-ko'pmi
qila olardim. Go'zal va yosh bo'lganim uchun, hotini uyda yo'qligida o'sha sotsializm
da'vosidagi odam meni yana bezovta qila boshladi. "Men bu qadar irodasiz emasman,
nima bo'ldi menga, bilolmayapman", derdi. Ha, Allohni inkor qilgan Uning Yaratganini
ham inkor qilar ekan. Ko'ngildagi qarshi jinsga bo'lgan tug'ma hisni inkor etar, lekin
Allohning qonuni qarshisida ojiz edi. Men har gal qattiq qarshilik bilan uni to'htatardim.
Hayol buzuqligi, qalb aynishi, faqat dindorlarda bo'ladi, deb o'ylardim. Litseyda bir
sevganim bo'lardi. Doim uni o'ylardim. Agar menga uylanganida, uydan qochmasdim,
sevgim yo'lida hatto sotsializmdan voz kechardim. Ammo unga qochaylik, deganimda u
indamadi. Nega qochmoqchisan, dedi. Meni o'zim hohlamagn kishiga uzatishmoqchi,
o'qitishmoqchi emas, dedim. Va uning og'zini poyladim, lekin u indamadi. Shunda ham
uni o'ylardim. Menimcha, ayol yolg'iz erkakka, erkak ham yolg'iz ayolga ko'ngil qo'yishi
mumkin deb o'ylardim. Qur'on ham:"Ayollaringiz o'rtasida adolat qilolmaydigan
bo'lsangiz, bittasi bilan kifoyalaning", deya ogohlantirgan. Y'ani erkakning yaratmishi
ham umuman bir kishiga (ayolga) ko'ngil berishi mumkin. Bu aslida mavzuyimdan
tashqari. Hanuz aybni Islomga ag'darishadi, shuning uchu yozdim. Bu umuman boshqa
mavzu, shu bois shu yerda to'htataman.
Asablarim taranglashib toldimi, yana kasallandim, hatto ovqatni og'zimga olib
kelolmaydigan holga tushdim. Davolandim, lekin tuzalmadim. Meni uyga qaytarishdi,
otam ho'ngrab meni bag'riga bosdi. Agar otam meni rad qilganida holim nima kechardi?
Uyimizdagilar boshlarini ko'tarolmay qolishdi. Qochib ketganimga bir yilga yaqin
bo'lgandi. Sekin-sekin har narsamdan ayirganlarni, sotsializmni ham, ularni ham
ayblamas, yomon ko'rmas edim. Nima bo'lganini bilmasdim. Go'yo sehrlangandek edim.
Ma'lum vaqt onamlarnikida karahtligim davom etib, sezgirligim susaydi. Polis tergov
o'tkazdi, hech narsa aniqlay olishmagani uchun jazo olmadim. Jamiyatdan ko'rgan
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |