Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Download 422,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/85
Sana02.02.2021
Hajmi422,56 Kb.
#58321
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Bog'liq
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

43

— Bolani zamonga muvofiq va munosib qilib tarbiyalash shart. Aqlu zakovati joyida



istiqboli porloq yoshlarni almisokdan qolgan, zamonaviy bo‘lmagan ishlar bilan mashg‘ul 

qilish nobakordiqdir. Unda faqat ota-onasining emas, butun bir millatning haqqi bor. 

Unga yaxshi tahsil bermaslik esa millat haqqiga xienat sanaladi. 

Erdolbek vazifasini, vijdoniy burchini (!) o‘rinlatgach, ruxsat so‘rab turdi. Uning ketidan 

Odilbek o‘ylanib qarab qoldi. Erdolbekning gapida jon bor.Xaq taraflari ko‘p. Masalan, 

tilanchilik yaxshi ish emas. Aqlu hushi yetarli bolada ota-ona bilan birga millatning ham 

haqqi borligiga e’tiroz yo‘q. Mamlakat o‘z kelajagini shu bolalarga qarab belgilashiga kim 

e’tiroz bildira oladi?! O’zi ham aslida Husayinning doktor yoki muxandis bo‘lishini orzu 

qilardi. 

Odilbek bolasining doktor yoki muxandis bo‘lib yetishishini havas qilgani uchun 

Erdolbekning so‘zlari ta’siriga tushdi. Aslida uni Imom Xatib maktabiga qarshi deb 

bo‘lmasdi, ammo bu maktab tug‘risidagi ma’lumotlari juda kam edi. Albatta, Erdolbek 

muallim bu xususda yetarlicha bilishiga ishonardi. 

Oqshomgi ovqatdan so‘ng Fotimaxonimga Erdolbekning kelganini va oralarida bo‘lib 

o‘tgan suhbatni aytib berdi. So‘ng: 

— Menqaror qilib qo‘ydim,xonim,o‘g‘limni o‘rta maktabga yozdirmoqchiman, —deb 

so‘zini tugatdi. 

— Yaxshi, Husayin Imom Xatib maktabida o‘qisa, xaqiqatan aqidaparast bo‘lishiga 

ishonasizmi? 

Odilbek javob bermadi. Aqidaparast nima ekanini yaxshiroq bilmasdi. Faqat bu kalima 

xayolida mudhish ma’noni jonlantirardi. Masalan,tirnoqlari uzun, soch-soqoli o‘siq, iflos, 

ko‘rinishi insonga dahshat soluvchi bir shaxs ko‘z oldiga kelardi. 

U javob bermagach, Fotimaxonim davom etdi: 

— Fikrimcha, mening o‘g‘lim qoloq ham, aqidaparast to‘nka ham, mutaassib, qo‘polham 

bo‘lmaydi; pokiza, olijanob,to‘ppa-to‘g‘ri inson bo‘ladi. Salohiddinni ko‘ring... Bola bu yil 

beshinchi sinfni bitiradi. Na mutaassib, na qo‘pol bo‘ldi. Tilidan «xonim afandim» 

tushmaydi, har kun maktabga qatnaydi. Bu ko‘chadan boshqa maktablarga boruvchilar 

ham o‘tadi. Ko‘ryapman. Agar ularning tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan 

suhbatlashishlari, xatti-harakatlari bolamni ko‘pollikdan qutqaradigan bo‘lsa, bolam umr 

bo‘yi qo‘pol bo‘la qolsin. 

Fotimaxonim so‘zlari qanday ta’sir etayotganini bilish uchun Odilbekning yuz 

o‘zgarishlariga qarab olgach: 

— Bu bola Imom Xatib maktabidadin o‘rganadi, axloq o‘rganadi, Allohga va insonlarga 

nisbatan vazifalari nimaligini o‘rganadi. Ertaga biz dunyodan o‘tsaq ortimizdan mening 

gul yuzli bolam Fotiha o‘qiydi. Nega endi bu maktabdan chiqqanlar millatiga xizmat 

qilmas ekan? Ular boshqalardan ziyodroq xizmat qilishlari mumkin. Axloq, nomus va iffat 

tuyg‘ulari tanqis bir paytda, ko‘chamizdan o‘tayotgan o‘sha bolalar axloq xizmatchilari 

bo‘lsalar, axloqning ahvoli voy... 

Ovoz ohangi biroz o‘zgardi: 

— Men bolamni boshqa maktabga bermayman. Agar siz faqat muallimlar aytgan 

gapgagina ishonar ekansiz, Imom Xatib maktabi domlalaridan tanishingiz bo‘lsa, undan 

ham so‘rang. O’sha muallim Imom Xatib maktabining dushmani emasligini qayoqdan 

bilasiz? 

Odilbek Fotimaxonimning bu talabiga istar-istamas rozi bo‘ldi. Fotimaxonim esli-xushli 

ayol, ammo Erdolbek shu sohaning odami. To‘g‘risi, tilanchilarni tayyorlaydigan 

maktabga bolasini yuborishga ko‘ngli chopmayotgandi. Muallim haq edi. Cho‘lda 

yashagan, bugungi madaniy dunyoda o‘rinlari bo‘lmagan arablarning tilini o‘rganish 

uchun vaqt sarflash behuda va ma’nosizday tuyulardi. Husayinning qaysi maktabga 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Download 422,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish