www.ziyouz.com kutubxonasi
56
xabarlar tarqatiladi. Falon artist askarlikka ketayotganmish. Ajabo, askarlikda ham unga
o‘z kasbiga aloqador biron vazifa berilarmikan? Agar shunday yo‘l tutishsa, ayni muddao
bo‘lardi, chunki ham san’atkor san’atini rivojlantiradi, ham bu bilan askarlarda jangovor
ruh uyg‘otib, qo‘shinga katta yordam berardi... Shu kabi og‘iz charchatishdan boshqa
sifati bo‘lmagan so‘zlar qatori va ora-sira bu yerda yozishimizga odob tamoyillari yo‘l
qo‘ymaydigan kalomlar eshitiladi. Xusayinning fikricha, bu tarzda vaqt o‘tkazish odob va
mas’ulnyat tuyg‘usining yetishmasligi va yoki umuman mavjud emasligi bilangina
izohlanishi mumkin. Bu so‘zlardan kimga qanday foyda bor yoki ular aytilmay qolgan
taqdirda ko‘riladigan zarar ne chog‘li?
Atrofda endigina o‘n besh yoshini qarshilagan oliftachalar seltanglab yurar, yo‘tala-
yo‘tala yeqilgan sigaretlarini chekishga harakat qilardilar. Qo‘llari bilan og‘zini
berkitishlari tamakining o‘ta achchiq ekanini va shu sabab yo‘talayotganlarini anglatardi.
Bu orada parda ochildi. Uch marotaba yangragan ogohlantiruvchi qo‘ng‘irokdan so‘ng
film boshlandi. Namoyishdan oldin ko‘rsatiladigan filmlardan parchalar taqdim etilardi.
Ularda aks etgan sharmandali bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlarning yuraklaridan
qaynab chiqqan inqillash yuksalishiga, yanada kuchayib, hayvoniy xirillashga o‘xshagan
hayajonli ovozlarning chiqishiga sabab bo‘ldi. Hushtak chalganlar, hatto o‘zini
tutolmasdan bor ovozda na’ra tortganlar ham yo‘q emasdi. Bunday filmlarni ko‘rgandan
so‘ng yoshlikning qanday mahv etilishini, iffat va nomus tuyg‘ularining qay tarzda
ildizlaridan ayrilganini anglamoq uchun xo‘kizning aqli ham kifoya qiladi.
Asosiy film boshlandi. Uning ham ko‘rsatilgan parchalardan farqi yo‘q edi.
Xu sayin haftaning ikki-uch kunini kinoteatrda o‘tkazadiganlar sirasiga mansub emasligi
uchun film texnikasi haqida aytadigan gapi yo‘q. Uning odobi esa o‘zi bilmaydigan
sohada so‘z aytishiga to‘sqinlik qilardi. Faqat o‘z sohasidan kelib chiqib, bir-ikki og‘iz so‘z
bilan bahsga aralashishga ham kishining haddi sig‘maydi.
Bunday filmlar axloqsiz, odobu tarbiyasiz kimsalar uchun ko‘ngil ochish vositasi bo‘lishi
mumkin. Lekin bular Xusayin kabi oila tarbiyasi va Imom Xatib maktabi tahsilini o‘zaro
uyg‘unlashtirgan, sharafli bir musulmon bo‘lish orzusi bilan urgan o‘spiringa
ko‘ngilxushlik vositasi bo‘lishi qiyin. Bu filmlar adab va hayo yo‘lidan uzoqlashtirishi va
darslardan chalg‘itishi mumkin. Husayinning bu filmdan olgan yolg‘iz sabog‘i: boshqa
qaytib bunday fil’mlarga kelmaslik va vaqtni zoe ketkazmaslik bo‘ldi. Bu razolatni
tomosha qilish uchun ketgan pulchi? Bu pulga bir faqir tushlik qilishi mumkin edi. Filmni
yarmida tark etmoqchi ham bo‘ldi, ammo o‘rtoqlari bilan filmni tanqid qilish uchun kutdi,
sabr qildi.
Qolaversa, bir necha kishini «kino» kasalligidan qutqarish ham yomon ish emasdi. Lekin
butun Turkiyada har kun ikki yuz mingdan ziyod kishi vaqtini kinoda o‘tkazishi nazarda
tutilsa, Husayinning o‘rtoqlariga qiladigan yaxshiligi dengnzdan tomchi deyish mumkin.
Shuncha odamni kinodan qaytarish xayoliy bir gap edi. Yoshlikning go‘yoki sel kabi
kinoxonalarni, maydonlarni to‘ldiradigan 6u davrida mazkur maqsad yo‘lida urinishlar
suvdan yog‘ chiqazishga urinishdek bir gap edi. Qaniydi, aqlli va o‘ziga to‘n;
musulmonlarning bir guruhi din, diniy va axloqiy mavzularda film ishlab chiqaradigan
shirkat tuzsalar. Ko‘pchiligi masjidga faqat o‘lganida bir necha kishining yelkasida ziyorat
qlish uchun birinchi va so‘nggi marta keladigan bu kishilarga kinoteatrlarda
ko‘rsatiladigan filmlar orqali din va axloq tuyg‘usini yaxshiroq yuqtirish mumkin. Bunday
yo‘l tutish qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan ko‘plab yoshlarga yo‘l ko‘rsatgan
va ularni halokatdan qutqargan bo‘lardi.
Chiqqach, film ta’siri bilan suhbatlashgan do‘stlarning hayajoni bosildi. Husayin
tengdoshlari bemalol tinglashiga ko‘zi yetgach, so‘z boshladi va fikrlarini anglatdi.
Tinglayotganlar qatorida yuzida mamnuniyat aks etganlar bor edi. Hech
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |