586
•
tarixiy, ertak, teatr va cho‘milish kiyimlari kabi turli xilda kiyingan
odamlar;
•
original yoritish va oranjirovka;
•
stend ustida sharlar, transparantlar, tablo;
•
musiqiy ansambl, tovush effektlari;
•
optik va lazer effektlari;
•
katta ekranlarda qiziqarli bo‘lgan kompyuter videoroliklari;
•
kutilmagan ob’ektlar (stend o‘rtasida katta palma);
•
zaldagi original ko‘rsatkichlar.
Bular ichidan sizning mahsulotingiz va kompaniyangiz uchun nisbatan
qulay, foydalisini tanlash va foydalanish zarur.
Stenddagi kompaniya logotipiga alohida e’tibor qaratish lozim. Logotip
ko‘zga tashlanadigan hajmda bo‘lishi kerak. Kompaniya nomi ko‘rinadigan joyda
va oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim.
Tashrif buyuruvchi quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
•
stendning ko‘rinishi. Stend diqqatni o‘ziga jalb qilishi uchun ajralib turishi
kerak;
•
firmaning logotip yoki nomi ko‘zga tashlanib turushi lozim;
•
Mahsulot reklamasi. Buning uchun ko‘rish, o‘qish va tushunish oson
bo‘lgan panellar, plakatlar, sarlavha kabi vizual vositalardan foydalaning.
Agar tashrif buyuruvchi uch sekund ichida stendingizga razm solishga
ulgurmasa, u ma’lumotlar nisbatan qulay joylashtirilgan tomonga o‘tib ketadi.
Ko‘rgazmada ishlayotgan komandaga qarab umuman turistik firmaga baho
beriladi. Shuning uchun stend presonalini tanlash ham alohida e’tiborga ega.
Professional tayyorgarlik va xorijiy tilni bilish bilan bir qatorda birinchi darajada
tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda bo‘la olish qobiliyati ahamiyatlidir. Ayniqsa,
ko‘rgazma komandasi oldindan muzokaralarni olib borishga o‘rgatilgan bo‘lsa ayni
muddaodir.
Har bir stendga tashrif buyuruvchi potensial mijozdir, unga ega bo‘lish esa
san’atdir. Buning uchun esa boshidan mijozlarga e’tibor berish lozim. Stendga
tashrif buyuradigan har bir mijozga alohida e’tibor bilan muomala qilish kerak:
uning tashrifnomasini olish, «kontaktlar jurnali»da kelish maqsadini qayd qilish
lozim. Unda kelish sanasi, suhbat predmeti, muzokaralarning qisqa natijasi kiritiladi
va tashrif noma biriktilib qo‘yiladi.
Ekspertlar ta’kidlashicha, o‘rta hisobda 70% suhbatlar "Sizga qanday
yordam bera olishim mumkin?" savolidan boshlanadi. Bunday siyqasi chiqqan
savoldan keyin suhbat bir necha sekundda tugaydi. Shuni hisobga olish kerakki
mijoz, odatda, diqqat markazida bo‘lishni xohlaydi. Bunga mijoz nuqtai nazarini
hisobga olib erishishimiz mumkin: «Biz .... tashkil qilamiz» o‘rniga «Siz ...da
bo‘lasiz» yoki 2Men sizga ...ni ko‘rsatmoqdaman» o‘rniga «Siz bu yerda... .ni
ko‘rmoqdasiz» deyilsa ma’qul bo‘ladi. Bunday murojaat mijozni stendga yanada
jalb etadi.
Stendda kamida ikki xodim ishlashi lozim. Biroq qiladigan ishi
rejalashtirilmagan va tashkil qilinmagan bo‘lsa, bunday paytda katta komanda ham
ishga foyda keltirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: