Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Eshik taqillaydi.  S a t t o r. Bo’ldi! Keyin gaplashamiz. Marhamat!



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Eshik taqillaydi. 
S a t t o r. Bo’ldi! Keyin gaplashamiz. Marhamat!  
 
Sanobar ichkariga kirib ketadi, qo’lida portfel, Hassa bilan Ilhom kiradi. 
 
I l h o m. Salom, Sattor. 
S a t t o r (
sovuq
). Salom, hizrni yo’qlasam ham bo’lur ekan. 
I l h o m. Kechirasan. Surmaxon yoki oyim shu yerda emasmi? 
S a t t o r. Kelib-ketishdi. 
I l h o m. Uyda hech kim yo’q. Eshik qulf. Kalitni ham tashlab ketishmadimi?  
S a t t o r. Yo’q. 
I l h o m. Telefoningizda bir gaplashib olay, maylimi?  
S a t t o r. Marhamat! 
I  l  h  o  m  (
stol  oldiga  borib,  telefonda  nomer  tera  boshlaydi.  Gudokni  kutar  ekan, 
stolda turgan suratni beixtiyor olib tomosha qila boshlaydi
). Sharifaxon? Salom! Ha, men 
Ilhom  akangizman.  Kechirasiz,  Surmaxon  sizlarnikida  emasmi?  (
Trubkani  qo’yadi. 
Parishon
).  Jonga  tegdi  bunday  turmush!  (
Kresloga  o’tiradi
.)  Ishdan  charchab  kelsang-u, 
uyingga  kirolmasang,  bu  nima  degan  gap?  Onasi  is  chiqqan  joydan  qolmasa,  bolasi 
sartarosh-u  moshinachinikidan  beri  kelmasa,  mening  boshim  g’alvadan  chiqmasa,  bunaqa 
xotinning  boridan-yo’g’i  yaxshi!  (
Qo’lidagi  suratni  ko’zdan  kechirayotib
).  Barvaqtroq 
uylanib qo’ygan ekanmiz, oshna. 
S a t t o r  (
chetga
).  Ana  sir  ochildi.  O’z-og’zidan  ilindi.  (
Ilhomga
.)  Ilhomjon,  agar 
yanglishmasam, Surmaxonni yaxshi ko’rib, oshiqi beqaror bo’lib olgan eding, shekilli? 
I  l  h  o  m.  To’g’ri  aytasan,  ayb  o’zimda,  meditsina  fanlari  kandidati  unvonini  olish 
uchun  Leningradda  dissertatsiya  yoqlab  qaytganimdan  keyin,  Surmaxonni  ko’rib  mahliyo 
bo’lib  qolgan  edim.  Sinashta  bo’lmay  uylanib  qo’yib,  endi  dardimga  davo  topolmay 
sarsonman. Husn bir dunyo-yu, xulqi atvori boshqa bir dunyo ekan. O’zim er emas, pulim 
er. Ma’lumoti ham oltinchi sinf hajmida. O’qi desa, ko’nmaydi. Ishga kir desam, unamaydi, 
janjal bo’lsa, oltmish arava, boshimda tegirmon toshi aylanmagan kunni ko’rishga zorman. 
(
Chiqib ketmoqchi bo’ladi
). Endi komendantni topib, eshikni buzdirib, ochdirar ekanman.  
S a t t o r. Ilhomjon, agar surat kerak bo’lsa, Sanobarga aytay, orqasiga yozib bersin. 
I l h o m. E, kechir og’ayni (
Suratni beradi
.) Parishonlik qursin. (
Ketadi
.) 
S a t t o r.  Masala  ravshan.  Xotin  me’dasiga  tegibdi.  Sanobarga  osilib  yurganining 
sababi ham shu. Bu sochi uzun, aqli qisqa ham meni... (
Sanobar ichkari xonadan chiqadi
.) 
S a n o b a r.  Sochi  uchun  qiz  aqli  uzun  yigit  bilan  o’z  taqdirini  bog’lab,  bir  yostiqqa 
bosh qo’ygan ekan, u faqat vafo to’g’risida o’ylaydi.  
S a t t o r. Sizga o’xshab-a?  
S a n o b a r. Ha, menga o’xshab.  
S a t t o r. So’nggi vaqtlarda tilni juda uzun qo’yadigan bo’lib qoldingiz-a? 
S a n o b a r. 
Siz 
mening 
izzat-nafsimga 
tegib, 
muhabbatimni 
hadeb 
tahqirlayversangiz, indamaymi, gapirmaymi?! Nohaq gaplaringizga gap qaytarmaymi?  
S a t t o r. Albatta, yurishni eplagan odam, gapni ham eplaydi-da.  
S a n o b a r. Axir gunohim nima?  
S a t t o r. Hali bilib turib, bilmaslikka ham oladigan bo’ldingizmi?  


S a n o b a r. Dissertatsiya ustida ishlayotganimni yaxshi bilasiz. Axir, nazariy bilimni 
tajribadan ajratib bilmaydi-ku! Ishimning muvaffaqiyatli chiqishi uchun kutubxona, klinika, 
laboratoriyalarda  tez-tez  bo’lib  turishim  kerak.  Agar  men  sizning  o’jarligingiz  yoki 
rashkingiz to’g’risida dissertatsiya yozganimda, tun-u kun uyda o’tirgan bo’lardim.  
S a t t o r. Endi bunaqa bahona topildimi? 
S a n o b a r.  Menga  ishonchingiz  shu  darajaga  borib  yetgan  bo’lsa,  surishtiring, 
aniqlang, kimlar bilan qayerda bo’lganimni aytib beray, yuzlashtiring. 
S a t t o r.  Endi  bir  kamim  ko’chama-ko’cha  yurib,  xotinimni  ko’rdingmi,  kim  bilan 
bo’ldi, nima qildi, deb surishtirib yurish qoldimi?!  
S a n o b a r.  Bo’lar-bo’lmas  mish-mishlarga  ishonib,  xo’rlayverasizmi?  Bekordan-
bekorga tuhmat qilishga uyalmaysizmi?  
S a t t o r.  Attang,  attang!  Afsuski,  sizga  o’xshagan  olimlar,  kishilarning  yuragini 
oynaday  ko’rsatadigan  apparat  ishlab  chiqarganda,  shu  apparatning  oldiga  o’tkazib, 
yuragingizni ko’rsatib, o’sha zang bosgan qismini shartta uzib oldingizga qo’yib qo’yardim. 
Undan keyin tushingizni suvga aytardingiz!... 
S a n o b a r.  Men  ham  o’shanday  apparat  yo’qligiga  afsuslanaman,  chunki,  siz 
tuhmatchi ekanligingizni ochiq-oydin ko’rib olardingiz. 
S a t t o r.  Endi  ish  tilyog’lamalikka  o’tdimi?  Shuncha  yillik  muhabbat  ustiga  tuproq 
tashlab ko’mib yubordingiz!  
S a n o b a r. Yo’q, ko’mib yuborayotgan men emas, siz!  
S a t t o r. Qachongacha hunar ko’rsatasiz?  
S a n o b a r. Sattor aka, haqorat qilmang! Bu tuhmat!  
S a t t o r.  Tuhmat!  Ilhom  akangiz  qo’ng’iroq  berganlaridan  keyin  kasalxonaga  borib, 
na sizni, na Ilhom akangizni topolmay kelganlar, o’lgani yo’q-ku!  
S a n o b a r. Surmaxonni g’iybatdan boshqa g’ami bormi?  
S a t t o r. Nima, haqiqatni gapirsa, g’iybat bo’larkanmi?  
S a n o b a r.  Ko’zingizni  xira  bosibdi.  Oq  bilan  qorani  taniyolmay  qolibsiz.  Meni 
haqorat qilyapsiz, bu adolatdan emas.  
S a t t o r.  Bizning  gapimiz  adolatsiz-u,  qo’ng’iroq  oyimlarning  qilmishlari  adolatli 
ekan-da?! 
S a n o b a r. Sattor aka, siz o’rinsiz  rashk  qilasiz,  gap  faqat rashkdagina emas. Yo’q, 
hamma  balo  sizning  xotin-qizlarga  ishonmasligingizda,  bizlarga  nisbatan  eskicha 
qarashingizda!  
S a t t o r. Hali, meni fikri buzuq ham dersiz!  
S a n o b a r.  Sizning  ra’yingizga  qarasam,  qosh-qovog’ingizga  termilib  uyda 
o’tirishim, ostona xatlab ko’chaga chiqmasligim, qisqasi, jamiyatdan chetda qolishim kerak. 
Yo’q,  Sattor  aka,  butunlay  yanglishasiz.  Axir  bu,  xotin-qizlarga  boy-feodallarcha 
munosabatda bo’lishning o’zi-ku? 
S a t t o r. Hali boy, feodal nomini ham orttirdikmi?! Bo’ldi. Bu uyda yo feodal tursin, 
yo siz turing!.. 
S a n o b a r. Hali shundaymi?  
S a t t o r. Ha, shunday!  
S a n o b a r.  Kunda  bo’ladigan  haqoratga  toqat  qolmadi.  Jonim  halqumimga  keldi. 
Ketaman. Ketishga majburman.  
S a t t o r. Aybingizni bo’yningizga olganingiz uchun rahmat!  


S a n o b a r.  Aybim  yo’q.  Tuhmatdan  voz  kecharsiz,  xato  yo’ldan  qaytarsiz  hali, 
bolani yetim qilmassiz, deb o’ylagan edim.  
S a t t o r. Yo’q, qaror qat’iy! Ikkalovi ikki xonaga kirib ketadi. Xosiyat chiqadi.  
X o s i y a t. Qizim, Sattor, kelinglar, ovqat tayyor. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish