393
Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda amaldagi
qonunchilikka muvofiq
bunday turlarni sotish huquqi faqat chakana turagentliklarga berilgan.
Shuning uchun mazkur biznes ular uchun asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Ammo turagentlar kompleks turlarni chakana sotish bilan bir qatorda katta
miqdorda turli xil turistik xizmatlarni sotishda ham ishtirok etadi. Ularning
ruyxatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
muzeyga ekskursiya, kartinalar galeriyasi, arxitektura yodgorliklari
shahar tashqarisiga sayr va boshq.;
sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va ijtimoiy-maishiy,
madaniy oqartuv muassasalariga ekskursiya;
ichki va xalqaro transport biletlarini sotib olish;
gid (ekskursovodlar) va gid-tarjimonlar xizmati;
mehmonxona xizmatlari va qo‘shimcha
joylashtirish vositalari
xizmatlari;
umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari;
avtotransport prokati;
xorijga chiqish vizalarini olishga so‘rovlarni rasmiylashtirish;
sug‘urta polislarini sotish;
sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlari sotish;
suvenirlar, pochta otkritkalari, yo‘l ko‘rsatkichlar, markalar va
boshq. sotish;
valyuta almashtirish;
turistik va sport anjomlarini ijaraga olish.
Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:
turoperatorlar, mehmonxona va transport korxonalari, ekskurs
byurolari, sayr-tomosha korxonalari va
boshqa turistik xizmatlarni
yetkazib beruvchilar bilan ular ishlab chiqadigan xizmatlarni
chakana haridorlarga sotish huquqini olish maqsadida agentlik
munosabatlarini o‘rnatish;
o‘zining turistik xizmatlar mikro bozorida harakatlanishni tashkil
qilish, shu
maqsadda pochta reklamalari, telefon orqali murojaat,
shaxsiy aloqa va boshqalardan foydalanish;
potensial haridorlarni sotiladigan xizmatlar va ularni sotish
tartibidan xabardor qilish;
haridorlarni tanlangan turlar (xizmatlar) ga talabnoma olish va bu
talabnomalarni turoperator yoki
boshqa xizmatlar yetkazib
beruvchilarga ularni bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish;
haridordan tur (xizmat) uchun to‘lov haq qabul qilingani tasdig‘i
olingancha, zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‘z vaqtida
turoperatorga yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchiga tegishli
summa o‘tkazishga taqdim etiladi,
xorijga tur sotishda vizani
rasmiylashtirish, turoperatorga berish uchun haridorning xorijga
chiqish pasporti qabul qilinadi;
394
turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan
turning o‘zgartirilgani yoki bekor qilingani haqidagi ma’lumot
haridorga yetkaziladi;
haridordan qabul qilingan va turoperatorga yoki boshqa xizmatlarni
yetkazib beruvchiga uzatilgan haridor talabnomalari o‘zgartirilishi
yoki sotib olingan tur (xizmat) ni bekor qilinishi;
turoperator yoki boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi
oldida barcha amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot
berish;
haridordan sotib olingan xizmatlarni bekamu – ko‘st bajarilishi
bo‘yicha shikoyatlarni bartaraf etishda ko‘maklashadi;
turagentlik
bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy
fikrlar va istaklar to‘g‘risida axborotlar yig‘adi va ularni turoperator
va boshqa xizmat yetkazib beruvchilarga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: