Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI 
 
...M a h m u d x o n.  Oh,  jaholat,  maorifsiz  davlat!  (
Xatni  olib,  ochib  qarab,  turib 
borib, zvonok berib, yana kelib o’tirar. Eshikdan mulozim kelur, Mahmudxon anga qarab.

Birorta erkak odam kelsa, meni yo’q degin. (
Xo’p, deb ketar. Mahmudxon hamon tizzasiga 
urib
.) Ey, johil otalar, johila  onalar. Men  orzu-havasni  nima qilay? Orzu-havas o’zimning 
istaganimdan boshqa nimarsa emas. 
Biroz  sukut  qilib  turar.  Bu  orada  Maryamxonim  kelib,  eshikni  qiya  qilib  qarab  turar. 
Mahmudxon xabarsiz. 
Men orzu-havasni nima qilay, suyganim bo’lmagandan keyin menga ming orzu — bir 
qora chaqa, balki menga zahar o’lim! (
Bir ozgina to’xtab
.) Men boy qizini nima qilay? Ha, 


o’zimni  endigina  jaholatdan  qutqazgan  vaqtda  yana  bir  johilaga,  ro’dapoga  umrdosh 
bo’lamanmi?  Menga  hayot  kerak.  Hayot  uchun  eng  ko’nglim  istamish  maqsad  kerak,  u 
maqsad esa (
bosh qimirlatib
) Maryamxonimdan boshqa emas, boshqa emas. 
Maslakda,  fikrda,  ilmda  eng  birinchi  hayotdosh  bo’lib  turgan  Maryamxonimdek 
haqiqiy bir ko’nglim jononasi turganda, menga dunyoning har bir orzusini, har biri pari kabi 
boylar  qizini  havas  qilmoq  harom!  Harom!  Oh,  aning  menga  shirin-shirin  yozmish 
maktublari.  (
Yugurib  turib  stol  g’aladonidan  bir  dona  maktubni  kelturib  ochib
.)  Mana-
mana buni yozmish,  maktublariga qara, birinchisi bu (
birinchi maktubni o’qir
): «G’unchai 
muhabbatim, suyukli Mahmudxon! Men Sizga naqadar muhabbatni da’vosindan yozmayki, 
vaqtingiz  musonda  o’lmasin  uchun  so’zni  qishartub,  maqsadgagina  qalam  yurutdim. 
Durust,  men  faqira eski  maktabdagina tahsil etdim,  lekin  har bir  millat  va  insoniyat  hayot 
masalalarin  Sizning  marhamatingiz  va  ma’naviy  yordamingiz  orqali  tanidim...  Ikkinchi 
muddao,  afandim,  emdi  tezdan  ijtihod  etingizki,  ikkovimiz  elimizni,  zulmatda  qolgan  bu 
millatni,  Siz  quyoshi  bo’lganda,  men  mohtobi  bo’lib,  qorong’u  vatanni  yoritaylik.  Siz-da, 
erlarimizning  holindan,  men  mazluma  oilalarimizning  holindan  gazetalarga  yozishib,  bir-
birimizni  ogohlantiraylik.  Garchi  Siz  tijoratda  bo’lsangiz-da,  chin  maqsudingiz  bo’lgan 
qizlar  maktabi  ochaylik:  men  ma’naviy,  Siz  moddiy  xizmatda  bo’ling,  chin  yashaylik, 
kelajakdagi  avlodlarimizni  mozorimizga  borib,  erlari  Sizga,  qizlari  bizning  qabrimiz 
uzasina,  oq,  qizil  gullar  sochib  ruhlarimiz  olqishlarlik  darajada  bir  xizmatlarni  maydonga 
qo’yaylik...» 
(
Mahmudxon  tizzasiga  qo’lin  urib
.)  Oh,  mana  bu  maktub  qanday  laziz  hayot  beradi. 
Men qaysi vijdonim bila mundin yuzimni o’girayin. Bu maktubni har biri menga ming boy 
qizidan suyuklimasmi?.. (
Mahmudxon birinchi maktubni qo’yinga solib, ikkinchi maktubni 
ochib  ko’rib,  cho’chib  turib
.)  Maryamxonim  kutmakchi  ekan,  men  to’xtab  qolibman-ku! 
(
Xatlarni qo’yniga oshiqib solib, orqasiga qaramoq barobar, Maryamxonim eshikni ochib, 
boqib  turar.  Mahmudxon  yugurib  borib  salom  ila  qo’lin  o’pib
.)  Buyuring,  xonim!  (
Olib 
kelib, kursiga o’tqazur-da
.)  Xonim, men chiqib, eshikni kishi qo’yib poylatib kelay. 
 
M a r y a m x o n i m  (
Mahmudxon  qo’lindan  o’pib
).  Afandim,  mening  kelganimga 
uzoq vaqt bo’ldi, tez qaytaman. 
M a h m u d x o n (
kitoblarni ko’rsatib
). Oh, shirin hayot, chin yo’ldosh bunday har bir 
jihatdan komil, fozil inson bo’lsa. Afsus faqiri bechoramen. (
Yurib turar
.) 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish