Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
AMIR TEMUR 
 
Birinchi pardadan parcha
 
 
A m i r  H u s a y n. Singlim, dunyoda o’z tug’ishganingdan 
 
Boshqa hamma yotdur, kuyov ham yovdur. 
 
Eng qora kunlarda ko’nglim o’yini 
 
Sen haqdagi iliq o’ylar yoritar. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Og’a, men ham Sizni suyamen jondan. 
A m i r  H u s a y n. Ona o’lsa, singil onadir derlar, 
 
Onamday suyamen, suyanchig’im sen. 
 
Ammo ering Temur ortiq qo’rs chiqdi, 
 
Ilyosxo’ja bilan kelishmas emish. 
Burni ko’tarilgan bir mahmadona 
 
Saltanati Oliy amaldorlarin 
 
Izza qilar emish omi oldida. 
 
Axir Alloh bizga inoyat etib, 
 
Mansab bergan, Alloh nazari tushgan 
 
Hokimlarga qarshi bormoq Allohga 
 
Ko’p qutirmoqdur. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Erim tildan qo’ymas 
 
Alloh nomin hech 
A m i r  H u s a y n. Ey tilda aytgan-la muslim bo’lmas, 
 
Alloh suygan kimsalar el boshida, suymoq kerak alarni 


O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Mansabdorlar dumi nechun mo’l, og’a? 
 
Yo Alloh bandasi tugul fuqaro? 
A m i r  H u s a y n. Singlim, ering nuqsi uribdi senga, 
 
Alloh yaratgan-ku shoh-u gadoni 
 
Shoh shohlik qilsinmu? Yoxud xalq bilan 
 
Qo’sh haydasinmu u? Har ish Allohdan 
 
Singlim, ering axir xudodan qaytgan, 
 
Jazo bermoq zarur bunday dinsizga. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Og’a, men, erimning ixtiyoridan 
 
Chiqsam savh bo’lg’aydir Alloh oldida, 
 
Singlingizman, lekin erning xasmimen. 
 
Er qo’lida erki har muslimaning 
A m i r  H u s a y n (
do’q urib
). 
 
Singlim, sinib qoldim ering tufayli, 
 
Garchand tilimiz turk, millatimiz turk, 
 
Sen-u menda oliy mo’g’ul qoni bor. 
 
Temurning zoti past, turklar qavmidan, 
 
Mo’g’ullar qo’lida yurtning tizgini, 
 
Jahannamga bizni boshlaydi Temur, 
 
Agar singlim bo’lsang, og’alik haqqi 
 
Mening o’tinchimni bajarmog’ing shart. 
 
Ota o’tgach, og’a ota bo’ladi... 
 
Ham otang, ham og’ang o’rnida o’zim 
 
(
Qo’lidan uzuk chiqaradi
)... 
 
Temur taomiga zahar solasen, 
 
Vassalom. 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Yo’q, og’a o’sha zaharni 
 
O’zim ichgum, ammo erga tik bormoq, 
 
Joniga qasd qilmoq uchun yo’l yo’qdur. 
 
Nega erkak bo’lib tug’ilmaganmen, 
 
O’zim chiqar edim jonni ayamay 
 
Kelgindiga qarshi qilich ko’tarib. 
A m i r  H u s a y n. Yulinar mo’g’ulga ko’tarilgan qo’l, 
 
Ojizasen, xomsen, ayolsen, singlim, 
 
Siyosat degani bir chuqur jardir, 
 
Birni emas, yutar mingni qa’riga 
 
(
Uzukni majburan singlisining qo’liga tutadi
). 
O’ l j o y  T u r k o n  O g’ o. Rahmat, og’a, dunyo savdolaridan 
 
Qutulmoq davosin berdingiz menga. 
 
Qolgan umrimni ham erimga bersin, 
 
Erkka zor bo’lganim haqqi erimning 
 
Iqboli yorishsin, Alloh qo’llasin 
 
Men o’zim ichamen najot dorisin. 
A m i r  X u s a y n. Uzukni qaytib ber, xotinlar bilan 
 
Ojizlar sulh tuzar, qaytar uzukni. 


 
O’ljoy Turkon og’o uzukni bermaydi. Amir Husayn singlisini bo’g’adi. Shu payt 
Temur kirib qoladi. 
 
T e m u r. Nomahram bo’lmasmu nikohsiz erkak? 
 
Gar o’z og’asi, boz hokim ersa-da? 
 
A m i r  X u s a y n (

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish