Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
3
— G‘ayridinlar bilan yo‘lim bir bo‘lmasin, dedim-da. 
— Bizning ko‘chamizda g‘ayridinlar... yeb yuribdimi? 
— E-e, Ketmon, Ketmon. Senga ketmon bo‘lsa bo‘ldi. Sen ham odamday bo‘lib, ketmondan bosh 
ko‘tarsang ekan, dunyodan xabardor bo‘lsang. 
— Mana, ketmondan boshimni olib o‘tiribman? 
— Qorning ochgandir-da. Bo‘lmasa, ketmondan bosh ko‘tararmiding. 
Salohidin bo‘yrachi shunday deya, yo‘l bosh-adog‘iga qarab oladi. Bobomiz, oldiga lik etib 
sapchib o‘tadi. Bobomiz qabatiga cho‘kadi. Bobomiz bilan yelkama-elka bo‘ladi. 
— Farg‘onag‘a Oqposhsho keldi, — deya pichirlaydi. 
— Mullalar Oqposhsho bizni ololmaydi, deyatib edi-yu? 
— Olibdi-da. 
— Qo‘qondan Olimquli lashkarboshi Chimkanga lashkar tortib ketibdi, deyatib edi-yu? 
— Olibdi, olibdi. Ololmas ekan-u, Buxoro amiri Muzaffarxon o‘tirib qo‘yibdi. Olimquli 
lashkarboshi Chimkanda Oqposhsho yelkasini yerga tekkizibdi. Oqposhsholilarni bitta qo‘ymay 
qilichdan o‘tkazmoqchi bo‘lib tursa, Muzaffarxon bizning Qo‘qonga daf’a qilibdi. 
— Bo‘laman degich el, bir-birini botirim deydi, bo‘lmayman degich el, bir-birini etini yeydi. 
— Olimquli lashkarboshi g‘azot maydonini tashlab, o‘zimizning Qo‘qonni o‘zimizning Buxoro 
amiri bilan mudofaalash uchun qaytib kelibdi. Oqposhsho bundan foydalanibdi. Chalajon oq lashkarlar 
tag‘in daf’a qilibdi. Oldin Chimkanni olibdi, keyin Toshkanni olibdi. 
— Ha, tavqi la’natlar! Toshkanniyam olibdimi-a? 
— Olibdi, Toshkanniyam olibdi. Saidazimboy degich savdogar boy Oqposhshoga Toshkanni 
sotibdi. Toshkanda Kaykovus degich ulkan bir ariq bor ekan. Toshkan yolg‘iz ana shu Kaykovusdan 
suvlar ekan, Saidazimboy Oqposhshoga ana shu Kaykovusni chippa bo‘g‘ib, Chirchiqqa burib 
yuborishni maslahat beribdi. Oqposhsho Saidazimboy gapi bilan Kaykovusni chappa qayirib, 
Chirchiqqa oqizibdi. Ana shundan Toshkan qirq ikki kecha-kunduz suvsiz qolibdi. Xalq holdan toyib, 
Toshkanni mudofaa qilolmay qolibdi. Oqposhsho saharlayin Toshkanni bosibdi. 
— Ila-bila, Qo‘qongacha kelibdimi-a? 
— Toshkan bilan Qo‘qon orasi ikki qosh oralig‘iday keladi. Yetib keladi-da. O‘zimizning Qo‘qon 
xoni he yo‘q, be yo‘q, shahar darvozasini ochib beribdi. Marhamati uchun Oqposhshodan «Aslzoda» 
faxriya unvoni olibdi, nishon olibdi... 
Bobomiz chaparasta-chaparasta so‘kadi: 
— He, ena...! 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish