Turistik resurs, ob’ekt -
(qo‘riqxona, tarixiy, madaniy obida, arxeologiya
va hokazolar)ga turist har taraflama o‘ng‘aylikda boradigan va mazmunli dam
olish, qoniqish olgandan keyin, asta – sekinlik bilan turistlar oqimini o‘ziga jalb
qila boshlaydi.
Respublikamizdagi barcha turistik resursga – ob’ektga-manzilu-makonga-
maskanga yo‘l bor. Bu yo‘llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo‘llari, so‘qmoqlar
va hakozo ko‘rinishlardadir. Bu holat inkor qilinmaydi.
Lekin, bu yo‘llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik
resursda turistlar soni ko‘payishi mumkin. Turistik resursga hozirgi yo‘llar bilan
ham turistlar olib boriladi. Lekin bu yo‘lda turistning erkin harakatlanishi, u
hoxlagan vaqtda to‘xtashi, qiziqib qolgan yo‘lbo‘yi «ob’ektlar»ga ekskursiyaga
chiqishni talab qilishi, yoki choy ichib dam olishni hoxlashi mumkin.
Turistik marshrut qayd qilingan, kutilmagan «taklfilar»ning bajarilishi yoki
«xizmatlar» majmuasi a’lo darajada kafolatlanishi uchun ham turistik marshrutlar
deyiladi. Turistlarning barcha ehtiyojlarini, talablarni bajarishda foydalanadigan
yo‘llar turistik marshrutlar yoki turstik yo‘llar deyiladi.
8.2.Turistik marshrutning kelib chiqishi.
Marshrutning o‘zoq-yaqinligiga qarab inson harakatlanish vositasini
tanlaydi. Masalan, Samarqanddan Jizzaxga boruvchi kishi albatta avtomobil,
avtobus yoki poyezd transporti turlaridan birini tanlaydi. U hech qachon Jizzaxga
samolyotda borish uchun harakat ham, orzu ham qilmaydi. Chunki, Samarqanddan
Jizzaxga samolyot bilan borish marshruti yo‘qligini juda yaxshi biladi.
Lekin, Jizzaxga velosiped, mototsikl, arava, ot, eshak yoki tuya bilan ham
borish mumkin. Bu transport insonning ilmiy - texnika taraqqiyoti davrigacha
bo‘lgan harakatlanishida foydalangan transport xillaridir.
Inson hozirda Jizzaxga borish uchun harakatlanish vositalarining eng
tezkoridan foydalanadi. Vaqtdan foydalanish nuqtai nazaridan o‘tmishda asosiy
transport vositalari bo‘lgan arava, ot, tuya va eshakdan shaharlararo harakatlanishda
hozir foydalanilmaydi.
Shuningdek, Jizzaxga zamonaviy transport vositalari bilan qisqa muddatda
yetib borgan inson shahar atroflaridagi tog‘larga chiqmoqchi bo‘lsa, o‘sha
o‘tmishdagi asosiy transport vositalari bo‘lgan ot, eshak yoki aravadan
foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu mahalliy transport turlarining ham o‘z yo‘li -
marshrutlari bor. Demak, insonning harakatlanishi vaqt davomida tezlanib borib,
sharoit bo‘yicha sekinlashadi, marshrutlar esa deyarli o‘zgarmasdan yoki texnik,
qulaylik jihatidan o‘zgarishi mumkin. Aniqrog‘i, marshrutlar - insonning ham
texnika yordamida ham piyoda yoki hayvonlar yordamida yuradigan yo‘lidir.
491
Endi, turistik marshrut deyilganda bu yuldan turist maqomini olgan yakka
inson yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma’lum bir makonga
boradigan va qaytadigan yo‘l tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |