Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Shayx Ismoil MAXDUM
TOSHKENTDAGI USMON
MUSHAFINING TARIXI
Arabchadan
Abdulloh shayx Ismoil Maxdum o‘g‘li tarjimasi
«Movarounnahr» nashriyoti
Toshkent 1995
MUQADDIMA
Allohga hamd, Muhammad Rasululloh va ul zotning olu ashoblariga salotu salomlar
bo‘lsin!
Bundan yuz yil muqaddam Samarqand shahridagi Usmon Mushafi Peterburgdagi
podshoh kutubxonasiga olib ketilgan va Oktyabr inqilobidan keyin musulmonlarning
talabi bilan O’zbekistonga qaytarilgan edi. U Toshkentdagi qadimiy yodgorliklar
muzeyida maqomiga yarasha ko‘z qorachig‘iday asraladigan va e’zozlanadigan, muborak
boylik sifatida saqlanadigan me’rosga aylandi.
O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining kutubxonasida shu
Mushafdan fotografiya usuli bilan olingan nusxalar saqlanar edi. Yaqin yillardan beri
ushbu kutubxonani ziyorat qiluvchilar soni ko‘paydi. Ular bu yerda mazkur nusxani
ko‘rib, ba’zilari yodgorliklar muzeyiga borib, unda Mushafning aslini ziyorat qilishga
musharraf bo‘la boshladilar va bundan juda hayratlandilar. Bu orada Mushafi Usmoniy
xalq ichida juda mashhur bo‘lib ketdi va ommaning unga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu
munosabat bilan diniy idora Mushafni o‘rganish, uning qadimiy va hozirgi holatlari
ustidan sirli pardani olish lozim va vojib deb bildi. Mushafga qiziquvchi va
tadqiqotchilarning ehtiyojlariga javob beradigan uning tarixi va haqiqati to‘g‘risida bir
kitob chiqarilishini zarur deb topdi. Bu borada olib borilgan ko‘p izlanishlardan so‘ng,
Islom olamini Mushafning mavjudligi va uning maqomi bilan tanishtirish uchun fazilatli
olim, O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining rais noiblari, shayx
Ismoil Maxdum hafizahulloh hazratlari muxtasar bir kitob tasnif qildilar.
Qo‘lingizdagi mo‘jaz, lekin manfaati katta bo‘lgan kitob shu sa’yi ko‘shishlarning
mahsulidir. Alloh taolo ul zotga Islom va musulmonlar uchun qilgan xizmatlariga yarasha
mukofotlar ato qilsin. Diniy idora rahbariyati Shayx Ismoil Maxdum hazratlarining bu
sharafli vazifani sidqidildan ado etganliklari va Qur’oni Karimni targ‘ib etish yo‘lida qilgan
ilmiy izlanishlarini yuksak baholab, chuqur minnatdorchilik bildirish bilan birga, kitobni
diniy idora hisobidan nashr ettirishga, nafi hammaga tegishi uchun uni keng tarqatishga
qaror qildi. Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etuvchi zotdir!
O’rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy idorasi
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Do'stlaringiz bilan baham: |