qilardim” deb eslaydi. San’atkor chorak asrga yaqin muddat davomida shu rolda besh yuz
marta sahnaga chiqqan va har safar spektakldan keyin ancha vaqtgacha o’ziga kelolmay
“yig’lab-yig’lab” “ho’ng bo’lishi”ni aytadi. Boshqa buyuk san’atkorimiz Lufixonim
Sarimsoqova sahnaga chiqish oldida bolasi qazo qilib qolganligini eshitsa-da, bu shum
habarni hech kimga aytmay “Halima”dagi Ona timsolida “marsiya aytib faryod urayotgani”
va hammani hayratga solgani haqida xotirlaydi. Qalbdan otilib chiqqan bunday ijodiy
kechinma va fidoyilik tuyg’ulari san’atga endigina qadam qo’ygan yosh san’atkorlarni
befarq qoldirmaydi, shubhasiz.
San’atkorlar ijodiy hayotidan olingan lavhalarning e’tiborliligi shundaki, ularda
ijodning zavqli va mashaqqatli jarayoni ustida so’z boradiki, bu bo’lg’usi san’atkorlar
uchun professional ko’nikma ma’nosida qimmatlidir. Masalan: Zaynab Sadriyevadek ulkan
san’atkor “Boy ila Xizmatchi”dagi Poshshoyim roli ustida ish boshlaganda o’zidan
tajribaliroq Holida Xo’jayeva (Xonzoda)ning rolga kirishib ketganidan hangu-mang bo’lib
“holatga kirolmay rosa qiynalgani” haqida yozadi. Olim Xo’jayev Hamlet, Alisher Navoiy,
Komilov (“Imon”) rollari xususida so’z ocharkan bizning aktyorlarimiz o’z rolida yuksak,
tafakkur sohibi sifatida ko’rinishi lozimligini uqtiradi.
Poeziya va nasr olamidan drmaturgiyaga kelib, shu sohaning chinakam sohibi bo’lib
qolish har kimga ham nasib etavermaydi. “Chet”dan kelgan qalamkashning teatr “kishi”si
bo’lib qolishining siri bir qator rejissyor va aktyorlarning xotiralarida ochilgan: bu teatr,
aktyor va rejissyorlar bilan aloqani uzmaslikdir. Mannon Uyg’urning Fitrat, Qudrat
Xo’jayevning Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Razzoq Hamroyevning Komil Yashin,
Hamid G’ulom, Zikir Muhammadjonovning Odil Yoqubov, Rustam Hamidovning O’lmas
Umarbekov haqidagi xotira, fikr-mulohazalarida bu dramaturglarning teatr bilan doimiy
ijodiy hamkorligi keng ochilganki, bu bo’lg’usi dramaturglar uchun saboq bo’lishi mumkin.
Qo’llanmadan M.Rahmonov, T. Tursunov, M. Qodirov, T. Islomov, T. Bayandiyev,
M. To’laxo’jayeva, S. Ahmedov singari teatrshunos olimlar qatori Y. Mirzo, B. Qosimov,
S. Mamajonov, N. Karimov singari journalist va adabiyotshunos olimlarning maqola va
taqrizlaridan tahliliy lavhalar o’rin olganki, bular teatrimiz rivoji manzarasini keng tarzda
ifoda etib beradi. Ozod Sharafiddinovning A. Qahhorning “Tobutdan tovush” asari haqidagi
“G’azabli qah-qaha” mashhur maqolasini o’rin olishi kishi e’tiborini tortmay iloji yo’q.
sababi bu kabi maqola va tanqidiy taqrizlar teatr tanqidchiligi sohasida sog’lom ijodiy
muhit uchun kurash olib borganiligidan dalolat beradi.
S. Tursunboyevning ushbu qo’llanmasining birinchi nushasi 2005 yili chop etilib
kollejlar tomonidan zarur o’quv qo’kllanmasi tarzida qabul qilindi. Hozirgisi shu
qo’llanmaning tubdan qayta ko’rib chiqilgan nushasi bo’lib, sahna ijodi va dramaturgiya
bilan bog’liq ko’plab yangi o’zbek dramaturgiyasi va teatr tanqidchiligining eng sara
namunalari jamlangan mazkur qo’llanma bo’lg’usi san’at mutaxasislari qatori filologlar,
jurnalistlar uchun ham zarur manba bo’lib xizmat qilishi mumkin manbalar bilan boyitildi.
M.Uyg’ur nomidagi Toshkent
Davlat san’at instituti “San’atshunoslik”
kafedrasi mudiri, O’zbekistonda xizmat
ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, professor
Do'stlaringiz bilan baham: