www.ziyouz.com kutubxonasi
73
kuzatolmagandir. Uning Ismoil ekanini xayoliga keltira olmasdi. Qolaversa, o‘ylaganida
nima ham qila olardi? Uni o‘z uyiga, o‘z tasarrufiga olishi mumkin emasdi-ku?!
Kunlarning birida Odilani so‘rab Ismoil tomondan sovchilar keldi. G’alati bo‘ldi.
Kelganlarning ko‘pini bilardi. O’z mahallasining ayollari. «Ismoilni o‘zing yaxshi bilasan»,
— deyishdi. Biladi, albatta, ulardan ziyodroq biladi. Shu bilan birga otasi bilan Odilaning
fikrini so‘ramasdan biror narsa deyolmasdi. Shuni aytdi. «Ismoil uylansa alohida
yashaydimi yo yana o‘sha onasi(!) bilan birga turishadimi?» — deb so‘radi. Tabiiyki,
Odilani Sanihaxonimning qo‘liga topshirib ko‘yolmasdi. Ismoil alohida turmoqchi ekan.
Bundan ajablanmasa ham bo‘ladi. Demak, yillar davomida chekkan azobini qayta
tortmoqchi emas... Ularga otasi bilan bir bor uchrashishlari kerakligini bildirdi.
Mehmonlar ketgach, Odila bilan suhbatlashdi. Odilaga Ismoilning yetim ekanligi xush
kelmayotgandi.
— Meni yetimga bermoqchimisiz?! — dedi. Bunday demasligi kerak edi. Balki o‘zi
yetimligini bilmagan, yetimlik hayotini yashamagan, ona mehriga yo‘g‘rilgan Odila
adashgandi: yetim ham o‘zi kabi inson ekanligini, balki yetim bo‘lmaganlarga qaraganda
insonni ko‘proq qadrlashini bilmasdi... Vayana bilmasdiki, Ismoil Odilaga
Fotimaxonimning qizi bo‘lgani uchun uylanmoqchi edi, Uning tarbiyasida axloqli qiz bo‘lib
yetishganini taxmin etgan Ismoil umr bo‘yi Fotimaxonimning hurmati uchun Odilani
hurmat qilishini qaydan bilsin?! Bu azamat yigit bir kun ko‘chada o‘ziga teshikkulcha
uzatgan kichkina sotuvchi ekanini qayoqdan taxmin etolsin?!
Odila kibrli bir qiz emas. Aslida bu uyda olingan tarbiya tartib-intizomni sevishga,
poklikka ahamiyat berishga qaratilgan. Yetimni yoqirmaslik odat emas. Ammo qarangki,
turmush qurishni taklif etayotgani nogoh yetim chiqib qolgani g‘alati ta’sir qildi va
eshitishi bilan «meni yetimga bermoqchisiz?» deb yubordi. Fotnmaxonim yetimning ham
inson ekani, x;atto boshqalardan ham qimmatli bo‘lishi mumkinligini tushuntirdi. Agar
bu taklifni qabul etishni istamasa, buni yetnmni xushlamaslik kabi bir sababga
bog‘lamasligini aytdi.
Odilbek ham Odilani Ismoilga berilishga rozi edn. Uning fikricha, axloqi durusg, ishi-
kuchi joyida yigitning xushlanmaydigan tarafi biroz faqirligiyu, yetimligi, holos. Ammo
bu o‘ylaydigan ish emas. Faqirlik kelib-ketadigan hol. Yetimlik odamning ixtiyorida emas.
Ixtiyoriga zid tarzda o‘z qizi ham yetim emasmi?! Gap faqat faqirliqda bo‘lsa, Xudo
xohlasa bu to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan muammo. Ismoilni yoniga olib, unga
qo‘maklashsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lib ketadi.
Xullas, Odilani Ismoilga beradigan bo‘lishdi. Ismoilning sevinchini tasvirlash uchun so‘z
ham, ta’rif ham yo‘q. Buni uning o‘rnida bo‘lib ko‘rganlar yaxshi bilishadi. Asal
yemaganga asal lazzatini anglatish mushkulligini tan olganlar, uni bu hususda ma’zur
qo‘rurlar.
Xusayin katta ta’tilga chiqib,uchinchi sinfga o‘tgani haqidagi xushxabarni olib keldi.
To‘yning shu ta’tilda o‘tishi belgilandi. Kuyovning do‘konini ta’riflashdi, tushuntirishdi.
Bordi. Qarshisida o‘zi avvaldan tanigan chehrani ko‘rib, biroz shoshganday bo‘ldi.
Suhbatlashdilar.Suhbatlashgandagi tortinchoqliq ovozidagi g‘arib ohang va shikastalik
hanuz Ismoilning yetimligini bildirib turardi. G’aroyib voqea deb o‘yladi: yetimlik
mashaqqati ovozidan bilinib turgan bir erkak bilan, yetimlik neligini bilmagan bir
ayolning kurajak turmushi... Bu oilaga ichida chin ko‘ngildan yaxshiliklar tiladi. Saodat
faqat O’zidan qutiladigan Parvardigoriga ko‘ngildan duolar, niyozlar etdi va ketdi.
To‘y musulmonga yarashadigan dilxushliklar, tartib bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi. To‘yda
Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga og‘ir keladigan shartlar qo‘ymaganligi nur ustiga a’lo
nur edi. Hatto Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga puldan yordam ham qilishdi, xijolat
bo‘lmasligini, buni o‘zidan boshqa hech kim bilmasligani tushuntir-di. Ismoilning ko‘zlari
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |