Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

Temurni quchoqlab
). 
 
Amir Temur, kuyov emas, inimsen, 
 
Senga umr tilab besh vaqt namozda 
 
Umrim o’tayotir... Qur’oni karim 
 
Bizning do’stligimiz ko’prigi, sharti. 
 
Qur’oni karimdan oyat o’qisam, 
 
Qasam yodga tushar, muqaddas qasam 
 
Alloh yo’l ko’rsatsin... Ha, bu xotining 
 
Yig’i qilar meni olib keting deb. 
 
Juftihalol bo’lmoqlik Amir Temurga 
 
Qutlug’ baxt, nodon, deb singlim qulog’in 
 
Burab qo’ymoqchiydim, o’zing kep qolding 
 
(
O’ljaoy Turkon og’oga

 
O’zing ayt, ey, nodon, nechun beziding 
 
Er desa degulik Sher, bahodirsan? 
 
(
O’ljaoy Turkon og’o jim

 
Mayli, er-xotinning xos sirlariga 
 
Og’a bo’lsam ham bosh suqmagan ma’qul. 
 
Kutib qoldi meni saltanat ishi, 
 
Yagona singlimni ranjitma ortiq. 
 
(
Amir Husayn tez burilib chiqadi
). 
T e m u r. Eshitamen ne gap? Ochig’ini ayt 
(
O’ljoy Turkon og’o jim

 
Nechun jimsen? 
 
(
O’ljaoy Turkon og’oga

 
O’zing ayt, ey, nodon, nechun beziding 
 
Er desa degulik Sher, bahodirsan? 
 
(
O’ljaoy Turkon og’o jim

 
Mayli, er-xotinning xos sirlariga 
 
Og’a bo’lsam ham bosh suqmagan ma’qul. 
 
Kutib qoldi meni saltanat ishi, 
 
Yagona singlimni ranjitma ortiq. 
 
(
Amir Husayn tez burilib chiqadi
). 
T e m u r. Eshitamen ne gap? Ochig’ini ayt 
(
O’ljoy Turkon og’o jim

 
Nechun jimsen? 
(
O’ljoy Turkon og’o jim

 
Er faqat xotinning mulki emas-ku 


 
Kecha-kunduz uyga qamab o’tirsang, 
 
Gapir, Ne muddaoing bor? 
 
Er elning qulidir... 
 
Ayt, nechun jimsen? 
 
Mayli, damingni ol... Xobxonaga kir. 
(
O’ljoy Turkon og’o
 
o’rnidan turganida etagidan uzuk yerga tushadi

 
Uzuk? Ko’zlarimga tanish tuyular. 
(
O’ljoy Turkon og’o
 
engashib uzukni olmoqchi bo’ladi, ammo Temur tezlik bilan o’zi 
oladi

 
Ha, Amir Husayn qo’lida bir payt. 
 
Ko’rganday bo’luvdim, sovg’a qildimi? 
(
O’ljoy Turkon og’o
 
boshini qimirlatadi. Temur uzukning qopqog’ini ochadi
). 
 
Nima bu? 
O q  B u g’ a. Buyuring, Amir! 
T e m u r. Amir Husaynni qaytarib keling... 
O q  B u g’ a. Bundan chiqqan zahot Amir Husayn 
 
Otga qamchi urdi, zumda yo’qoldi. 
 
Hozir yigitlarga buyruq beramen, 
 
Topib keltirishar o’lik-tirigin. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Ne bo’lsa ham og’am, uni o’ldirmang. 
T e m u r. Umr bo’yi menga o’lim sog’inar, 
 
Mening sog’inganim bo’ldi yaxshilik. 
 
Josuslik qiladi yonimda yurib 
 
Ilyos-u Jetining yuvindixo’ri, 
 
Qur’on o’pib qasam ichgan qasamxo’r. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Amir shafqat qiling yolg’iz og’amga. 
T e m u r. U shafqat qilmas-ku o’z singlisiga. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Tanti bo’ling, amir, o’tinchimdir shu. 
T e m u r. Muhtoj bo’lganida qo’limni cho’zdim, 
 
Necha bor qutqardim tang qolganida 
 
Endi oyog’imdan chalmoq murodi, 
 
Yaxshilik ilkin yovuz niyat-la 
 
Qayirmoqchi bo’lgan kimsa yo’q bo’lsin. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Amirim, yaxshimi, yomonmi biling, 
 
U mening og’amdur manglayga bitgan. 
 
Singil tanlay olmas odamlar ichra 
 
Eng a’losin og’am deb, qismatim shu. 
K u n c h a  o’ g’ l o n. Ne qilaylik, Amir yigitlarim shay. 
T e m u r. Mayli, uni quvmang, qo’lni bulg’amang, 
 
Uni quvib borar ortdan qasami. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Yaxshilik, yomonlik nechun egizak? 
 
Subutsizlik hokim Kurrai arzda. 
 
Et bilan tirnoqni ajratib bo’lmas, 
 
Er desam, og’amga bo’lgan shafqatim, 
 
Meni mag’lub qilar, og’a desam-chi, 


 
Haqiqatga oyoq qo’ygan bo’lamen. 
(
O’ljoy Turkon og’o holsizlanib, o’tirib qoladi
). 
T e m u r. Ne bo’ldi? Tabibni chorlangiz tezroq. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Amirim, ahvolim og’ir. Oh, sanchar. 
T e m u r. Doyalarni chorlang. 
(
Temur O’ljoy Turkon og’oning qo’llarini silaydi

 
Chida, azizim 
 
Ona bo’lmoq axir eng oliy baxtdir. 
 
Onadan boshlanar qutlug’ bu hayot 
 
Sening oyog’ingga bu boshim tugul, 
 
Olamning-da borki sara gullarin 
 
Keltirib to’shasam kamlik qiladi. 
(
Doyalar O’ljoy Turkon og’oni narigi xosxonaga olib chiqishadi. O’ljoy Turkon og’o 
dodlaydi.  Temur  jim,  sahnaning  u  tomonidan  bu  tomoniga  yuradi.  Chaqaloq  yig’isi 
eshitiladi. Doyalardan biri chopib chiqadi
). 
 
O’g’illik bo’ldingiz... 
T e m u r. O’g’il! Oh! 
D o ya. Ammo... 
T e m u r. Nima ammo? 
D o ya. Bekach bajo qildi bandachilikni. 
T e m u r. Oh, shum taqdir, oh! 
(
Temur chopib xosxonaga kiradi. Xotinlar uvlab yig’ilishadi. Qiy-chuv. O’ljoy Turkon 
og’oning jasadini ko’taradilar. Temur eng oldinda chaqaloqni qo’llariga olib asta boradi
). 
T e m u r. Allohim gunohim ne edi aytgin, 
 
Keng dunyo tor bo’ldi suyukligimga 
 
Alvido kalomi bog’liq tilimga, 
 
Quyosh nechun chiqding yana samoga? 
  Zavjadan ajragan baxti qaroga 
Mehribon nuringni sochmoqchimisan? 
 
Qorong’u ko’nglimni ochmoqchimisan? 
 
Nurlar dil zulmatni yorita olmas, 
 
Bu buyuk motamni arita olmas, 
 
Bir yuzimni silab lutf etgan zahot 
 
Ikkinchi yuzimga urasan nahot?! 
 
Allohim, gunohim ne edi aytgil?!... 
 
«Yoshlik» jurnalining 1995-yil, 
5-sonidan olindi. 



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish