Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


QUYIDA “RUSTAM” ASARIDAN RUSTAMNING QIMMAT BILAN UCHRASHUVI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

QUYIDA “RUSTAM” ASARIDAN RUSTAMNING QIMMAT BILAN UCHRASHUVI 
LAVHASI VA PUL MONOLOGI BERILDI 
 
  RUSTAM: Siz bu yerga qanday kelib qolgansiz? 
  Men  o’zim  kelganim  yo’q,  nahotki  men  o’zim  kelsam?  Meni  sotib  olib  kelishdi, 
buvimga elakdan ko’ylak, lozimlik, ikki pud un olib berib kelishdi, eshitmaganmisiz? 
 
Shaftoli shoxi larzon, omon yor, 
Farg’onada qiz arzon, omon yor,  
Bahosini so’rasang, omon yor, 
Qalami ko’ylak, bo’z ishton, omon yor. 
Kelganimdan beri, yashshamagur kal xo’rozning qo’lida tepki yeb umrim o’tib ketutti, 
akam bo’lsa mundog’ holga solib qo’yarmidi? 
  RUSTAM: Akangiz qayda? 
  QIMMAT:  Akam  vayanida  o’lib  ketti,  bittasi  o’q  tegib  o’lgan  deydi,  bittasi 
qashqirlar yeb ketgan deydi, bittasi o’zi o’zini o’ldirgan deydi. Yana bittasi nima balo, nima 
balo, hech anig’ini bilib bo’lmaydi. 
  RUSTAM: Bilib bo’lmaydi?.. 
(tikilib qoladi). 
  QIMMAT:  Akam  yoshligida,  men  juda  kichkinaligimda,  mana  shunchaligimda, 
turmushimiz  og’ir  bo’lganligi  uchun  bizni  tashlab  ketib  qolgan  ekan,  dadam,  oh  o’g’lim, 
deb o’lib ketdi. 
  RUSTAM: Dadangizni otlari nima edi? 
  QIMMAT: Oti, … Qurbonboy edi. 
 
Yigit cho’chib tushadi. 
 
  RUSTAM: Qurbonboy? O’g’li nima ish qilar edi? 
  QIMMAT: O’g’limi? 


  RUSTAM: Ha, o’g’li! 
  QIMMAT:O’gli  ham  mana  shu  shohilarni  g’alati  qilib  to’qir  ekan,  o’zi  ham  xuddi 
sizga o’xshagan chiroyli paxlavon yigit ekan. 
  RUSTAM: O’shal paxlavon yigitning oti nima ekan? 
  QIMMAT:  O’shal  paxlavon  yigitning  oti,  ot,  ot,  xo’kiz,  cho’chqa,  nima  muncha 
so’rayverdingiz? 
  RUSTAM: Ayting, kim?! 
  QIMMAT:, Rustamjon! 
 
Rustam boshini ushlab, o’tirib qoldi. 
 
  Ha,  nima  bo’ldi?  Marg’ilondagi  akamni  bilasizmi?  Bilsangiz  ham  –  endi  men 
yo’qlikka otilgan qizman, bir umr gunohga bosilgan izman. 
 
(Qiz Rustamga zehn soladi.) 
RUSTAM 
Eh… 
Men oy nurini o’girlasam, 
Oy kun nurini o’g’ilagan ekan, 
Dunyodagi bor ishning butun hammasi, 
Bir-biriga bog’langan bir urug’ ekan. 
Bu o’yinlar, kulgilar zardoblar bilan 
Sharoblarga qo’shilib suzilar ekan. 
Gunohlarni to’ldirib kosalar bilan 
Kayfi safo yo’lida ichilar ekan. 
Garchi o’g’ri bo’lsa ham mana shu odam, 
Bir otaning ko’zini oq-qorasidir, 
Garchi shu qiz foxisha bo’lsa, albatta – 
Bir odamning singlisi yoki qizidir. 
To’g’ri-to’g’ri bu yer ham, u yer ham, qo’zim, 
Hammasi ham bir qafas, bir go’r, bir zindon, 
Shu qafasning ichida yo o’lish kerak, 
Yo sindirib qafasni saqlash kerak jon! 
 
(O’ylab) 
Sening qora amirkon shahlo ko’zlaring, 
Oq shohidek kelishgan nafis yuzlaring, 
Anor donalaridek shirin so’zlaring 
Yuragimning tagiga zahar soldilar, 
Yuragimda cho’g’ bo’lib yotgan olovni, 
Yolqinlatib, qulf urib, ko’kka ko’tarib, 
Lavasini jahonga sochib soldilar. 
Mening ko’nglim muhabbat uchun yaralmay, 
Qayg’u hasratlar uchun yaralgan ekan, 
Avlodimning ichida qaysi bittasi, 


Qayg’u degan nasldan taralgan ekan?! 
Menga endi bitta do’st topib berdilar, 
Faqatgina do’st emas, xotinim bo’ldi, 
Bir ko’krakdan sut emgan qon-qarindoshim, 
Quchog’imda ko’z suzib buraldi, kuldi. 
Men singlimni bag’rimga bosib quchoqlab, 
Mastlik ila ko’ksimda og’ushlar qildim, 
Ko’kragini mijig’lab, labini tishlab, 
Ayshi ishrat otiga suvora qildim! 
 
QIMMAT 
Ayting, yigit, sizning ham g’amingiz bormi? 
Shunday kuchli, chiroyli, pahlavon yigit 
G’am qilsangiz, endi biz o’lib qo’ya qolaylik? 
Yoki, yoki men sizga yoqmay qoldimmi? 
Men sizni yaxshi ko’raman, jonim, jonginam! 
 
(Suyaladi) 
 
RUSTAM 
Xudo sizni shu qadar go’zal qilsayu, 
Yana uni sevmasdan, ayting, bo’ladimi? 
Hali g’uncha ochilib yetmagan bir gul, 
Dunyo ko’rmay bemahal, ayting, so’ladimi? 
 
Qimmat tikilib qoladi. 
Xudo o’zi siz uchun xusn berganda, 
Shu xusnning pul bo’lishini u ham bilgandir? 
Balki xudoning o’zi shu umid bilan 
Sizni chiroylilar chiroyligi qilgandir? 
O’zingizni o’zingiz bilmasangiz siz, 
Boshqalarni, albatta, bila olmaysiz, 
Hamma sizni sevadi, ammo o’zini 
Sizdan ko’ra yaxshiroq ko’radi, singlim! 
 
Qimmat yig’laydi. 
RUSTAM 
Qichqirmang, bo’ldi? 
Men sizni ajratib olib ketaymi? 
 
QIMMAT 
Sizmi? O’smoqchilamang?! 
Meni boshingizga urasizmi? 
Men endi gunohkor bo’lib ketganman, 
Dunyodan o’lmayin tirik o’tganman. 


 
(Yig’lab) 
Otim o’chsin, dunyoda benomu nishon, 
O’lib ketay sharmanda-sharmisor bo’lmay, 
To’ng’iz tekkan idishday harom-harish 
Bo’ldim endi men xazon, kuz hali kelmay? 
 
RUSTAM 
Bu yurgan odamlarning gunohi 
Sening gunohingdan kam emas, Qimmatxon  
   
 
 
 
 
singlim!!! 
QIMMAT 
(Ko’zlari olayib) 
Qimmatxon   singlim? Yo’q, yo’q! men sizga singil bo’lolmayman, qani guvoh?! 
  RUSTAM: Qurbonboy! 
  QIMMAT: Qurbonboy, Qurbonboy! Voy sho’rim, siz, siz ham Qurbonboy o’g’limi? 
(Yerga tikiladi) 
  RUSTAM: Shunday, Qurbonboy o’g’li. 
(Boshini ushlaydi) 
  QIMMAT: 
(Telbalanib) 
Aka? Yo’q,  yo’q! Siz, siz o’sha! O’sha! 
(Qattiq kulib)
  Ha! 
Ha! Ha! Ha! 
RUSTAM 
Kosani to’ldiring, ayting alyorni, 
Shu pulning, shu qulning sog’ligi uchun, 
Aysh qilib o’ltirgan yigitlar bilan, 
Maylisga qizlarning borligi uchun. 
Ichaylik shu pulning salobatiga, 
Pul ko’p zo’r, azamat, paxlavon bir kuch, 
Agar pul bo’lmasa butun dunyoda 
Odam yo’q, turmush yo’q, xatto yashash puch. 
Pul bo’lsa, pul berib bazm olasan, 
Pul bo’lsa, pul berib imon olasan, 
Pul bo’lsa, pul berib vijdon olasan, 
Pul bo’lsa, pul berib qur`on olasan! 
Bazm pul, vijdon pul, xotinlar ham pul,  
Shariat, qoshi ko’z, shirin so’z ham pul, 
Jonlar pul, tanlar pul, ko’kraklar ham pul 
Xattoki muhabbat, yuraklar ham pul. 
Bilmadim, xudoning o’zi dunyoni 
Yaratsa, pulni ham o’ylaganmidi? 
Shu pulning o’zidan kuchli ekanin, 
Xudoning o’zi ham bilganmi edi? 
Pul bo’lsa, pul uchun tizni cho’ksalar,  
Pul bo’lsa, pul uchun yerni o’psalar,  
Pul bo’lsa, pul uchun odamni so’yib, 
Qonidan ko’chaga suvlar sepsalar. 


Ayting-chi, kim kuchli –  
   
 
xudomi yo pul?!! 
Minglarni darbadar, sargardon qilgan, 
Ayting-chi, bu jonlar, qizlarmi yo tul? 
Bir marta ochilmay gul kabi so’lgan,  
Ichaylik qo’zini qo’ydan ajratib, 
Bolani otadan ajratgan uchun, 
Ichaylik singilni ona qo’ynidan, 
Ajratib fahshlarga irg’itgan uchun, 
Ichaylik og’aga singilni qo’shib, 
Singilni sharmanda qilgani uchun, 
Begunoh beaql, ma`sumjonlarning 
Qo’lma-qo’l gul kabi yurgani uchun. 
Ichaylik, ichaylik, bu aroqlarni, 
Kosani to’ldirib suzing, poshshaxon, 
Qattiqroq qichqiring, alyor bo’lsin deb, 
Ichamiz kosada, mayli, bo’lsin qon!! 
(Qo’lidagi pilni sochadi). 
 
Manbalar 1. Umarjon Ismoilov Tanlangan asarlar. G. G’ulom 
nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti. T-1975 y. 2. M. Rahmonov Hamza 
nomidagi O’zbek davlat akademik drama teatri.  



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish