www.ziyouz.com kutubxonasi
6
hayotga kelgandek his qilardilar.
Sahobalarning Qur’onni yod olishga bo‘lgan zavqu shavqlariga dalolat qiladigan
xabarlar ko‘p. Rasululloh (s.a.v.) Qur’ondan ta’lim berish, uni tilovat qilishlikka katta
ehtimom ko‘rsatar va ta’limtarbiya, irshod ishlarini Kalomullohni yod olgan, qorilarga
topshirar edilar.
SURA VA OYATLAR TARTIBI
Shunday qilib, Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida yozilgan va hifz
qilingan edi. Undagi sura va oyatlarning tartibi Alloh taolo ilhomi ila Rasuli akram
(s.a.v.) tomonlaridan belgilangandir. Bu ishning Alloh subhonahu va taolo tomonidan
kelgan vahiy asosida bo‘lganligiga «Qiyomat» surasidagi oyatlar dalildur:
«Uni (Qur’onni sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizda) qiroat qildirish ham
Bizning zimmamizdadir. Bas, qachon Biz (ya’ni Jabroil farishta) uni (ya’ni har bir
vahiyni) o‘qib bitganimizdan so‘nggina, siz ham uni o‘qishga ergashing!» (17-18
oyatlar).
Qur’oni Karim Rasululloh (s.a.v.) davrlarida hifz qilingan, namozlarda va boshqa
munosabatlar bilan o‘qilgan kitob bo‘lgani uchun ham uni tartiblanmagan edi, deyishlik
ehtimoldan uzoqdir. Suralarning ba’zilari to‘laligicha, ba’zilari parcha-parcha qilib nozil
qilindi. Hech shubha yo‘qki, Qur’oni Karim suralari va oyatlarining hozirgi tartibi
payg‘ambar alayhissalom ko‘rsatgan va o‘qitgan tarzdadir. Imom Buxoriy asarlarida
Payg‘ambar alayhissalomdan quyidagi hadis bor: «Kimki Baqara surasining oxiridan ikki
oyat o‘qisa, unga kifoyadur». Mana shuning o‘zi ham Qur’oni Karim Rasululloh davrlarida
tartibga solinganligiga dalolat qiladi. («MalQur’on» kitobi, 213-bet.)
QUR’ONI KARIMNING ABU BAKR SIDDIQ ZAMONLARIDA SAHIFALARGA
JAMLANISHI
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng sahobalar va musulmonlar ul
zotga xalifa qilib Abu Bakr (r.a.)ni saylashga qaror qildilar. Payg‘ambar (s.a.v.)
vafotlaridan keyin hazrati Abu Bakrning fikrlarini mashg‘ul etgan asosiy narsa, murtad
bo‘lgan qabilalarga qarshi qo‘shin to‘plash bo‘ldi. Arab jazirasining sharqida
Musaylimatul Kazzob paydo bo‘lib, Islomga jiddiy xavf sola boshladi. Abu Bakr Siddiq
(r.a.) Xolid bin Valid boshchiligidagi bir jangovar qo‘shinni unga qarshi yubordilar. Jang
nihoyatda shiddatli bo‘lib, unda musulmonlardan 1200 kishi, shu jumladan, Qur’onni yod
olgan yetmishga yaqin murattab qorilar shahid bo‘ldi. Buning xabari Madinaga yetib
kelganda, hazrati Umar bin Xattob qattiq tashvishlanib, hazrati Abu Bakrga murojaat
qildilar:
— Ey amiral-mu’minin, boshqa joylardagi janglarda ham ko‘plab qorilar shahid
bo‘laversa, Qur’oni Karim yo‘q bo‘lib ketadi deb, qo‘rqaman.
Buni bajarishda ular quyidagichga yo‘l tutdilar: tosh taxtachalar, teri va boshqa
narsalarga Rasululohdan yozilgan har bir parcha to‘plandi. Sahobalar yozib olgan bitiklar
ham olib kelindi. Bularning to‘g‘riligini aniqlash uchun Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan
sahobalar ko‘rigidan o‘tkazish lozim deb topildi. Mana shu uch manba’ning bir xil
dalolatiga binoan yozilgan va o‘qilgan parchalarda hech qanday xato yo‘qligi isbot
qilingach, Qur’ondan har bir lafz yozilar edi.
Ibni Abu Dovud aytadilar: Hazrati Abu Bakr Qur’oni Karimni jam’ qilishga
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Do'stlaringiz bilan baham: |