Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Karomatni yo’qlab kelayotgan Teshavoy dadasini bu ahvolda ko’rib hayron bo’ladi, 
bir nafas kuzatadi. Toshbolta o’g’lini ko’rib qoladi.  
 
T o s h b o l t a: Iya-ha, mulla Teshavoy... O’zlarimi? 
T e s h a v o y. Ha, o’zim... Bu yerda nima qilib yuribsiz, dada?  
T o s h b o l t a (
o’shqiradi
). Bola degan dadasini surishtirmaydi! Seni qara-yu! 
O’zing nima qilib yuribsan? Bu dargohda?  
T e s h a v o y. Men shundoq aylanib... 
T o s h b o l t a (
yana o’shqiradi
). Qani, jo’na!  
T e s h a v o y (
o’smoqchilab
). Bu uyning ohanrabosi bormi deyman-a, dada? 
T o s h b o l t a. Ha, ohanrabosi bor! Qani tuyog’ingni shaqillatib qol! 
T e s h a v o y. Xo’p-xo’p... Taajjub... (
Ketadi
.) 
T o s h b o l t a.  «Taajjub»  deydi-ya...  Tentak!  (
Eshikka  yaqin  boradi,  chaqiradi.

Muhammadsolih aka, ho, Muhammadsolih aka... 
R i s o l a t (
tovushiga jozibali ohang berib
). Kim ekanlar chaqirayotgan.  
T o s h b o l t a.  Menman...  Ha,  nimaydi?  Obbo,  shoshgandan  otimni  ham  yo’qotib 
qo’ydim... Men haligi Toshboltangiz bo’laman... Taqsirim Muhammadsolih uydamilar?  
R i s o l a t (
eshikni ochib yuboradi, Toshbolta cho’chiydi
). Toshbolta aka?  
T o s h b o l t a  (
tomog’ini  qirib,  yo’talib  kirib  keladi
).  Iya-ha,  Risolat  parimilar? 
Assalomu  alaykum!  Hay-hay,  o’zlari  ekanlar-da,  voy-vo’...  Sihat-salomatliklari?  Mol-
hollari?.. O’zi ham deyman-a... Qalay zerikmay o’tiribdilarmi?.. 
R i s o l a t  (
noz-karashma  bilan,  amirkon  kovushning  uchida  tovus  yurish  qiladi
). 
Zerikkanim bilan nima, siz kelib xabar olarmidingiz? 
T o s h b o l t a. Iya-ha... Gapni tag-zamindan indallo oldingiz-ku! (
Risolatni boshdan-
oyoq ko’zdan kechiradi
). Bu deyman, Risolat pari, eringiz, haligi oti nimaydi?.. 
R i s o l a t. Hayriddin...  
T o s h b o l t a.  Ha...  Hayriddin  suyuq,  sizdek  husnda  yagona,  fahm-farosatda 
oliyjanob xotinni taloq qilgan ekan-da-a?  
R i s o l a t. Ilojim qancha. Toshbolta aka... (
Ko’ziga yosh oladi
) Yigirma yillik umrim 
bekorga o’tdi. Bola ko’rmadik. Ayb Hayriddinda. Ayb erkaklarda bo’ladi. Mana, siz... Siz 
raso yigitsiz!  
T o s h b o l t a. A, labbay?.. (
Kiftini kerib, o’ziga oro beradi
) Bizning palagimiz toza. 
Hayriddinning otasi piyanista bo’lgan, o’zi ham qattiq otsa kerak? 
R i s o l a t. O’lsin, erta-yu kech ichadi. 
T o s h b o l t a.  Ana,  aytmovdimmi!  Mijozi  sovuq.  Aroq  ichaverib  me’dasi  javhar-
limon bo’lib ketgan. 
R i s o l a t  (
haholab  kuladi
).  Voy,  sizni  qarang,  shunaqa  gaplarni  ham  bilar  ekansiz-
da-a... 


T o s h b o l t a.  Devor  bo’lmasa,  ko’chani  ham  ko’raveraman.  Hali  meni  kim  deb 
yuribsiz. Risolat pari?  
R i s o l a t. Voy, o’lmasam, sizga ko’rpacha ham yozmabman.  
T o s h b o l t a. Hojati yo’q, urinmang...  
Risolat yangi ko’rpacha tashlaydi, dasturxon yozadi. Samovardan obdastada issiq suv 
olib, dastsho’y bilan Toshboltaning qo’liga quyadi. 
 
R i s o l a t. Keling, quyvoray.  
T o s h b o l t a (
qo’li kuyadi
). Voy-voy-voy, issiq suv jon kirgizadi-ya! 
R i s o l a t. Nechuk uyingizda issiq suv yo’qmi?  
T o s h b o l t a  (
qo’lini  artib,  ayvonga  chiqadi
).  Issiq  suv  qayoqda!  Xudo  rahmat 
qilgur Qumridan keyingi turmushim: it yotish, mirza turish! (
Ko’ziga yosh oladi
.) 
R i s o l a t. Qo’ying, xafa bo’lmang! (
Choy quyib Toshboltaga uzatadi
.) 
T o s h b o l t a (
choyni xo’plab ichadi
). Biram xushbo’y choy bo’pti-yu, ammo ro’zayi 
ramazonda qandoq bo’larkin-a? (
U yoq-buyoqqa alanglaydi.

R i s o l a t. Domla hali kelmaydilar, ichavering. Aytganday, men sizga elektr plitkada 
andakkina qiyma mastava qaynatib qo’yuvdim.  
T o s h b o l t a. Obbo siz-ey, bekorga urinibsiz-da!... 
 
Risolat uyga kirib ketadi. Toshbolta karavotdan egilib, gul uzib hidlaydi. 
 
Oh... mana bu rohat, mana bu farog’at! Biz ham yuribmiz-da, eshak aravada shara-bara 
yig’ib. Xo’rozqand! Chaynamay shiming! Mana ip! To’nog’ich, igna, surnay! Kep qoling! 
Op qoling!... (
Kuladi.

R i s o l a t  (
chinni  kosada  mastava  keltiradi
).  O’zingizcha  nimalar  deyapsiz, 
Toshbolta aka?  
T o s h b o l t a. Tirikchilik  tashvishlari... Qo’yavering!  (
Mastavadan xo’playdi
.) Xay-
xay-y, bu dunyoning taomi bo’mapti. Ana maza-yu, mana maza! Qo’lingiz dard ko’rmasin-
ey! 
R i s o l a t.  Juda  maqtab  yubordingiz...  Lekin  o’zim  ham  domladan  yashirib  faqat 
sizga pishirganman... 
T o s h b o l t a. A, labbay? (
Taajjublanadi
.) Nega o’zingiz ichmaysiz?  
R i s o l a t. Ishtaham yo’q... Siz ichsangiz — men ichkandek...  
T o s h b o l t a. Voy-bo’, chindanmi?  
R i s o l a t. Shu vaqtgacha sezmadingizmi?  
T o s h b o l t a. A, labbay? Yana bir indallo gapiring!  
R i s o l a t. Boring-e, odamni yerga qaratasiz?..  
T o s h b o l t a.  Voy-bo’,  ana  shunaqa  odoblaringizga  borman-da!  Xuddi 
Qumrinisamning  o’zginasisiz-a!  Rahmatlik  ham  mening  boshimda  parvona  edi...  Ishdan 
tolib  qaytsam,  o’tqazgani  joy  topolmasdi!..  Teshavoyni  tug’ishda  qiynalib  o’ldi  sho’rlik... 
Mana,  yigirma  ikki  yil  bo’ldi,  bevaman.  (
Ko’ziga  yosh  oladi,  artmoqchi  bo’lib, 
cho’ntagidan ro’molcha oladi
). 
R i s o l a t (
achinib
). Namuncha isqirt ro’molchangiz?... 
T o s h b o l t a. Yolg’izlik qursin!...  
R i s o l a t. Bu yoqqa bering!  


T o s h b o l t a  (yashiradi).  Meni  uyaltirmang,  pari,  ko’chada  keta  turib  ariq-pariqda 
chayib olardim-da!...  

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish