Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

 
Tayanch so‘z va iboralar

turistik bozor,
 
turistik xizmat, turistik talab, 
turistik taklif, ommaviy turistik bozor, mashhur turistik bozor, individual turistik 
bozor, ta’sir kiluvchi asosiy omillar. 
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1.Turistik bozorning funksiyalari va tarkibini ayting. 
2.Turizm bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni sanab bering. 
3.Ommaviy turistik bozorni tushuntiring



456
4.Individual turistik bozorni tushuntiring. 
5.O‘zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning muammolarini
tahlil eting. 
IV.Mavzu.Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari 
Reja: 
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari
4.2.Xizmat ko‘rsatish darajalari (klasslari). 
4.3.Xizmatlar paketi. 
4.4.Xizmat ko‘rsatish dasturi. 
4.5.Xizmat yetkazib beruvchilar. 
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti 
tashqarisida bo‘lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‘lib moddiy mahsulot, 
aniqrog‘i uning torgina qismi – xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi 
munosabatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning 
yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi.Chet elda xizmatlar sohasi 
iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi 
rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotida xizmatlar ulushi 60 foizdan ham
oshadi. O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish uchun, avvalo 
turistik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur. 
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va 
iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi 
ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu 
tushuncha o‘z tarkibiga qo‘yidagilarni qamrab oladi: 
4.
Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri; 
5.
Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum 
ishlarni bajarish); 
6.
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi 
ushbu faoliyat natijalari. 
Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha 
turistik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistik korxonaning ishi barcha 
sayohatlarni tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham 
mumkin.
Boshqa istalgan xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlari 


457
bilan farqlanadi, buni shartli ravishda «uchta S » bilan belgilasak u qo‘yidagi 
xolatda bo‘ladi: 

Sezilmaslik.
Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib 
hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, 
chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, 
intelletual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro 
etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin 
emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist); 

Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi
. Xizmatlar iste’molchi 
va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik 
xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel 
ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, uni 
sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi; 

Saqlanmaslik
. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash 
mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan 
farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik 
xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va 
taklifni mo‘tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga qadar 
«omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas. 

Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan 


farqlanadi. Turistik korxonalar ko‘rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‘yidagilar 
kiradi: 

Tashishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar; 

Joylashtirish; 

Turistlarni ovqatlantirish; 
Turistik korxonalar ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi : 

Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar; 

Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar; 

Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari; 

Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan 
joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda sayohat 
shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) 
istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar; 

Texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar; 

Prokat bo‘yicha xizmatlar; 

Valyuta ayirboshlash; 

Telefon xizmati; 

Pochta xizmati; 

Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari; 

Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k. 
Bunday bo‘linish iste’mol hususiyatlari nuqtai nazaridan olib qaraganda, 
ahamiyatli farqlar yo‘qligi sababli shartlidir. Yo‘llanmada qayd qilingan va asosiy 
dasturga kiritilgan xizmatlar asosiy hisoblanadi. Qo‘shimcha xizmatlarni yetib 
kelgan joyida turistni o‘zi mustaqil harid qiladi. Ular yo‘llanma narxiga kirmaydi. 
Ko‘pgina holatlarda turistik asosiy xizmatlarga transport xizmatlari, 
joylashish va ovqatlantirish xizmatlaridan tashkil topadi. Ammo, tanishuv 


458
(ekskursion), malakaviy ish turizmi, sport, diniy maqsadlarda sayohatlar tashkil 
etilganda qo‘shimcha xizmatlar ham ushbu turlarning asosini tashkil etadi. Asosiy 
va qo‘shimcha xizmatlar o‘rtasidagi farq, ularni dastlabki harid qilingan yo‘llanma 
paketiga kiritilgan xizmatlardan tashkil topadi. Turistlarga nomoddiy xizmatlardan 
tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar taqdim etilishi mumkin, 
masalan shahar rejasi, metro haritasi, suvenirlar, turistik jihozlar. 
Shunday qilib O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish 
jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qo‘yidagi uchta jihatlarni
hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda: 

dam olish va ko‘ngil ochar faoliyat sifatida; 

bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes sifatida; 

turizm bozoriga yo‘naltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
tarmog‘i korxonasining faoliyati sifatida. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish