Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

Shu 
chog’da orqadan Qumrining «Ana, ana»  degan tovushi keladir, bular qo’rqib qaraydilar. 
Oldida  Qumri  bo’lgani  holda  qo’lida  qilich  bilan  Botir  kiradir.  Ungacha  Yorqin  qo’liga 
qalqonini olib o’rnidan turgandir
.) 
 
O’ninchi majlis
 
Yorqin, Po’lat, Qumri, O’lmas botir. 
B o t i r  (
tashqaridan  baqirib  kelar
).  Hoy  beorlar,  benomuslar!  (
Tez  kirib  kelib,  bir 
to’xtab oladir-da, so’ng birdan Po’latga hamla qilib
). Benomus, ko’rnamak! 
Yo r q i n (
tezgina qalqon ushlab oraga kiradir
). Ota, munda nomus masalasi yo’q! Bu 
yerda nomus oq, pok, begunoh! 
B o t i r  (
biroz  bo’shashib  orqaga  qaytadir,  so’ngra  tinch  va  past  ovoz  bilan 
Yorqinga
).  Sen,  qizim,  bu  yerda  yarim  kechada  bog’bon  bilan  yolg’iz  qolibsan-u,  nomus 
masalasi bo’lmaydirmi? Meni aldamoqchi bo’lasan, benomus qiz! (
Qiziqibroq
.) Agar men 
seni qilich o’yiniga o’rgatib, o’zimdan usta qilmagan bo’lsam, hozir chopib o’ldirar edim! 
Yo’q, seni jallodning qo’liga topshirib «maydoni siyosat»da parchalantiraymi?! 
Yo r q i n, Haq  yo’lda o’ldirmak  istasangiz,  men, qalqonni  yerga tashlab  (
tashlaydir
), 
bo’ynimni tutib beraman! (
Bo’ynini egib turadir
.) 
B o t i r.  Otang  nohaq  yerga  bir  qatra  qon  to’kkan  emas.  Bundan  keyin  ham 
to’kmaydir!  Ammo,  (
Po’latni  ko’rsatib
)  mana  bu  ko’rnamakning  qoni  to’kilsa,  aslo 
nohaqlik  bo’lmaydir!  (
Po’lat  hayajonli,  lekin  jim
)  Ayt  yaxshilik  bilan,  nima  to’g’rida 
gaplashib turib edingiz?  
Yo r q i n, Uni ayta olmayman, lekin nomus masalasi emas.  
B o t i r.  Menga  ayta  olmaganingdan  keyin  qanday  masala  bo’lar  edi,  behayo?  Aytib 
ber yaxshilik bilan: nima to’g’rida gaplashib turib edingiz? 
Yo r q i n, Nomusdan boshqa bir... 
B o t i r. Sen jim tur! Ana u benomusning o’zi gapirsin! Gapir, deyman, senga behayo! 
P o’ l a t (
oldinroq kelib, dadil, lekin bemalol
). Men kimman? 
B o t i r (
ko’rmas
). Kimligingni o’zing bilasanmi? 
P o’ l a t. Siz bilmasangiz qaydan bilayin? 
B o t i r. Tug’ilganingdan beri mening xizmatimni qilib kelib, mening non-namagimni 
yeb kelib, hali ham o’zingni tanimadingmi? 
P o’ l a t.  Sizning  umrlik  xizmatkoringizman;  bog’boningizman,  deb  tanisam,  shu 
chinakam taniganim bo’ladirmi? 
B o t i r  (
birdan g’azablanib, baqirib
). Benomus, bo’lmasa  «qizimning  o’ynashi»  deb 
tanitaymi seni? (
Yorqin besaranjon
.) 
P o’ l a t  (
mardona
).  Qiz  bilan  o’ynashish  emas,  to’g’ri  o’yin-kulishning  o’zi  ham 
ko’ngilga sig’maydir. Botir, ayting, men kimman? 
B o t i r. Sen non-namagiga tupurgan bir nonko’rsan! Yana nima kerak? 


P o’ l a t  (
qaltirabroq
).  Botir,  pardani  ochish  zamoni  kelganga  o’xshaydir:  (
ko’ziga 
qarab olib
) Mening otam kim? 
B o t i r (
bir quri shoshib, rangi o’chib qoladir, so’ngra o’zini to’xtatib olib, bemalol
). 
Otang bir qishloqi! 
P o’ l a t.  Qani  o’sha  qishloqi?  Nimaga  men  sizning  dargohingizda,  sizning  non-
tuzingizga qarab qolganman? 
B o t i r. O’zini boqolmagan bir qishloqi seni biti bilan boqsinmi? O’zi boqolmagandan 
keyin  menga berib ketgan-da!  Otang, seni,  «Botirning  qizi bilan o’ynashsin,  Botirning el-
xalq oldida yerga qaratsun!» deb qoldirgan edimi? (
Qizib
.) Qani, ayt, benomus, gapir! 
P o’ l a t.  Botir,  siz  gapni  boshqa  yoqqa  burmang,  bari  bir  ish  xunuk  bo’ladir.  O’sha 
otam qani? Nimaga menga ko’rsatmaysiz? 
B o t i r.  Otangni  men  qaydan  bilay?  Yegali  ovqat  topolmay  ochidan  o’lib  ketgandir. 
Men  senga  kam  otalik  qildimmi?  Nonko’r?  (
Yana  qizib
)  Men  senga  «qizimga  o’ynash 
bo’l!» deb otalik qildimmi? A? 
P o’ l a t  (
qaltirab,  Botirning  ko’ziga  qarab  olib
).  Uyalmaysizmi?  Uyalmaysizmi? 
Astag’furulloh... (
Bir-ikki qadam orqasiga qaytadir
.) 
B o t i r. Men kimning ona qo’ynidagi qizi bilan o’ynashibmankim, uyalsam? 
P o’ l a t  (
yugurib  kelib
).  U...  yong’oqning  tagidagi  xandaq  kimning  go’ri?  Ayting, 
kimning go’ri? (
Botir cho’chib orqasiga jiladir, lekin, o’zi jim, Po’lat borgan sari unliqib
.) 
Bir xandaqda necha kishining boshi bor? (
Qo’ynidan bir ro’molchada mayda suyaklar olib 
tashlab
).  Mana  bu  suyaklar  kimniki?  Nimaga  bular  yong’oq  tagidagi  xandaqda  chirib 
ketgan?  (
Baqirish
)  Kimniki  deyman?  Ariza  berganlar  qani?  (
Yerdan  suyaklarni  olib 
Yorqinning oldiga tashlaydir
.) Mana shular emasmi, ariza berganlar? Mening otam, akam, 
tog’am,  yana  boshqa  qancha  qavmu  qarindoshlarim  shu  bir  hovuch  suyakning  ichida 
emasmi? Gapiring! Gapiring! Nimaga damingiz chiqmay ketdi? (
Botirning qilichi qo’lidan 
tushib ketadir, rangi oppoq oqaradir, kasal odamday bo’shashib, holsiz turib qoladur
.) 
Yo r q i n (
qaltirab
). Ota! Ota deyman! Bu nima gap? Bu nima? Bu qanday gap? (
Botir 
jim
) Po’lat, sen aytib ber: bu nima gap? Men o’laman, men chiday olmayman. Bu qanday 
sir? 
P o’ l a t  (
o’zini  bosib  olib,  bo’shashibroq
).  Bu  sirlarning  tagini  otangizdan  so’rang. 
Ota-ona,  qavmu  qarindoshlarini  bir  umr  ko’rmagan,  ularning  shirin  gaplarini  eshitmagan, 
o’zlarini  ko’rish  o’rniga,  bir  xalta  chirigan  suyaklarga  ega  bo’lgan  kishi,  o’sha  suyaklarni 
chiritgan  dargohda  tura  olmaydur.  Amakingizga  qizini  bermagani  uchun  xonavayron 
bo’lgan  bir  qishloqi,  o’sha  qishloqini  «haq»  degani  uchun  yer  bilan  yakson  qilingan 
qishloq... yana mendek baxti qaro o’g’lini shu dargohga bir umrlik qul qilib beribdir! Men 
shu  to’rt  og’iz  gapni  sizga  aytib  qo’yib,  shu  dargohdan  butkul  bosh  olib  ketmoqchi  edim 
(
Qumrini  ko’rsatib
).  Ana  u  tentak,  jinni  qizni  gapi  bilan  otangiz  bizni  gunohkor  qildi, 
«nonko’r»  dedi,  «o’ynash»  dedi,  «benomus,  behayo»  dedi,  har  narsa  dedi.  Agar  bu  sirni 
ochib  yubormasam  mening  boshim  ham  shu  suyaklarning  bittasi  bo’lar  edi.  Oyposhsha 
menga  «non-tuz»  berdi,  deb  otangizdan  halollik  so’ramayman.  Nimaga  desangiz,  har  bir 
tishlagan  nonim  ota-onalarimning  bir  burda  eti,  har  bir  qatra  tatigan  tuzim  ularning  ko’z 
yoshlari,  balki,  qonlari  bo’lgan  ekan.  Bu  dargohda  gunohi  yo’q,  menga  chinakam  singil 
bo’lib,  balki,  onamday  shafqatli  qaragan  siz  edingiz.  Shu  uchun  sizdan  so’raymankim, 
o’sha shafqat va marhamatlaringizni halol qilsangiz! (
Hamma jim
.) 


B o t i r  (
og’ir
).  Po’lat,  senga  nima  deyishni  bilmayman...  Menga  muncha  qattiq 
da’volaring bor ekan. O’zimga xilvat qilib turib aytsang bo’lmasmidi? 
P o’ l a t.  Qizingiz  bilan  mendan  gumoningiz  bor  ekan,  shu  tentak  qizning  gapi  bilan 
bizga  anvoyi  haqoratlarni  irg’itmasdan,  qizingiz  bilan  xilvatda  gaplashib,  gap  olsangiz 
bo’lmasmidi? 
B o t i r. Bo’lar ish bo’ldi, endi bu sirni shu joyga ko’maylik... «Ketaman, chiqaman» 
degan  gaplaringni  tashla!  Sen  shu  yerdan  chiqding  sir  yoyiladir  va  men  sharmanda 
bo’laman.  Men  bir  sharmanda  bo’lganimdan  keyin  sening  bilan  boshqacha  gaplashib 
qolamiz!.. 
P o’ l a t. Butun bir qishloqni jindek bir narsa uchun yer bilan yakson qilgan kishi, «sir 
yoyilishi»dan  qo’rqadirmi?  Shuncha  ko’mganlar  yetmaganday,  endi  bu  haqiqatni  ham 
yerga ko’maylikmi? Siz bilan qandaqasiga gaplashsam gaplashaberaman. Men uchun endi 
hech  bir  qo’rqish  degan  narsa  qolmaydi!  (
Yorqinga
.)  Bu  jallod  otadan  emas,  siz  shafqatli 
singildan  halollik  so’rayman?  Halollang,  singlim!..  (
Yugurib  chiqadir,  orqasidan  Yorqin 
ham «Po’lat, meni ham olib ket!» deb yuguradi, qolganlar toshday qotgan
.) 
Parda tushadir

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish