Nurmamatova Nasiba
o’zi
tanlagan kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishiga ishonaman deb elektr tomoqlari
bo’yicha mutaxassis.
Malakaviy ishning bahosi: “5”(a’lo)
Sharqiy-g’arbiy elektr tarmoqlari
Mutaxassisi: A Yakubov
Imzo:_____________
M U N D A R I J A:
1.K i r i sh
2.Transformatorning keltirilgan toki, kuchlanishi va parametrlari
3. Transformatorning nagruzka bilan (normal sharoitda) ishlashi
4. Transformatorlarning ishlatilishi
5.Texnika xavfsizligi
6.Foydalanilgan adabiyotlar
K I R I SH
Mustaqillik tufayli respublikamizning barcha jabhalarida olib borilayotgan
islohatlar qatori elektrotexnika sanoatida ham tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan,
transformator zavodida yuqori kuchlanishli transformatorlar, Andijon elektr-motor
aktsiyadorlik jamiyatida yuqori ekspluatatsion ko’rsatkichlarga ega bo’lgan asinxron
motorlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga alohida e'tibor berilmoqda.
Xozirgi kunda ishlab chiqarish texnikaviy darajasining o’sishi natijasida xalq
xo’jaligining barcha sohalarida turli xil yangi tipdagi elektr mashinalari, apparatlar va
boshqa elektr jihozlari ishlatilmoqda. Katta quvvatli elektr generatorlar elektr energiyasi
ishlab chiqarmoqda; turli sohalarda mahsulot ishlab chiqaradigan, mashina va
mexanizmlarni harakatga keltiradigan zamonaviy elektr motorlar keng ko’lamda
qo’llanilmoqda. Turli xil elektr mashinalarni, jihozlarni korxonalarda va xonadonlarda
to’g'ri hamda tejamli ishlata bilish muhim ahamiyatga ega.
Elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr mashinasi generator deyiladi. Elektr
stantsiyalarda generatorni turli xil birlamchi motorlar, masalan, gidravlik, bug' va gaz
turbinalari harakatga keltiradi. Generator ularning mexanik energiyasini elektr
energiyasiga aylantirib beradi.
Elektr energiyasi respublikamiz mintaqasida joylashgan elektr stantsiyalarda ishlab
chiqariladi. Hozirda respublikamizda bir necha o’nlab issiqlik (IES) va gidroelektr
stantsiya (GES)lar ishlab turibdi. Ularning umumiy quvvati 11 mln. kVt dan ortiq
bo’lib, bundan 9,8 mln. kVt quvvat IES larda, qolgani GES larda ishlab chiqarilmokda.
2000 yilda elektr stantsiyalarda 47,7 mlrd. kVt
⋅
soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Bu respublikamizda jon boshiga yiliga 2000 kVt
⋅
soat elektr energiyasi to’g'ri keladi,
demakdir. Respublikamizda o’ta katta quvvatli issiqlik elektr stantsiyalari masalan,
Toshkent Davlat tuman elektr stantsiyasi (DTES), Angren, Navoiy, Taxia-Tosh DTES
lari, Sirdaryo DTESi va boshqa issiklik elektr stantsiyalari ishlab turibdi.
Respublikamizda Chorvoq, Xo’jakent, Tovoqsoy kabi katta quvvatli va quvvatlari
uncha katta bo’lmagan 20 dan ortiq GES lar ishlab turibdi. Ular elektr energiyasi
iste'molchilarini energiya bilan ta'minlamoqda.
Xalq xo’jaligining turli sohalarida mahsulot ishlab chiqaradigan mashina va
mexanizmlar turli xil elektr dvigatellar yordamida harakatga keltirilmoqda. Elektr
energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan elektr mashinasi elektr dvigatel
(motor) deyiladi. Amalda o’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr dvigatellari barcha
sohalarda, shuningdek xonadonlarda xam ko’plab ishlatilmoqda. Hozirda
respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining deyarli 70 % ini elektr
dvigatellar iste'mol qilmoqda.
Davlat elektr stantsiyalarida elektr energiyasi uch fazali o’zgaruvchan tok sifatida
ishlab chiqariladi. Elektr stantsiyalari energetika resurslari mavjud bo’lgan tumanlarda
quriladi. Elektr uzatish liniyasida nobud bo’ladigan quvvatni kamaytirish maqsadida
generator kuchlanishini bir necha marta oshirish lozim bo’ladi.
O’zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini transformator yordamida o’zgartirish
mumkin. Transformator statik elektromagnit apparat bo’lib, o’zgaruvchan tokning
kuchlanish qiymatini oshirish yoki kamaytirish uchun ishlatiladi. Transformatorning
ishlash printsipi va unda bo’ladigan elektromagnit jarayonlar elektr mashinalarida
bo’ladigan shunday jarayonlarga yaqin bo’lganligi uchun uning asosiy xususiyatlari
"Elektr mashinalari" faniga oid adabiyotlarda keltirilgan.
Respublikamiz o’zining energetika sistemasiga ega. Iste'molchilarni uzluksiz elektr
energiyasi bilan ta'minlash maqsadida elektr stantsiyalar, katta quvvatli transformatorlar
o’rnatilgan markaziy podstantsiyalar va katta quvvat talab qiladigan iste'molchilar
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari bilan o’zaro boglanib energetika sistemasini
tashkil qiladi. Energetika sistemasining ishi markaziy dispetcherlik boshqarmasidan
boshqariladi. Respublikamiz energetika sistemasida kuchlanishi 110, 220 va 500 kV li
elektr uzatish liniyalari ishlab turibdi. Masalan, Farxod GES - Toshkent - Chirchiq
elektr uzatish liniyasi, bu liniyaning uzunligi 150 km bo’lib, kuchlanishi 110 kV.
Issiqlik elektr stantsiyalarda elektr energiyasi bilan birga sanoat, xonadon va
kommunal xo’jalik ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. 2000
yilda issiqlik energiyasi iste'molchilariga 22,3 mln. G kal. issiklik energiyasi berildi.
Bundan 49,4 % sanoat ehtiyojlari uchun, 36 % xonadonlarni isitish uchun, 13,6 %
kommunal xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflandi.
O’sib borayotgan elektr iste'molchilarini energiya bilan ta'minlash uchun mamlakat
energetikasini jadal rivojlantirish talab qilinmoqda. Jahon miqyosida ham elektr
energiyasining asosiy iste'molchilari elektr dvigatellardir. Shuning uchun ham elektr
dvigatellarning texnika iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash va shovqinsiz ishlaydigan
dvigatellar yaratish ustida barcha mamlakatlarning olim va mutaxassislari to’xtovsiz
ilmiy-texnikaviy va amaliy ishlar olib bormoqdalar. Hozirda AQSh firmalarida servis-
faktorli (SF) elektr dvigatellar ishlab chiqarilmoqda. Servis-faktor dvigatelning qutblar
soni va quvvatiga qarab 1,15-1,4 orasidagi son bo’lib, kuchlanish (U) va chastota (I)
nominal bo’lganda uning quvvati P
H
ni SF gacha oshirish mumkinligini ko’rsatadi.
Bundan tashqari harorat + 40 -15 orasida bo’lganda ham nominal quvvatni kamaytirmay
turib undan foydalanish imkonini beradi. Bunday motorlarni I
H
bo’lganda va tarmoq
kuchlanishi + 10 % o’zgarganda yoki f
H
bo’lib, chastota ±5% o’zgarganda yoki U va f
ning natijaviy o’zgarishi + 10 % o’zgarganda ham ishlatish mumkin bo’ladi.
So’nggi yangiliklardan yana biri shuki, hozirgi zamon elektr mashinalari elektr
manbalari elektromagnitaviy jihatdan bir-biriga mos kelishi (EMMK) shart. Xalqaro
elektrotexnik talablar bo’yicha EMMK - bu elektr manbai bilan elektr motori orasidagi
monandlikdir, ya'ni manbaga ulangan elektr motor ko’rsatkichlari motor pasportida
ifoda etilgan ko’rsatkichlarga mos kelishlikka erishish qobiliyatidir. 1996 yilda
Germaniyada EMMK to’g'risidagi qonun kuchga kirgan. Bu qonunga binoan barcha
elektr mashinalar va boshqa jihozlar sertifikatsiya qilinib, EMMK ligini ko’rsatuvchi SE
belgisiga ega bo’lishi lozim. Mahsulotni attestatsiya qilishda foydalanish uchun EMMK
bo’yicha 500 dan ortiq standartlar qabul qilingan.
Rossiya va bir qator davlatlar o’z mahsulotlarini sotishni ta'minlash uchun o’z
normalarini xalqaro normalarga mos kelishi yo’lida ilmiy ishlar olib bormoqdalar.
Rossiyaning qator korxonalari NIPTIEM aktsiyadorlik jamiyatining Vladimir elektr-
motor zavodi bilan birga 5A seriyadagi (quvvati 0,55-315 kVt) asinxron motorlarni
ishlab chiqarmoqda; 6A seriyasi esa foydalanishga tayyorlanmokda. Yangi seriyalarni
yaratishda energiya tejamkorligiga, foydali ish va quvvat koeffitsientlarining yuqori
bo’lishiga va chet el standartiga mos kelishiga e'tibor bo’yicha Evropa Elektrotexnika
qo’mitasi SENELEC normalariga mos keladigan asinxron motorlar ishlab chiqarmoqda.
Motorlarning foydali ish va quvvat koeffitsientlari yuqori bo’lishidan tashqari turli ish
rejimlarida past shovqin bilan ishlashga erishilgan, ularni montaj qilish va ishlatish
qulay bo’lib, ishlash muddati 40 ming soatga etkazilgan.
Hozirgi vaqtda jahon bozorida energiya tejamkorligi maqsadida boshqariladigan
asinxron va sinxron elektr yuritmalar keng qo’llanilmoqda. Rossiyaning YAroslavl
elektr mashinasozlik zavodida "ELDIN" markali RA seriyadagi asinxron motorlar
ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |