Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet445/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

Stendda ishlash
stendning o‘zini bezashdan boshlanadi. Dastlab 
ko‘rgazmadagi stend joyi aniqlanadi. Joyni aniqlashda asosiy omil maqsadlar va 
firmaning budjet imkoniyatlari hisoblanadi. Ko‘rgazma maydoni markazi, 
burilishlar va ko‘rgazmaga kirish joylariga yaxshi e’tibor berish zarur. Biroq bu 
joylar qimmat bo‘lishi mumkin. Burchak stendlari va yo‘laklardagi stendlar 
foydalanish uchun qulaydir. 
Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompaniyani qanday tanishtirish 
ma’qulligini aniqlab olish lozim: uni rivojlangan, zamonaviy kampaniya sifatida 
tanishtirish yaxshimi yoki, aksincha, o‘zini tutishni biladigan an’anaviy firma 
sifatida tanishtirish kerakmi. Shakl, rang va dizayn siz istagan obrazni yaratishga 
yordam beradi. 
Namoyish qilishda o‘tib ketayotgan tashrif buyuruvchilarning diqqatini jalb 
qiladigan usullardan foydalanishga harakat qiling. 
Bir necha ko‘rgazmada har yili qatnashish istagingiz bo‘lsa foydalaniladigan 
ekspozitsiya materiallari ko‘p marotaba transportirovka qilishga yaraydigan bo‘lishi 
kerak. Turli ko‘rgazmalarda foydalanish uchun ko‘p martalik modullarni sotib olish 
maqsadga muvofiqdir. Bu harajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi. 
Ko‘rgazmada firma qatnashishini tashkil qilishda quyidagilarni amalga 


584
oshirish lozim: 
1. Ko‘rgazma ma’muriyatidan stendlar demontaji va ko‘rilishi uchun kim 
javobgarligini aniqlab olish kerak. Bu stend turini tanlashda va harajatlarni 
aniqlashda muhim omil bo‘lishi mumkin. 
2. Ekspozitsiyada qaysi mahsulot qanday joylashtirilishini aniqlab olish. 
3. Taklif etilayotgan xizmatlarni qay holatda yaxshiroq namoyish etish 
mumkinligini bilish (videoko‘rsatuv, maketlar va boshqalar). 
4. Stendda qanday maishiy xizmatlar (elektr, suvoqimi, saqlash, olib kelish) 
bo‘lishi va tashkil qilinishi kerakligini bilish. 
5. Qanday transport turi zarurligini aniqlash. Eksponatlarning shakli, 
o‘lchami va og‘irligi transport tanlashni aniqlaydi. 
6. Ko‘rgazma ichki qoidalarini, tartiblarini va cheklashlarni bilish. Har bir 
ko‘rgazmaning o‘z qoidalari va cheklashlari mavjud. Ko‘rgazma qatnashchilari 
uchun barcha zarur ma’lumotlar qo‘llanmada mavjud bo‘ladi. Bunday qo‘llanmalar 
tarkibi ko‘rgazma o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, ammo umumiy g‘oya 
eksponent uchun tashkiliy masalalarni hal qilishni maksimal osonlashtirishga 
qaratilgan. 
Qatnashchi qo‘llanmasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: ko‘rgazma 
ishi jadvali va qoidalari, umumiy reja, turli maishiy xizmatlar uchun talabnomalar 
blanklari, ro‘yxatga olish, shuningdek, transportirovka, olib kelish va reklama 
ma’lumotlari.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish