* * *
Fotimaxonim Ismoilni unutgan edimi? Bir so‘z bilan aytsak, yo‘q. Unutgan emas. Ora-
sira onasinikiga borgan-da, neish bilan mashg‘ulligini surishtirar va uni duolar qilardi.
Bugun o‘z farzandiday yetishtirgan ikki yetimiga qandaydir xizmat qilolgan bo‘lsa, agar
Alloh rizosi yo‘lida bir-ikki odim otgan bo‘lsa, bunda Ismoilga achinish tuyg‘usining,
yoshligini uning ko‘zyoshlarini ko‘rib kechirganining buyuk hissasi bor. Ta’bir joiz bo‘lsa,
Ismoil dard chekdi, bu darddan olingan ibratlar, hamdardlik tuyg‘usi Fotimani yaxshi yo‘l
tutishga yo‘lladi. Ismoilni shuninguchun duo qiladi, yomonliqdan saqlashi uchun
Tangriga yolvoradi.
Tan olish lozimki, Fotimaxonim ikki yetim bilan ovora bo‘lib, Ismoil o‘zini izlab,
o‘ylaganidek Ismoil haqida o‘ylayolmadi. Bu oqibatsizlikdan emas, ikki yetim oldidagi
burchini yaxshiroq o‘tash tuyg‘usidandir, Shu sababdan eshigi oldidan ko‘p bor o‘tgan
yuz-qo‘li kir teshikkulcha sotuvchi bolani balki Ismoildir deb diqqat bilan
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |