www.ziyouz.com kutubxonasi
17
o‘pdi, quchoqladi. Bu uyga kelishdan maqsadi ham ularga yetimlik mashaqqatlarini
chektirmaslik ekanini aytdi. Menimcha, bularni chin dildan gapirdi.
Bir necha kunlardan buyon bolalari g‘amida ezilib kelayotgan Odilbek bu so‘zlarga juda-
jula ishonishni hohlardi. Qarshisida xazilni hush ko‘rmaydigan xodasi so‘zlarkan ,
ishonmasdan bo‘lmasdi. Ammo shuuriga beri o‘rnashib qolgan chigal va og‘ir o‘ylarini
birdan uloqtirish osonmi? Undagi karaxtlik va turg‘unlikni qo‘rgan holasi:
— Kel, eshiqdagi kalit o‘rnidan ularga o‘zing qara,-dedi.
Holasi oldinda, Odilbek orqada, uyga kirishdi. Kelinning xonasi yopiq edi. Hola balki
ichkaridan ochilgandir deb o‘ylab avval eshikni turtdi, so‘ng Odilbekka qara deganday
ishora qildi. Odilbek ko‘zining birini yumib, ikkinchisini kalit joyi(teshigi}ga to‘g‘riladi.
Fotimaxonim yon tarafdan ko‘rinib turardi. U cho‘k tushgan, Odila va Xusayin oldida
o‘tirardi. Fotimaxonim ko‘lini tizzasiga ko‘ydi. Odilaning ko‘zi Fotimaxonimning qo‘lida.
Birdan uning ko‘lini tutdi. Fotimaxonim atay qo‘lini tortmadi. Odila qo‘lini silkib:
— Tutdim , ushladim , — deb qichqirardi . Boshqa qarashning hojata yo‘k, Bir oylik
vijdon azobi nihoya topganga o‘xshaydi. Kichrayib, torayib bir zindon holiga kelgan
dunyo bir zumda unut bo‘lib, «Kal Alining bog‘iga aylangan qarovsiz hovlisi ko‘ziga
saroyday ko‘rina boshladi.
Uch kun o‘tib, nonushta tayyorlayottn Fotimaxonim ota o‘g‘il o‘rtasida kechayotgan
suhbatdan xabarsiz edi. Qo‘li ish bilan, qalbi esa shu ne’matlarni ato etganga, yaratgam
shukrona bilan mashg‘ul. Kun kelib ushbu ne’matlar u ham javob berajagini o‘ylaydi.
Fotimaxonimdan mamnun bo‘lsada, hali uni tamom bu uy odami sifatida qabul
qilolmayotgan Husayin sir aytmoqchi bo‘lganday otasiga yaqinlashdi. Sekingina:
— Ota, bu opa qachon ketadi?
— Qaysi opa, o‘g‘lim?
— Tashqaridagi opa?
—A, onani opa deyishganini sendan eshityapman. Odam onasini ham opa deydimi hech
zamonda?
— Bu mening eski, avvalgi onam emas, ota.
— Nega eski onang emas, o‘g‘lim? Kasal bo‘lguncha shunday edi, hozir ham shunday.
Yoki sizni yaxshi ko‘rmaydim?
— Yaxshi ko‘radi.
Bu orada Fotimaxonim ichkariga kirib qolib suhbat to‘xtadi.
U bir ish uchun qaytib chiqib ketgach, Odilbek:
— Endi bunday gaplarni eshitmayin, o‘g‘lim. Agar, ona demas ekansan, meni ham ota
dema!
— Nega endi, ota?
— Onangni opa deganingdan keyin, meni ota deyishning ne hojati bor?! Onang xafa
bo‘lib, seni o‘g‘lim demay ko‘ysa, nima qilasan? Onang bo‘lmasa, seni yaxshi ko‘rarmidi?
Sizlarni o‘pib yotqizarmidi? Onang bo‘lmasa, bu ishlarni qilarmidi?
Bu orada Fotimaxonim xonaga yana kirdi. O’tgan qunlar Husayinni Fotimaxonimga
ko‘proq yaqinlashtirdi. Odila esa hali kichik. Avval o‘tganlarni eslayolmaydi. Ikki kun
o‘tmasdan Fotimaxonimni ona deb yaxshi munosabatda bo‘lib ketdi.
O’ynamoq uchun chiqqanlarida deraza oldida kuzatib,kutib o‘tiradigan, qaytganlarida
yugurib eshikni ochadigan onalari bor edi endi ularning uyida.
— Kelganimizni qanday bildingiz, ona?
—Derazadan qarab, kutib o‘tiruvdim, bolalarim kelsin deb.
— Bizni
judayam yaxshi ko‘rasizmi, ona?
— Juda-judayam!
Keyin bu yaxshi ko‘rishning kattaligini, darajasini ko‘rsatish uchun yoniga yozilgan qo‘llar
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |