www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Sizni bunday qiyofada qo‘rishni istamasdim. Axdiga vafoli bo‘lmog‘ingizni xohlayman.
Sizdan unga nisbatan muruvvat kutaman.
Odilbekning ko‘zlari yerda bo‘lgani uchun Fotimaxon uning ko‘zlari yoshlanganini
ko‘rmadi. Agar uyatdan yerga kirgudek, yorilgudek holda bo‘lmasaydi, yig‘layotganini
ovozidan ham bilsa bo‘lardi. Faqat bunga imkon yo‘q edi. Qalbi gavhardan qimmat
xonimi qarshisida ekanini yana bir idrok etib, u ko‘rsatgan insoniy ibratdan lol qolib
turardi. Bir ayol erining o‘lgan xotinini bu qadar bu darajada insoniylik ko‘rsatishi uni lol
etgandi:
— Uni unutmasligingiz haqida menga so‘z bera olasizmi?
Odilbek so‘z berdi. Suxbat ta’sirida bu kecha uzoq vaqt uxlay olmadi.
* * *
Bir kun keyin bolalariga bir donadan jun kamzul keltirildi. Ikkisnning ham sevinchi
so‘ngsiz. Ularni kuvongannni ko‘rgan Fotimaxonim:
— Mana, endi men mamnun bo‘ldim. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, — dedi.
Husayin:
— Ona, otam sizga ham olib keladimi?
— Albatta, olib keladi. Ammo hozir menda bor. Siz kiysangiz, men xursand bo‘laman.
Ovqatdan so‘ng ikki bola yashinmachoq o‘ynashardi. Avval biri ko‘zlarini yumadi,
ikkinchisi yashirinadi, so‘ngra ko‘zlarini ochib bekinganni topadi, Yashirinish navbati
Odilada. Husayin ko‘zlarini yumdi. Fotimaxonim qo‘llarini ochib, «kel» deya ishora etdi.
Ayni vaqtda Odilbek ham shunday qildi. Bola taraddudlandi, ikkisiga teztez qarab oldida,
so‘ng Fotimaning quchog‘iga otildi. Boshini uning ko‘ksiga yashirib, qichqirdi:
— Bo‘ldiii..
Husayin ko‘zlariki ochdi va bir daqiqadan so‘ng Odilani topdi. Aka-singilning qiyqirg‘i
ko‘kka ko‘tarildi. Odilbek so‘radi:
— Qizim, men ham kuchog‘imni ochdimku, nega menga kel
mading?
— Siz — badbo‘ysiz, onam — xushbo‘y. Qizaloq sigaret isini aytmoqchi edi. Sigaretning
yomon hidi kelganidan otasining bag‘riga yashirinmadi.
— Rostdan ham yomon hid keladimi mendan, qizim?
— Rostdan. Ishonmasangiz, akamdan so‘rang.
Husayin boshi bilan tasdiqladi, so‘ng, yana o‘yin boshlandi. Odilbek bu holni so‘rash
uchun Fotimaxonimga o‘girildi. Ko‘zlarida, siz nima deysiz, degan ma’no bor edi.
Fotimaxonim:
— Ha, afsuski, shunday xidingiz bor. Ba’zan odamning nafasi qaytadi. Otam chekmasdi,
lekin piyoz, sarimsoq yesa oqshom jomega bormasdi, namozni uyda o‘qirdilar, Hech
zsimdan chiqmaydi, bir oqshom:”Ota, azon aytilmoqda”, — dedim.
Eshityapman, qizim. Faqat bu oqshom piyoz yedim, jamoatni bexuzur qilmasam devdim,
— dedi. Men esa buni behuda deb topdim:
Men bo‘lsam, piyoz va sarimsoq uchun jomeni tark etmasdim, ammo jome uchun bularni
tark etardim, — dedim. Otam javob bermadi. Ammo shundan keyin ularni xomligicha
yeganini ko‘rmadim.
Odilbek nozikta’b xotinini sigaret hidi bilan behuzur qilganini shunda tushundi.
Tashlamoq kerak. Xonim tirikligida chekmasdi. Vafot etgach, bolalarnin parishon
hollarini ko‘rib cheka boshladi. Dardimni unutarman deb o‘yladi. Fotimaxonim u sigaretni
tashlash uchun qanday ta’sir etish kerakligini bilardi.
— Chekishni necha yoshdan boshladingiz?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |