Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

SOHIBQIRON 
 
Birinchi sahnadan
 
 
Samarqand. Temur saroyi... 
 
A m i r  H u s a y n. Omad mendan yuzin o’girdi. 
 
Yo’qsa sening toj-u taxting bo’lardi menga! 
 
Madrasaga bekingandim, ablah Kayxisrav 
 
Tanib qolmish egnimdagi zarbof to’nimdan. 
T e m u r. Kayxisravning otasini sen o’ldirganding, 
 
O’sha xun deb seni tutib keltirmishdir u. 
 
Omadsizlik emasdir bu — qilmish-qidirmish. 
 
Meni esa rasman holda Balx qurultoyi 
 
Mamlakatning amiri deb saylab qo’yibdi. 
 
Endi sening kimligingni aytay, Husayn, 
 
Lashkarini siylamagan sen — xasis amir! 
 
Sirdaryoning bo’ylarida Jetiga qarshi 
 
Ikkalamiz chiqqan edik o’sha mash’um kun. 
 
Osmon go’yo teshildi-yu jami bulutlar 
 
Suvlarini to’kkan edi jang maydoniga. 
 
Ust-boshi ho’l, holdan toygan sening lashkaring 
 
Och-u nahor bo’lgani-chun ortga chekindi. 
 
Loy jangida sen sababli nochor qolganman. 
 
O’ng ming askar nobud bo’ldi, afsus, o’shanda. 
A m i r  H u s a y n. Temur, menga to’nkama u mag’lubiyatni, 
 
Firibingni ko’rsat edi, sarkarda bo’lsang! 
T e m u r. Ko’rmagansan firibimning mingdan birin sen. 
 
Atrofimni zanjir kabi o’rab tursa ham 
 
Jetilarni tumtaraqay quvdim Vatandan. 
 
Bir jang chog’i muhtaram pir Said Baraka 
 
Egildi-yu yerdan siqim tuproqni olib, 
 
«Yog’iy qochdi!» deya nido qilganlaricha 
 
Yov tomonga sochdi uni. 
 
Yov-chi, ha, qochdi. 
 
Bu ham firib, shundoqmasmi? 
M i r  S a i d  B a r a k a. Avval xudodan! 
 
Gar muzaffar qilar bo’lsa, madadin bergay. 


S h a y x u l i s l o m. Qiblagohning unvonlari Sohibqirondir. 
 
Allohimning karami-la sakkiz yuz yilda 
 
Yulduzlarning holatlari ayricha bo’lg’ay. 
 
Jadiy burji ko’ringaydir kiyik shaklida. 
 
O’sha yili tug’ilgaydir bir Sohibqiron. 
 
Eng avvali shoh Iskandar, undan so’ng esa 
 
Tug’ilmishdir Rasul akram — 
 
Payg’ambarimiz. 
 
Uchinchisi hazrat Temur — 
 
Sohibqirondir. 
 
Avliyolar allaqachon bashorat qilib 
 
Aytmishlarkim, Sohibqiron dunyoni olg’ay. 
 
Sakkiz yuz yil saltanati turgay barqaror. 
 
Jahongirga abadiyan xudo yor bo’lg’ay. 
 
Ilohi omin!.. 
T e m u r. Zaharlidir? 
A m i r  H u s a y n. Ha, albatta! Tegsa bilarding. 
T e m u r. Qay bir fozil aytgan ekan: Tuz aynisa gar 
 
Uni nima tuzatar deb. 
 
O’h, ablah, olchoq! 
B a r l o s  B a h o d i r. A’lohazrat, ruxsat bering, bu gazandaning 
 
Paykonini o’z ko’ksiga joylab qo’yaylik. 
 
Orqa eshikdan O’ljoy Turkon yugurib chiqadi. 
 
O’ l j o y  T u r k o n. Olampanoh, 
 
Olampanoh, 
 
Bir zum sabr eting. 
T e m u r. O’ljoy! 
A m i r  H u s a y n. O’ljoy?! 
T e m u r. Sen qayoqdan paydo bo’lding? 
O’ l j o y  T u r k o n. Xosxonada men, 
 
Bosh yuvmoqqa suv tayyorlab odatdagidek, 
 
Sartaroshning ketishini poylab turgandim. 
 
Va daf’atan bu dahshatli suhbat g’ovuri 
 
Qulog’imga chalindi-yu ketolmay qoldim. 
 
Afv etgaysiz cho’ringizni. 
T e m u r. Sen cho’ri emas, 
 
Amir Temur zavjasi sen, malikadursan. 
A m i r  H u s a y n. Sen — Qozog’on nabirasi, 
 
Husaynga singil. 
O’ l j o y  T u r k o n. Men ikki o’t orasida jizg’anak bo’lgan, 
 
Ikkisin ham ayaydurgan O’ljoy Turkonman. 
T e m u r. O’ljoy, mening gaplarimga quloq tut andak, 
 
Seni go’yo g’ubori yo’q sahro guliday 


 
O’z bag’riga bosguvchini tushungil deyman. 
 
Shafqat bilmas hukmdor deb o’ylama meni. 
 
Unutmaki, har qanday kas fe’lidan topgay. 
 
Men akangning qilmishlarin afv eta-eta, 
 
Oqibatda botgandurman gunohga balki. 
 
Afsus, akang shu qadarli ochofat, yuho, 
 
O’ng’ay kelsa, ayamagay hatto seni ham. 
A m i r  H u s a y n. Xudodan qo’rq, 
 
Amir Temur, isbotingni ayt! 
T e m u r. Necha muddat ikkalamiz it-mushuk bo’lib, 
 
Uchrashmayin, 
 
Arazlashib yurgan kezlarda 
 
Makkor mo’g’ul Samarqandni qayta bosgandi. 
 
Podshohi yo’q mamlakatning ahvoli ma’lum: 
 
Shunday paytda bosh ko’tarib chiqdi bir guruh. 
A m i r  H u s a y n. Sarbadorlar! 
T e m u r. Sarbadorlar, ha, sarbadorlar! 
 
Mardonavor qo’riqladi ular shaharni, 
 
Uloqtirib tashladilar mo’g’ul qo’shinin. 
 
Sen bilan men tayyor oshga bakovul bo’lib, 
 
Saltanatni tortib oldik sarbadorlardan. 
 
Sen o’zingni amir deding, meni-chi vazir. 
 
Sarbadorning bitta aybi — uquvsizligi. 
 
Umrida hech toj-u taxtni ko’rmagan kosib, 
 
Uchta-to’rtta mullavachcha ne ish qilardi? 
 
Pala-partish farmonlarni chiqarib ular 
 
Boyonlarni o’zlaridan tezda bezdirdi. 
 
Shul sababli omadimiz chopdi bizlarning, 
 
Biz ularni dorga tortdik — nomiga loyiq. 
A m i r  H u s a y n. Men bilardim, moyil eding sarbadorlarga, 
 
Dordan olib qolgan eding ulardan birin. 
T e m u r. Sen sabab bo’lib, 
 
Samarqandda norozilik boshlanib ketdi. 
 
Bir och bo’ri daf’atanda qo’raga kirib, 
 
Ko’zi to’ymay duch kelganni bo’g’izlagandek 
 
Soliq solding beva demay, bechora demay. 
 
Soliq yig’ish balosini menga topshirding. 
 
Behuda qon to’kkanlaring bir karra bo’lsa, 
 
El-u yurtni talaganing o’n karra bo’ldi. 
 
Men bir necha sarbadorni saqlab qololdim. 
 
Vatan uchun jonin tikkan fidoyilarning 
 
Qismatiga achingandim, taxtiga emas. 
 
Qish faslida ochilgan bir chechakday ular, 
 
O’z-o’zidan halokatga mahkum edilar. 
 
Biroq sening ochiq go’rdek yuho og’zingni 


 
O’sha paytda yopolmasdan armonda qoldim. 
 
Elga solgan solig’ingning katta qismini 
 
O’ljoy bilan ikkalamiz qoplagan edik. 
 
O’z singlingga o’zing hadya qilgan ziraklar 
 
O’z qo’lingga qaytib borsa, olding, noinsof. 
O’ l j o y  T u r k o n. Nahot, aka?! 
A m i r  H u s a y n. Ziragingni tanimaganman. 
 
O’tgan o’tdi. 
 
Temur endi valdirayverar. 
 
Har doimo haq bo’ladi muzaffar odam. 
T e m u r. Temur bilan gaplashganda bu hikmating puch, 
 
Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun. 
 
Ulug’ bir zot yashab o’tgan bizning zaminda. 
 
Turkistonlik avliyo u 
 
Ahmad Assaviy. 
 
Tingla uning bir hikmatin, 
 
G’oyat ibratli. 
 
«Nafsim meni yo’ldan urib xor ayladi, 
 
Termiltirib xaloyiqqa zor ayladi». 
 
Aynan senga mo’ljallangan bir juft o’qdir bu. 
O’ l j o y  T u r k o n. Afsuski, men xabardormen buning baridan, 
 
Necha yillar orangizda qora xusumat. 
 
Aka, Sizning joningizni ulug’ Amirdan 
 
Qancha marta so’rab oldim yig’lab, yolvorib. 
A m i r  H u s a y n. Agar mening singlim bo’lsang, yolborma, O’ljoy. 
 
Axir men ham jangchiman-ku, men ham bahodir. 
Yaxshisi, sen ko’shkingga ket, oromgohingga, 
 
Kechir meni, aziz singlim! 
O’ l j o y  T u r k o n. O, Olampanoh, 
 
Hadya qiling menga o’sha kamon o’qini, 
 
U dahshatli bir tarixdan xotira bo’lg’ay. 
T e m u r. Modomiki, xosxonada bizni tinglabsen, 
 
Xabardorsan bu suhbatning tafsilotidan. 
 
Ma, ola qol, 
 
Yozuvini o’qima faqat. 
O’ l j o y  T u r k o n. (
Kamon o’qini oladi. Chiqayotib o’qiydi
.) 
 
«Bu — Temur uchun». 
 
Yo’q, bu — men uchun. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish