Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 
...M u l l a r o’ z i (
kirib
). Ha, Mullado’stmat! Nima deb g’urunglayapsiz? 
M u l l a d o’ s t. Ey, assalom alaykum! A’lam domla, keling (
Borib ko’rishib
.) Keling-
a! 
M u l l a r o’ z i  (
o’tirib
).  Xo’sh,  nimadan  shikoyat  qilib  turibsiz?  Bir  oyog’  go’rda, 
birisi to’rda bo’lib qopti-ku! 


M u l l a d o’ s t.  Ey,  taqsiri  birodar,  qag’da  bir  oyog’im  deysiz,  ikkaviyam  baravar 
go’ristonga  yo’rg’a  chiqarib  qoldi-yu,  loaqal  birovsiyam  bo’saki,  nikoh  choyshapini 
bosolmay ketayotibdi-da. (
Mullaro’zi kular
.) Ilohimki, duo qiling, bu dunyoda bo’lmaganga 
yarasha  oxiratdayam  ishkal  bo’lmasin.  Xudo  urganni  payg’ambar  hassasi  bilan  turtadi, 
deganday,  u  yerda  ham  arvoh  urib,  jin  qoqmasa  edi.  Oblohuma  sallialo,  uchinchi  dunyo 
qayda  deysiz...  (
Mullaro’zi  qotib  kular
.)  Kulasiz,  kulasiz,  yog’  kundaday  g’ijillagan 
boyvuchcha xotinni olvolib bizning ahvolimizga kulasiz-da! Ey omon bo’l. 
M u l l a r o’ z i. Yo’q endi, ahvolingizga hamda qiziq gaplaringizga kulamiz-da, axir. 
Hozir bu boyvuchchangiz ham me’daga zig’ir yog’dek tegib turibdi. 
Mullado’st.  Sizlarni,  ha  endi  nima  deymiz?  Xudoyim  ilm  berib,  martabalaringizni 
baland  qilib,  iqbollaringizni  sartaroshning  qayrog’idek  silliq,  chaqqon  qilib  qo’yipti. 
Hammaning  nodirayi  davron,  oshiptayi  zamon  qizlari  sizniki  bo’lmay  kimlarniki  bo’lsin? 
Haftada birini qo’yib, ikkini olaverasizlar... Bizga loaqal, yo’lakka to’ngak bo’lgan paytava 
qulog’iyam tegmaydi. Agar sizning yaqinda olgan mohpaykaringiz  menda bo’lsa, har soat 
yuzining  kulchasidan  to’qson  to’qqiz  aylanardim-a!  Xudoyimning  qulog’i  bilan  bizdaqa 
kambag’allar  og’zining  orasiga  Jabroyil  degan  beso’nahay  qanotlarini  to’sib  olgan-da! 
Bo’lmasam  nahot  bir  kam  qirq  yildan  beri  xotin  so’rashni  qilaverib,  og’zimiz  xalta  bo’b 
ketdi-yu, bir alvastigayam uchramasak-a! O’rgulib qo’ydim! 
M u l l a r o’ z i (
qattiq kulib
). Qo’ying, xafa bo’lmang axir, qozi domlagayam shunaqa 
payt-paytida yig’lab qo’ysangiz bo’lmaydimi? 
M u l l a d o’ s t. Qo’ying, o’sha qozi domlangizga ham oshiqning hammasi pukkasiga 
tushadi. Xudo solmagan quloqni  qozisi soladimi!  O’zlari bo’lsa to’qson beshni jeva  qilib, 
ikkam yuzni beva qildilar. Birorta sarqitni ol mana munisini, deb qo’yish anqoga jiyan! 
M u l l a r o’ z i. Ey, hay, hay, siz qiziqmisiz, gunohkor bo’ldingiz!  
M u l l a d o’ s t. Ey-ha! 
M u l l a r o’ z i.  Qozi  domladan  ayrilgan  haramni  rasmiy  fuqaro  u  yoqda  tursin, 
boylar, katta eshonlar, hatto bir yurtning hokimi ololmaydi-yu! 
M u l l a d o’ s t (
chetga
). Hammasi, otboqarlargacha katta-yu... 
M u l l a r o’ z i.  Sizga  yo’l  bo’lsin!  Ko’rasizmi,  Haqnazar  yasavulboshining  qizini 
nikohlariga olganlariga bir hafta bo’lgani yo’q edi. Ozgina bir beodobligiga qahrlari kelib, 
o’n  bir  yildan  beri  uyida  tul  umr  o’tkazyapti.  Shunday  olamni  titratgan  yasovulboshi  bir 
og’iz bir narsa demaydi. 
M u l l a d o’ s t (
chetga
). Bay, bay, g’o’r ketdi degin hm... (
Mullaro’ziga
)
.
 Qozi domla 
ham ko’rnamak ekanlar-a, nimaning beodobligi bor ekan? 
M u l l a r o’ z i.  Ey,  uni  surishtirib  nima  qilasiz!  Ulug’  odamlarga  bir  gap  ozlik,  ikki 
gap  ko’plik  qiladi.  Qozi  domlaning  oldilarida  aksiripti-da,  chuchkiribdi.  Darrov  eshikka 
chiqmaysanmi?  Katta  odamlarning  qoshida  aksa  urib  bo’ladimi?  Xon  bo’lsa  o’limga 
buyurardi,  tag’inam  qozi  domla  shariatning  adolat  minbarida  o’tirganlari  hamda  o’zlari 
ko’p silayi rahm egasi bo’lganlaridan tashlab qo’ydilar. 
M u l l a d o’ s t.  Endi  bu  aksa  degan  besaranjomning  qozi-pozingiz  bilan  aslo  ishi 
yo’q.  Bir  kelib  qolgandan  keyin  hayvonga  o’xshagan  dumi,  odamga  o’xshagan  yoqasi 
yo’qki,  mahkam  siqib  eshikka  opchiqsang.  Umas,  bumas,  xudoning  irodasi-da.  Ishqilib, 
g’o’r ketibdi-da, attang! (
Chetga
). Menda bo’lsin, bir chuchkursa, ming tasadduq derdim. 
M u l l a r o’ z i.  Kattalarning  dargohidan  mardud  bo’lib,  bir  quvilgan  xotinlar  erga 
borganda, erkaklarning kun ko’rishi amri mahol, amri mahol. 


M u l l a d o’ s t.  Obbo,  hali  shunaqa  deng,  endi  bizning  haligi  gapimiz,  qozi 
domlaning  qo’ygan  xotinlaridan  umid  qilishda  emasdi-ku,  mana  bu  halala-palalalardan 
birortasi tegib qolsa devdik-da! 
M u l l a r o’ z i. Ha, mana mundoq deng, bo’lib qolar. Sabr qilsangiz, g’o’radan halvo 
yesiz. 
M u l l a d o’ s t.  Sabrning  avjiga  o’ttiz  ming  chiqib  tushdik-ki,  go’rga  borib  yer 
bag’irlashdan boshqasiga ko’zimiz yetmay qoldi. 
M u l l a r o’ z i. Qozi domla bizga va’da qildilarki, bizning esimizga solinglar, endigi 
kelgan  halalami  yoki  birorta  tul  xotin  kelib  qolsa,  shu  Mullado’stga  olib  beraylik.  Ammo 
mening bir shartim bor. Agar shu shartimni bajo qilsangiz, bir olifta, tannoz, sohibjamol bir 
xotin bor. Darrov qozi domlaga ma’qul qilaman-u, olaman beraman. 
M u l l a d o’ s t. Voy qullug’-ey, ilohiy ikki dunyongiz charaqlab ketaversin-da. Qani, 
shartingizni  tezroq  ayting.  Bir  kecha  o’sha  mavzui  panosi  bilan  bo’lgan  jon  sizga  qurbon 
bo’lib ketsin. (
Xursandlik
). 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish