19-rasm. Kardanli uzatma.
Kardanli uzatmaning tuzilishi. ZIL-130 avtomobilining kardanli uzatmasi (19-rasm.) bir-biri bilan biriktirilgan oraliq (1) va asosiy (6) kardanli vallardan iborat. Oraliq val, metall kronshteyni (4) bo'lgan rezina halqa (10) bilan hamrab turiladigan zoldirli podshipnikdan (11) tashkil topgan oraliq tayanchga (3) tayanib turadi. Oraliq valning oldingi uchiga kardanli sharairning ayrisi payvandlangan, uning ikkinchi uchi esa shlitsali vtulka (2) ko'rinishida tayyorlangan bo'lib, unga asosiy val ulangan kardanli sharnir ayrisining (9) shlitsali uchi kiritilgan. Oraliq va asosiy kardanli vallarni o'zaro sirpanadigan qilib biriktirilganligi tufayli ularning umumiy uzunligi, yetaklovchi ko'priklarni notekis yo'llardagi vertikal ko'chishlarida bemalol o'zgarishi mumkin.
Kardan sharnirlari - quloqchalarida turumi va ninali podshipnigi (5) bo'lgan krestovina (8) o'rnatilgan ikkita ayridan (9) iborat. Har bir podshipnik ichida po'lat ninalari bo'lgan po'lat stakandan tashkil topgan bo'lib, ular ayrini quloqchalariga qopqoq, to'xtatkich plastina va ikkita bolt yordamida mahkamlangan. Ninali podshipniklar krestovinadagi kanallar bo'yicha zich-moydon (7) orqali moy yuborib moylanadi. Ayrilardagi tores zichlagichlar va o'zi harakatlanuvchi rezina salniklar podshipnik ichidagi moyning chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Kardan vallar yupqa devorli po'lat quvurlardan tayyorlanadi va ularning uchlariga ayrilarning quyruqlari zichlab kiritiladi hamda payvandlab qo'yiladi. Yig'ilgandan so'ng kardan vallari kardanli uzatma ishlaganda hosil bo'ladigan titrashlarni kamaytirish maqsadida balansirlanadi (muvozanatlanadi).
Kardanli uzatmaning konstruktsiyasi.
Avtomobillarda uzatmalar qutisidan yetakchi ko'prikning asosiy uzatmasiga burovchi momentni uzatish uchun burchak tezliklari bir xil bo'lmagan kardani sharnirlarga ega bo'lgan bir yoki ikki vali kardani uzatmalardan foydalaniladi. Bunday kardani uzatmalar konstruksiyasi bo'yicha bir - biriga o'xshash bo'lib, eng katta burchak tezliklarda harakatlanganda ham uncha katta bo'lmagan burama tabranishkarsiz ravon aylaish lozim.
Agar avtomobilda bitta kardanli uzatma o'rnatilsa kardanning old tomoniga biriktirilgan vilka (1 va 2) kardanli sharnirning bitta vilka uzatmalar qutisining ikklamchi vilkasi shlitsli uchlik (5)ga payvandlangan. Shlitsli uchlik kardarning shlitsli vtulksi (4)ga kiritib, o'q bo'ylab siljuvchi birikma hosil qiladi. Shlitsli vtulka kardan vali (8)ning old qismiga, valning orqa uchi esa kardan valning old qismiga va valning orqa uchi esa shu kardan sharnirning vilkasi (9)ga payvandlangan. Rezinadan tayyorlangan g'ilop (7) shlitsli birikmani tashqi muhitdan kiradigan iflos zarrachalardan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |