Taqsimlash qutilarining turlari va vazifalari. Taqsimlash qutisi o'ta qiyin yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarda ishlatiladi va aylantiruvchi momentni avtomobilning yetaklovchi ko'priklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Avtomobilning bajaradigan vazifasiga qarab taqsimlash qutisi qo'shimcha pasaytirish uzatmasi bo'lgan yoki bo'lmagan qilib tayyorlanadi.
Pasaytiruvchi uzatmasi bo'lmagan oddiy taqsimlash qutisi (15-rasm, a) yetaklovchi (1), oraliq (4) va yetaklanuvchi (6) vallardan, old ko'prik yuritmasi validan (8), vallarga bikr (qo'zg'almas) mahkamlangan shesternalardan (1, 3, va 5) va old ko'prikni ulovchi tishli muftadan (7) tashkil topgan.
To’g'ri Pasaytiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |