8 Shu-shu bo‘ladi — bobomiz dalasi yuzini qaytib ko‘rmas bo‘ladi.
— Toqqa ketaman, — deydi bobomiz. — Tog‘dan yer olaman.
— Tog‘ olis-da, — deya ming‘illaydi momomiz.
— Olis bo‘lsa bo‘lar. Ana, tog‘dan yer olib ishlayaptilar. O‘lib qolmayaptilar.
— Endi deyman-da, olisni sho‘rvasidan yaqinni yovg‘oni, deyman-da.
— Dalamda musulmon oyoq bosar yer qolmadi. Dalamda dehqon oyoq bosar yer qolmadi. Bo‘ldi,
endi qaytib oyoq bosmayman.
— Dalada nima ayb.
— Kofir yumalab yotar dalada fayz qoladimi?
Momomiz quvvatlamish bo‘lib bosh irg‘aydi.
— Tanasida mana muncha libosi bo‘lsa, o‘lsin agar! — deydi bobomiz. — Bir joylari dalamda