www.ziyouz.com kutubxonasi
22
— Bir yil bo‘ldi. Raxmatli Xayriya vafot etgach, boshladim. Bolalarning holi parishon edi.
G’amim kamayar debman.
— Bundan bolarning g‘ami kamaydimi?
— Bnlmadim.
— Menimcha, ozaymadi. Ularni ovutish, dardiga chora topish o‘rniga ularni unutib,
o‘zingizni o‘ylabsiz. To‘g‘ri yo‘l tanlamabsiz. Masalan, chekishga xarjlangan pul bilan
bolalarning ko‘nglini olish mumkin edi.
Fotimaxonim to‘g‘ri gapirardi.So‘zlaridan chekishni tashlatish xoxishi sezilib turardi. O’zi
ham sekin-sekin zararini ko‘ra boshlagan edi. Kechalari yo‘tal tutsa, uxlatmaydi. Tonglar
ishtaxasiz turadi. Buning ustiga uch yarim yosh bolasi «sasiysiz», deb ikki oylik o‘gay
onasini quchsa.
U kecha bu masala boshqa ko‘zg‘almadi. Ammo Odilbekning zexnini bir muddat
mashg‘ul qilib turdi. Odilbek o‘sha kecha qilgan qaroriga binoan, har kun ozozdan
kamaytirib — chekishni butunlay tark etdi. Bir kun sigaretni tashlagani to‘g‘risida
suhbatlasharkan, do‘sti:
— Men chekmayman, ammo chekkanlar bir o‘rgangach, tashlash qiyin deyishadi,—dedi.
— Go‘dak o‘zi uchun benixoya sevimli bo‘lgan ona ko‘kragini tark etadiku. Aqli joyida,
irodasiga hokim inson sigaretni tark etishi mushkul ishmi? Irodasiga hokim bo‘lmaganlar
uchun mushkul bo‘lishi mumkin, —deb javob berdi Odilbek.
* * *
Bir kun Xusayin tashqarida o‘ynayotib, urishayotgan ikki bolaning orasiga tushdi.
Orachilik qilmoqchi bo‘ldi, yani ajratib ko‘yishni istadi. Ajratolmadi, buning ustiga
ularning mushtlariga nishon bo‘ldi. Qo‘shni xotinlartsan biri yetib keldi va uni urishyapti
deb o‘yladi. Husaynni chetga tortdi-da
— Nima istaysiz bu yetimchadan? Uyalmaysizmi? Tortadiganini tortib, oladiganini olib
yotibdi bechora go‘dak. O’gay onaning o‘zi yetmaydimi? Husayin hayron bo‘ldi, ne
qilarini bilmay qoldi.
—Hola, mening onam o‘lgani yo‘q, — deya oldi. Ayol uning boshini siladi:
— Seni aldashmoqda, go‘dagim. Asl onangni ko‘rganinga edi, buni ona dermiding?!
Farishtaday ayol edi. Buning nimasi sizga o‘xshaydi? Ko‘zlariga qara. Sizning ko‘zingiz —
qora, uniki — qo‘k.
Eshtk oldid aularni kuzatib turgan boshqa bir qo‘shni xotin:
— Nimalar deyapsan, Olmos? Nega bolani xafa qilasan? Bularni gapirib nimaga
erishding? — dedi.
Uni urishyapti opa,etimni uradimi? Ayb emasmi?
— Xo‘p,sen bularni gapirib bolani xafa qilishing ayb emasmi? Yaxshi ish qildingmi?
— Bilsin,duch kelganni ona demasin.
— Nega duch kelgan? Sendan, mendan yaxshi u xotin, mashaAlloh.
— Sen uni oqlovchi bo‘lib qoldingmi, Samohat? Yaxshi bo‘lsa, ikki yetim bolasi bor
odamga turmushga chiqarmidi?! Sen ham yaxshi bo‘lsang, shunday xotinning yonini
olmasding. Uning nimasi ona?! Xayriyaning o‘rnini bosolarmidi?! Gapirmaysanmi
bularni?! Meni zaharlama xudo haqqi, menga tirg‘alma, tilimni qichitsang, rasvoi jahon
qilaman seni!
Gap yana cho‘zilib gapira-gapira uzoqlashdi. Erkaklar o‘tib ketishi bilan Husayinga tasalli
bermoq uchun eshigini ochgan Samohat xonim uning boshi egik holda og‘ir-og‘ir
qadamlar tashlab, uyiga yaqinlashib qolganini ko‘rdi. Ichi achidi. Eshigini yopib ichkari
kirarkan:
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |