Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet444/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

Kirish (harajatlar) 

Maydonlar/stendlar ijarasi 

Stend komandasiga to‘lovlar 

Ko‘rgazma namunalari 

Transportirovka 


581

Chiptalar 

Xizmat safari harajatlari 

Mehmonxona 

Joylashtirish 

Vaqt sarfi 

Ofisda bo‘lmaslik 

Baholash uchun kuch va imkoniyatlar sarfi 

Ko‘rgazma sotuvi uchun maxsus narxlar 

Tayyorlov ishlari 

Mijozlarga, agentlarga ma’lumotlar 

Tashrif buyuruvchilarni tahlil qilish 

Matbuot ma’lumoti 
Chiqish (foyda) 

Haridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa

Bozorda yo‘naltirilganlik 

Katta e’tiborni jalb qilish 

Mahsulotni namoyish qilish 

Yangi hamkorlar/ aloqalar 

Yangi agentlar/distribyutorlar 

Mavjud aloqalarni qo‘llab-quvatlash 

Bir joy va bir vaqtning o‘zida ko‘p imkoniyatlar

Raqobatchilarni kuzatish 

Jamoat munosabatlarining ajoyib salohiyati 

Marketing ma’lumotlari mavjudligi 

Yangi mahsulotlar 

Mavjud mahsulotlar modifikatsiyasi 

Bozor segmentini tahlil qilish 

Matbuot bilan aloqalar 

Strategik o‘zgarish (egilish)larni tushunib yetish 
Matritsadan ko‘rgazmalarning nima uchun o‘tkazilishi va foydali chiqish 
ko‘rinib turibdi. Ko‘rgazma faoliyati uch bosqichli ishdan tashkil topadi: 
A) oldindan tayyorgarlik; 
B) ko‘rgazma stendida ishlash;
V) ko‘rgazmadan keyingi ishlar. 
Har bir bosqich o‘ziga xos jihatlarni harakterlaydi. 
1.Oldindan tayyorgarlik - ko‘rgazmani tanlash va unda qatnashish bilan 
bog‘liq tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Yarmarkani tanlash
. Ko‘pgina kompaniyalar rahbarlari e’tiborlarini eng 
yirik birjalarga (FITUR kabi) qaratadilar. Agar firma barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 
hamkorlarga ega bo‘lsa va ular bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan bo‘lsa, 
bu o‘zini oqlaydi, albatta. Bu holda Berlin, London yoki Madriddagi dunyo 
forumlari ular bilan aloqa qilishning eng yaxshi joyi hisoblanadi. 
Ammo firma o‘z kontragentlari doirasini kengaytirishga yoki o‘zi uchun 
yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirishga harakat qilsa, u uchun hududiy ko‘rgazmalar va 
professional tursalonlarda ishlash maqsadga muvofiqdir. 
Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish.
Ko‘rgazmada qatnashish qarorini bir yil 


582
avvaldan aniqlab olish lozim bo‘ladi, yarim yil oldin esa stend va uskuna (jihoz)lar 
uchun haq to‘lanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ko‘pchilik yirik ko‘rgazmalarda 
qatnashish talabnomalarini qabul qilish, ular boshlanishidan 3-4 oy avval, ITB kabi 
juda ahamiyatlilarida esa 6 oy oldin tugab bo‘ladi. 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, potensial hamkorlar va mijozlarni maksimal jalb 
qiladigan milliy kollektiv stendlarda ishlar samaraliroqdir. Turfirma alohida 
qatnashishi bilan muzokaralarga va tayyorlanish ishlariga, stend ko‘rilishiga, 
ayniqsa, individual dizaynga o‘zini oqlamaydigan harajatlar qiladi. Shuning uchun 
tashkilotchilar bilan muzokaralarni va ma’lumot materiallari, kataloglarini olishni, 
stendlar bezashni, ma’lumotlarni katalog va marketing dasturiga qo‘shishni o‘z 
zimmasiga oladigan yagona ekspozitsiyalar tashkil qiluvchilar bilan ishlash 
foydaliroqdir. Hozirda birlashgan o‘zbek stendlari ba’zi xalqaro ko‘rgazmalarda 
qatnashmoqdalar. 
Shuni nazarda tutish lozimki, ko‘pgina ko‘rgazmalarda stendlarning minimal 
maydoni 9-12 m
2
ni tashkil qiladi (Milandagi BITda - 20 m
2
). To‘laqonli ishlash 
uchun esa faqat kollektiv stendlarda buyurtma berish mumkin bo‘lgan 4-6 m
2
yetarlidir. Bunda firma - konsolidator xavf va ko‘rgazma maydoni uchun oldindan 
to‘lovlarni tashkil qilish harajatlarni o‘ziga oladi va firma - eksponentlarni bu 
tashvishdan ozod qiladi. 
Ko‘rgazma firmasi ko‘rgazma ochilishidan oldin o‘z eksponentlarining 
tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi (ko‘rgazmaga 
eksponentlarning material va uskunalarini olib kelib beradi, stendlarni tayyorlash 
ishlarini oxirigacha olib boradi, kataloglarni oladi). Shuning uchun kollektiv stend 
qatnashchilari kelishlari bilan ishga tushib ketadilar, tayyorlanish ishlariga kuch va 
vaqt sarflamaydilar. 
Oldindan katalog yoki stend qatnashchilar ro‘yxatini olish bilanoq hamkorlar 
va mijozlarni jalb qilishga kirishish lozim. Firma aloqani o‘rnatishdan manfaatdor 
kompaniyalarga stendga tashrif buyurish taklifiiomalari bilan faks va xatlar 
jo‘natadi. 
Stendlarga tashrif buyuruvchilar va potensial hamkorlarni jalb qilishning 
boshqa usullari ham bor. Masalan, xatlar, konvertlardagi shtamp va nakleykalar. 
Ko‘rgazma boshlanishidan ancha oldin stendlarga tashrif buyurishni taklif 
qiladigan, adresatlarga mo‘ljallangan har bir pochta jo‘natmasi nakleyka bilan 
belgilanadi. Ayniqsa, hamkorlar va manfaatdor haridorlarga individual 
taklifnomalar va nomi ko‘rsatilgan taklifnomalar tarqatish yaxshi natijalar beradi. 
Taklif qilish uchun boshqa qiziqtirish usullarini ham topsa bo‘ladi, masalan, 
stendda tushirilgan suratlarni yuborish, doimiy hamkorlarga esa avvalgi 
ko‘rgazmaga kelganida tushirilgan suratni yuborish mumkin. Taklifnomalar 
ko‘rgazma ochilishidan taxminan uch hafta oldin olingan bo‘lishi lozim. Tashrif 
buyuruvchilarni jalb qilishning an’anaviy usullaridan ham foydalaniladi, ya’ni, 
maxsuslashtirilgan matbuot, kataloglar orqali reklama qilish. 
Shuningdek, ko‘rgazmaga tayyorlanishda quyidagilar talab qilinadi:

avvalgi bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma kataloglarini diqqat bilan o‘rganish;

ko‘rgazma tashkilotchisidan qatnashuvchilarning dastlabki ro‘yxatini olish 
va oldingi ko‘rgazmalar ma’lumotlari bilan solishtirish; 

har bir mahsulot kategoriyasi bo‘yicha nazorat ro‘yxatini tayyorlash, 
katalogdagi har bir qatnashchi bilan tanishib chiqish, raqobatchilarning 
mahsulotlari bilan tanishib chiqish va ularni ma’lumotlaridan foydalanish; 


583

tashkilotchilargaf irmangizning to‘liq nomini va boshqa ma’lumotlarini 
bildirish kerak; 

ko‘rgazmada taklif qilish uchun kompleks turpaketlar va alohida 
xizmatlarning qat’iy narxlarni belgilash; 

o‘z mahsulotlaringiz, stend loyihalari bo‘yicha texnik varaqalar, prays-
listlar tayyorlash; 

avvaldan mahsulotlarni stendda qanday joylashtirishni aniqlab olish;

stend xodimlari uchun yozma ma’lumotlar, yordamchi illustratsiyalar 
tayyorlash; 

tarqatish uchun ikki turda reklama bukletlarini tayyorlash: 

bittasi - umumiy (imkoniyatlaringiz haqida), boshqasi - nisbatan 
batafsilroq (takliflaringiz bilan qiziqadigan mijozlar uchun); 

hammasi yoki kamida ikkitasi xorijiy tillarni biladigan malakali stend 
komandasini tuzish; 

etarli miqdorda firma tashrifnomalarini tayyorlab qo‘yish; 
Stendga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun qog‘oz 
va maxsus blanklarni tayyorlash. Bunday blanklarni «Muzokaralar varag‘i», 
«Tashrifbuyuruvchi varag‘i», «Kontaktlar jurnali» deb atash mumkin. Ular 
quyidagilarni ko‘rsatishi lozim: 
a) tashrif buyuruvchi nomi va lavozimi, firma haqida ma’lumot, firma 
qiziqishlari sohasi, mavjud munosabatlari va imkoniyatlari; 
b) manzil, kattaligi, egasi, oboroti, maxsus faoliyat sohalari kabi firma 
ma’lumotlari; 
v) o‘zaro manfaatli sohalar; 
e) tashrif buyuruvchi bilan muzokaralar natijasi (hamkorlik imkoniyatlari, 
Imkoni bo‘lsa, yuqorida tayyorlangan ma’lumotlarning hammasini 
kompyuter bazasiga kiritish kerak. Shuningdek, press-reliz, ma’lumotlar, fayllar 
yoki stendda qo‘yish uchun videoroliklar tayyorlab qo‘yish lozim. Avvaldan 
matbuot bilan munosabatlarni, o‘z taqdimotlarini, press-konferensiyalarni, "aylana 
stol" larni o‘tkazishni ham rejalashtirish zarur. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish