Taqsimlash qutisida qo'shimcha pasaytiruvchi uzatma og'ir yo'l sharoitlarida yoki tirkamalar bilan ishlashga mo'ljallangan avtomobillarda ishlatiladi. Pasaytiruvchi uzatma avtomobilning yetaklovchi g'ildiraklaridagi tortish kuchini yana ham oshirishga imkon beradi. Shunday taqsimlash qutisining chizmasi (15-rasm, b) bo'lagida keltirilgan. U pasaytiruvchi uzatmasi bo'lmagan taqsimlash qutisidan uzatish sonini orttiruvchi shestemalar (2 va 5) juftligi mavjudligi bilan farq qiladi. Yetaklanuvchi shesterna (5) orqa ko'prik valining (6) shlitsasi bo'ylab suriladi va shesterna (3) yoki shesterna (10) bilan ilashadi. Shesterna (5) o'ng tomonga surilsa, pasaytiruvchi uzatma, chap tomonga surilsa, to'g'ri uzatma ulanadi. Tishli mufta (7) old ko'prikni ulashga va uzishga imkon beradi.
Avtomobilda taqsimlash qutisi uzatmalar qutisiga yaqin qilib o'rnatiladi va u bilan kalta kardanli val vositasida tutashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |