Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 


 
«SOHIBQIRON» 
 
Asar besh sahna (parda)dan iborat. 
1-sahna.  Hokimiyatdan  ajralgan  alamzada  amir  Husayinning  Amir  Temurning 
joniga qasd qilib kelishi, jinoyat ustida qo’lga tushishi, O’ljoy Turkonning o’z akasining 
uchi zaharli paykoni bilan o’zini o’zi nobud qilishi bayon etilgan. 
2-sahna.  Amir  Temur  amirlar,  saroy  mulozimlari  bilan  mashvarat  o’tkazmoqda, 
uning  xayolini  dini  islom  rivoji,  ilm-u  ma’rifat,  yurt  farovonligi  kabi  turli  masalalar 
chulg’ab olgan edi. 
Ta’qiblardan  qochib  sulton  Boyazid  saroyidan  panoh  topgan Sulton  Ahmad,  Qora 
Yusuf  kabi  ashaddiy  dushmanlar  bir  kunmas  bir  kuni  yurtga  ofat  keltirmasmi,  nega 
Boyaziddan bu haqda yozilgan maktubga  hamon javob yo’q? Elchi keltirgan javob  xati 
dahshatli  edi:  urush  ochmasang  xotinlaring,  seni  yengmasam  mening  xotinlarim  uch 
taloq  bo’lsin,  deb  yozgan  edi  Boyazid.  Xotinlarni  o’rtaga  qo’yilishidan  qattiq  ranjigan 
Temur: «Borajakmiz!» deydi amirlarni da’vat etib. 
3-sahna.  Jang  bormoqda,  Temur  shaxmat  o’yini  orqali  himoya  va  hujum 
chiziqlarini  belgilab,  lashkarlarini  boshqarib  bormoqda.  G’alaba  degan  hayqiriqlar 
eshitiladi,  oyoq-qo’llari  zanjirband  Boyazid  keltiriladi;  Kim  yutdi-yu,  kim  yutqizdi? 
Lekin  ikki  turkiy  xalq  emas,  Ovro’po  yutdi,  gijgijlaganlar  g’olib,  deydi  Sohibqiron 
Boyazidning takabburligini yuziga solib. 
Rus, farang, ispan va boshqa xorij elchilari birin-ketin Temurning g’alabasi haqida 
hamd-u  sanolar  aytadilar.  Faqat  chin  (Xitoy)  elchisi  Temur  huzuriga  o’lpon  to’lash 
da’vosi  bilan  chiqadi.  «Surbet  muttaham»  deydi  Temur  Chin  hukmdorlarining 
o’tmishdagi bosqinlarini eslab. 
4-sahna.  Bibixonim  o’zi  boshchiligida  qad  ko’targan  jom’e  masjid  oldida 
Samarqand  ahli  bilan  safardan  qaytgan  Amir  Temurni  kutib  oladi,  nabiralariga 
o’tkazilgan  to’y  munosabati  bilan  elchilar  qabul  qilinadi.  Chin  elchisi  yana  o’lpon 
da’vosi  bilan  chiqadi.  O’lpon  to’lanmasa,  urush  bo’lishi  tabiiy.  Temur  og’ir  iztirob 
ichida  o’yga  toladi.  «Evoh,  meni  avlodlarim  kim  deb  eslashur!»  deydi,  o’ldirmasang, 
o’ldirsalar, adolat desang-u, bu jangu jadalsiz bo’lmasa, o’z haqligingni qanday tasdiq 
etmog’ing mumkin? Temurning Xitoyga qarshi yurishdan o’zga chorasi qolmaydi. 
5-sahna  Turkiston.  Xoja  Ahmad  Yassaviy  maqbarasi.  Bu  paydar-pay  olamni  o’z 
yo’rig’iga burgan temir iroda sohibining so’nggi manzili edi. Sohibqiron xayolan Ahmad 
Yassaviyga duch keladi. Kim edi u darveshmi, Xizr yo Yassaviy, der u isitma aralash: bu 
Temur qalbida jo’sh urgan ham temir iroda, ham insoniy ojizlik xuruji edi. «Yo’q» deydi 
u,  notanish  siymoning  qayt  Chin  yurishidan,  uzlat  lozim  keksalikka,  degan  da’vatiga 
qarshi.  U  taqdir  hurujiga  ruhiy  qudratini  qarshi  qo’yadi,  qursin  o’sha  sovuqqa  dosh 
berolmagan mujmal sarbozlar, deya qor quyuni ostida soch oldiradi. Lekin o’limga davo 
yo’q:  So’nggi  nafasida  u  tug’ilish  bor  joyda,  o’lim  haq  ekanini  tan  oladi,  chodirga 
yo’llanadi, shu lahzada Bibixonim buyuk Sohibqironning jon taslim etganidan dod solib 
ichkaridan chiqadi. 
Amir  Temur  tavalludining  660-yilligi  munosabati  bilan  Toshkentda  o’tkazilgan 
«Navro’z—97»  teatr  festivalida  o’nta  teatrdan  to’rttasi  ko’rikda  A. Oripovning 
«Sohibqiron»  asari  bilan  qatnashdi.  Bular  hozirgi  O’zbekiston  Milliy  akademik  drama 


teatri (rejissor O. Salimov, Amir Temur — T. Mo’minov), Berdax nomidagi Qoraqalpoq 
davlat  teatri  (Temur  —  B. Uzoqberganov),  Mulla  To’ychi  Toshmuhammedov  nomidagi 
Qashqadaryo viloyat teatri (rejissor A. Abdunazarov, Temur — M. To’raqulov) va Bobur 
nomidagi O’sh o’zbek teatri (rejissor Q. Qahramonov, Temur — S. Umarov) edi. 
 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish