Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Download 422,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/85
Sana02.02.2021
Hajmi422,56 Kb.
#58321
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
Bog'liq
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

39

— Qo‘ying, qizim,, Samohat bugun Fotimaga oqlovchi bo‘lgan. Boshqa gaplardan 



gapiring. 

— Nega oqlovchi bo‘lay? Haqni haq deyish oqlovchilikmi? 

— Oqlovchilik.Yaxshi gaplashayapmiz, suhbatni buzib nima qilamiz? Ma’nosiyam, 

foydasiyam yo‘q. 

— Yaxshi gaplashish, Fotimaxonimga ayb taqmoqmi? U holda marhamat, 

xohlaganingizni gapirib, suhbatlashing. 

Samohatxonim shunday deb,o‘rnidan turdi. Qistashlariga qaramasdan o‘tirmadi va 

chiqib ketdi. 

Samohatxonim Husayinni yetim degan xotinni qaytarganini eshitganlar bor edi. Uning bu 

vaziyatda o‘zini tutishini ko‘z oldiga keltirganlar ozmi-ko‘pmi har holda vijdoni borligiga 

qanoat hosil qilgan bo‘lishlari kerak. Ayollar orasida bu xildagi, ya’ni haqsizlik qarshisida 

jim turmaydigan, haqiqatni mudofaa etadigan xonimlarning topilishi e’tirof etilish zarur 

bo‘lgan haqiqatlardandir. 

Bu voqeadan uch kun o‘tgach, Fotimaxonimning eshigi taqilladi. Bu Samohatxonim edi. 

Bir pas u yoq buyoqdan suhbatlashdilar,hol-ahvol so‘rashdilar. Samohatxonim so‘zni o‘zi 

boshladi. Uni xurmat qilishini aytdi. So‘ng gap aylanib, uch kun ilgarigi voqeaga keldi. 

Aytib berdi. Fotimaxonim ochiq yuz bilan, vazmin holda tingladi: 

— Shunday gaplar bo‘lib turadi, opa. Odamlarning tili tiyilmaydi. El og‘ziga elak tutib 

bo‘lmaydi. Urinmang. Alloh barchamizni avf etsin! Bolalarga qarayapman, kamchiliklarim 

ko‘p. Agar bilmasdan ularni xafa qilib qo‘ysam, Alloh shu bolalarning xurmati meni 

kechirsin, — deb gapga yakun yasadi. 

Fotimaxonim bexuda og‘iz og‘ritadiganlardan emas edi. O’zi hakdagi g‘iybatni berilib 

tinglashni xush ko‘rmasdi. Shuninguchun bu gapni so‘ngiga qadar sabr bilan tingladi. 

Tinglarkan, «ular bilib, o‘zim xabarsiz qolgan qusurim bormikin», deya gapning oxirini 

kutdi. Bandai ojizmiz —o‘zimiz ilg‘amagan kusurimiz bo‘lishi mumkin. Buni birovning 

ogoxlantirishidan bilib qolamiz. O’zimiz uzrli, hatto haqi deb biladiganimiz hodisada 

mutlaqo nohaq ekanimiz, boshqaning fikri sabab yuzaga chiqishi mumkin. Shuning 

uchun Fotimaxonim boshdan-oyoq haqiqatga aloqasi bo‘lmagan so‘zlarni tinglash 

zaxmatiga beriladi. 

Bolalarga munosabatinyang soxtalik va o‘zgalarga yaxshi ko‘rinish bilan hech bir aloqasi 

yo‘q. Payg‘ambarimiz otasini qo‘rmaganligidan, olti yoshda onadan ham yetim qolib,shu 

olti yilningham ancha qismini sut onasi ko‘lida o‘tkazgandan xabardor edi. U zot hurmati 

uchun yetimga onalik qilish shafoatga sazovor etishini, hatto jannatda Payg‘ambarga 

juda yaqin, qo‘shni bo‘lishiga olib kelishini bilardi, shunday umid bilan bolalarni bag‘riga 

olgandi. 

Kibr qilmoq uning axloqidan emas edi. Qo‘lidagi ikki yetim hurmati uchun Allohdan 

istig‘for tnlagan, bolalarni najotga sababchi deb bilgan ayolda kibr ne qilsin? Mahalladagi 

g‘iybatchilarga aralashmaslikni esa — zararga aralashmaslik deb bilardi. 

Shu kun Samohatxonim Husayinlarnikida ikki soatcha o‘tirdi. Fotimaxonimning 

bolalarga, bolalarning Fotimaxonimga bo‘lgan mehr-muxabbatini, samimny 

muomalalarini ko‘rdi, mushohada etdi. Bu ziyoratidan mamnun bo‘ldi. Bundan keyin 

qo‘rishib turishga kelishishdi. Mish-mish o‘rniga yaxshi so‘zlashish, bir-biriga haq yo‘lda 

yordamlashish, foydali ishlarga mashg‘ul bo‘lish kerakligini so‘zlashdilar. Bir-birining 

qusurini samimiy gapirmoqchi, yanada yaxshi bo‘lishlari uchun o‘zaro yordam bermoqchi 

edilar. Bu o‘ziga xos axloqiy qarindoshlik edi. Axloqiy yo‘ldosh bo‘lmoqchi edilar. 

Samohatxonim jo‘nayotib ichida o‘zgacha bir tuyg‘u his etdi. Boshqa ayollar bilan 

xayrlashayotganida his etganlariga mutlaqo o‘xshamaydigan tuyg‘u edi bu. Bu tuyg‘u 

ichida mavjudligini endi-endi his eta boshlagan bo‘shliqni to‘ldirish umidini bergandi. 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Download 422,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish