Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

TURKISTON TABIBI 
Sahna  Turkiston  tabiblarining  muolajaxona —  «go’shaxona»larini  tasvir  etar. 
Sahnaning  yuqorisida  po’stak  solinib,  bir  yostuq,  bir  bolish  qo’yulub,  yostuq  tomonga 
yaqin  yerda bir  xontaxta qo’yulub, ustida  bir  necha eski tib kitoblari, bir oynak  ham katta 
kir  salla,  xontaxta  yonida  eski  bir-ikki  ro’mol  ichida  dorular.  Eshimqul  esa  uning  tuban 
tomonidan (hovoncha)da  
yanchib turgan holda parda ochilur. 
 
E s  h i m q u l  (
peshonasini  artib
).  Uh,  juda  charchadim-de,  qonnimda  hech  nima 
qolmadi.  Bu  qurumsoq  hakim  bo’sa  odamning  o’lishiga  qaramasdan  ertadan-kechgacha 
ishlatadi,  ovqatni  mazasi  yo’q,  ovqatni  o’ldim-o’ldim  deganda  qulog’iga  o’lchab  non 
beradi, demaydiki, bu ham bir musulmon odamning farzandi, bechorani ertadan-kechgacha 
ishlatsam,  tuzukkina  ovqat  bermagim  kerak,  demaydi.  (
Uy  tarafiga
.)  Hay,  o’lgina,  eshon-
hakim! (
Sukut
.)  Hoy, kishilar bir parcha  non bilan ertadan-kechgacha (
hovoncha yanchur

cho’yanni  cho’yanga  urushga  mandek  (
ko’kragini  kerur
)  Rustam  o’g’li  Rustambek 
bo’lmasa,  boshqa  rasmana  odamlarning  qo’lini  tomiri  cho’zulub,  xuddi  (
bilaklarin 
ko’kragiga  yopishturub,  qo’lining  uchin  tubang’a  qaratib,  boshin  ichga  olib

yumronqozuqdek  mushshayib  qolur.  Endi  bu  xizmatlarni  qo’yavering-a,  kelayluk  Eshon 
hakimga. Eshon hakimning ta’riflarini qilib beraymi? O’zi juda ezma, baloni ham bilmaydi, 
oldiga bir kasal kelsa, miyasini qoqub qo’lig’a beradi. Kecha bir sho’ring qurg’urning tishi 
nihoyatda  og’rib,  bunni  bila  nafas  olib  keluvdi.  Oldig’a  yaqin  o’tquzub  so’radiki,  qating 
og’riydi? (
Uy tarafiga
) Hay o’lgin-a, idroksiz, bechora og’zini shamol kirmasun deb ro’mol 
ila  o’rab  o’tiribdir-ku,  yana  so’raydiki  qating  og’riydi?  U  bechora  g’uldurlab  ro’mol  ila 
aralash  shishim  og’riydi  degandek,  javob  berdi,  hakim  bo’lsa,  a!  Shishim  og’riydi?  Man 
haligacha  shish  degan  joyni  eshitganim  yo’q,  deb  xo’mrayibvordi.  Bechora  Eshon  hakim 
mani boqmasmukinlar deb xafa bo’lub yerga qaradi. Man dedimki, «Taqsir (
uy tarafga
) hay 
sadqai  taqsir  ket,  qurumsoq  bu  kishi  tishim  og’rivotti  devottilar»,  —  desam,  hamon 
haromzada  man  sanda  so’ravotganim  yo’q,  «Tishi  og’rig’onini  qayoqdan  bilding?»  deb 
momaqaldiroqdek  baqirib  yubordi.  Man  o’rganganim  uchun  o’zimni  to’xtatib  qoldim, 
ammo  kasal  bechora  gurs  etib  (
yiqilur
)  yiqilib  tushdi.  Man  yana  dedimki:  «Taqsir,  bu 


kishining tishi og’rimasa ro’mol ila og’zini o’ramasdi!». Undan  keyin janobi eshon hakim 
biroz pasayub, «Tishing og’riydimi?» deb so’radi... 
E s h i m q u l. Olib keldim, taqsir. 
N i yo z a l i.  Qani  ko’ray-chi?  (
Olib  qarab,  chetga
.)  o’zim  aytganday  o’rusning 
dorusini hammasi oq bo’ladi. (
Xona tarafig’a borib, dorularni bir-biriga aralashtirur
.) 
E s h i m q u l  (
chetga
).  Ish  o’ngidan  keldi.  Borsam,  yurak  og’ritadurg’on  doru  ila 
qichitadurg’on dorudan bor ekan, olib keldim. Qo’l bering, yonimda ham ozroq olib qoldim 
(
fikr
).  Qani,  sinab  boqay-chi,  qanaqa  ekan.  (
Yonidan  chiqarib  yalar,  biroz  o’tub 
qichinmoqg’a  boshlar,  Niyozali  kelib  po’stak  ustida  o’turub  kitob  ko’rur.  Birdan  ko’zi 
Eshimqulg’a tushub
.) 
N i y o z a l i. Naga qichinasan, nima qildi, ishingni qil! 
E s h i m q u l. Hech narsa, taqsir (
chetga
) juda yaxshi-ku (
qichinur
). 
N i y o z a l i  (
Qorni  ochu  yostuq  orasini  qarab
).  Haromzoda,  bu  yerdagi  nonni  biri 
qani?  
E s h i m q u l (
qichinub
). Taqsir, ko’rganim yo’q. 
N i y o z a l i. Beri kel! 
E s h i m q u l. Ko’rganim yo’q, taqsir. (
Qichinib borur
.) 
N i y o z a l i.  Naga  qichinasan?  (
Qulog’idan  cho’zar,  shu  chog’da  eshikdan  qishloqi 
qiyofasida bir kishi kirur
.) 
H a m d a m b o y. Assalomu alaykum! 
N i y o z a l i. Vaalaykum assalom! Xush keling! 
Hamdamboy. Taqsir, uch-to’rt kundan beri boshim qattig’ og’riydi. 
E s h i m q u l (
chetga
). Damingizni chiqarmang, maydon ochildi. 
N i y o z a l i.  Xo’b  (
Eshimqul  olib  kelgan  dorudan  ikki  qog’ozg’a  o’rab
),  bittasini 
uyga borib hozir iching, bittasini yotar vaqtda ichasiz. 
Hamdamboy. Xo’b, taqsir. (
Aqcha chiqarib berib chiqur
). 
E s h i m q u l  (
chetga
).  Juda  yaxshi  bo’ldi-da,  xudo  xohlasa,  hozir  qo’tur  echkidek 
qichinub keladi. 
N i y o z a l i  (
bir  qog’ozg’a  bir  narsa  o’rab
).  Haromzoda,  mana  bu  doruni 
To’raqulboy bachchaga olib borib ber! Bittasini hozir, bittasini yotur vaqtda ichib yotsun! 
E s h i m q u l. Xo’b, taqsir (
chetga
). Yana ish o’ngidan keldi. (
Chiqur
.) 
N i y o z a l i  (
chetga
).  Alhamdulilloh,  doru  jihatidan  xo’b  tinchidim.  Hech  kim 
o’rusning dorusi demaydi. (
Qog’ozlarg’a doru o’rab o’turar
.) 
E s h i m q u l (
qichinib kirur
.) 
N i y o z a l i. Haromzoda, oborib bermadingmi?! 
E s h i m q u l.  Taqsir,  ko’chaga  chiqsam  xizmatkori  uyiga  ketivotgan  ekan,  undan 
berib yubordim. (
Qichinur
.) 
N i y o z a l i. Bir ishni tuzukkina qilmaysan. Ichaturg’an vaqtlarini kim borib aytadi? 
E s h i m q u l. Taqsir, xizmatkoridan hammasini aytib yubordim (
qichinur
.) 
N i y o z a l i (
g’azab ila
). Haromzoda iflos, hammomg’a tushsang bo’lmaydimi? 
E s h i m q u l (
chetga
). Hoy ahmaq, gap hammomda emas, hozir bilasan. 
N i y o z a l i. Haromzoda, doruni yanch! (
Uyga kirib ketur
.) 
E s h i m q u l  (
hovoncha  yanchib,  chetga
).  Damingizni  chiqarmang,  ko’chaga  chiqib 
doruni  olishdirub  xizmatkoridan  berib  yubordim!  Mahmudjon  og’ritadurg’on  degan  edi, 
rostmi  ekan?  Sinab  boqay-chi.  (Cho’ntagidan  qog’oz  chiqarib,  ichiga  qo’lin  solib  yalab 


birozdan so’ng.) Iyye. Hech narsaning daragi yo’q-ku! (
Qoring’a biroz quloq solib
.) Baraka 
top,  Mahmudjon  o’rtoq!  (
Xontaxtag’a  o’turub
.)  Nihoyati  bir  yalag’onim  uchun  doruning 
hammasini  ichsa  hali-zamon  kelib  Eshon  hakimni  objuvozdek  dakkam-dukkamga  olib 
do’pposlashini ko’rasiz. (
Shu holda Niyozali kirur
.) 
N i y o z a l i  (
g’azab  ila
).  Haromzoda,  ko’r  bo’lasan-ku!..  Sho’tta  o’tirasanmi? 
(
Qulog’idan cho’zur. Eshimqul og’rinib qornini ushlab bukulur
.) Haromzoda, nima qildi?! 
Ha-a... mandan so’ramasdan non o’g’urlab yesang shundog’ bo’ladi. 
E s h i m q u l  (
chetga
).  Undan  emas,  ey  ahmaq.  (
Shu  holda  qichinub  Hamdamboy 
kirur, Eshimqul kulur
.) 
H a m d a m b o y. Taqsir, qanaqa doru bergan edingiz, tamom badanimni g’imirlatib 
yubordi. (
Qichinur
.) 
N i y o z a l i. Qanaqa doru bo’lar edi, bosh og’rig’i dorusi edi. Ha, nima qildi?! 
H  a  m  d  a  m  b  o  y.  Nima  qildi  deysiz!..  (
qichinub
.)  Ichgan  zamon  badanimg’a  nina 
qadalg’ondek bo’ldi. 
E s h i m q u l (
chetga
). Juvoldo’z qadaldi desang ham ishonaman... 
N i y o z a l i.  Ichganingda  boshqa  bir  narsa  aralashib  ketgandir.  (
Shu  chog’da 
To’raqul kirur, qornini ushlagan holda, Niyozali hayron qolur
.) 
H a m d a m b o y. Yo’q... Dorungizning o’zini qaynoq choy ila aralashturub ichdim. 
T о’ r a q u l. Bergan dorungiz qanaqa edi? 
N i y o z a l i. Ko’krak og’rig’ining dorusi edi, u dorudan hech qayerda topilmaydi. 
T о’ r a q u l. Xuddi o’zingiz yuborg’an doruni ichdim. (
Qornini ushlar
.) 
H a m d a m b o y. Men ham xuddi o’zingizning dorungizni ichdim. 
N i y o z a l i. Ey, ahmaq, yolg’onchi qishloqi!.. (Bir shapaloq urub. To’raqulga.) Ey... 
san ham ahmaq ekansan!.. 
T о’ r a q u l. (Hamdamga). Ur, ahmaqni... (O’zi boshlab urur.) 
E s h i m q u l. Urabering-a, qo’lingdan o’rgulay, boybachcha. 
 
Parda tushar.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish