Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
Oqpodsho tag‘in bobomiz bilan yuzma-yuz bo‘ladi. Salmoqlab-salmoqlab bayon etadi: 
— Gap lo‘ndasi... Shvetsiya vaziri Falonchiev janoblari aytganlariday, bu tuproq O‘rusiya tojidagi 
oliy qimmat dur, ha, dur! Aslo, aslo sening tuprog‘ing emas! 
— Labbay-labbay? 
— Sen bunday qaymoq tuproqqa yarashmaysan! 
— Nima-nima? 
— Chunki sen chuchelasan, chuchela! 
— Sart-sobakasan, sart-sobaka! 
— Biz sen sart-sobakalarni O‘rusiyaga jo‘natamiz! 
— O‘rusiyada sening basharangday qoratuproq bor. Sen ana o‘sha qoratuproqqa yarashasan! 
— Qoratuproq — sart-sobaka... Sart-sobaka — qoratuproq... Juda hamohang! 
— O‘zi, bu chuchelalar qanday qilib bunday qaymoq tuproqda yaralib qoldi, Duxovskiy? 
— Aytgiligi yo‘q, Nazarov, aytgiligi yo‘q. Shunday tuproqda shunday sart-sobakalarni yaratgan 
xudogayam qoyil emasman. 
— Qo‘yaver, Duxovskiy, bu tuproqqa endi Ulug‘ O‘ris xalqi keladi! 
— Bilaman, Samaradan ikki yuzta o‘ris mujik ko‘chib keladi. 
— Bizning Saratovdan bir yuz ellikta o‘ris mujik keladi. 
— Mujiklarimiz hademay poezddan tushadi! 
— Endi bu qaymoq tuproqda Ulug‘ O‘ris xalqi dehqonchilik qiladi! 
Bobomiz nafasi ichiga tushib ketadi. Bobomiz g‘aribona-g‘aribona qadamlaydi. 
— Jamoliddin ketmon, namozingni o‘qib olasan-a? — deydi Ashal no‘g‘ay. — Peshin namozingni 
o‘qib olasan-a? 
Ashal no‘g‘ay bosh irg‘ay-irg‘ay shunday deydi. Ashal no‘g‘ay bot-bot shunday deydi. 
Ashal no‘g‘ay Oqpodshoga yuz soladi. 
— Bir mo‘min banda namozini o‘qib olsin? — deydi. 
— Hayda-hayda! — deya jerkiydi Oqpodsho. 
— Kunpayakun masjid joyida cherkov poydevorini tashladik. Cherkov bitsin, cherkovda namoz 
o‘qiydi! — deydi Oqpodsho. 
— Toat-ibodatni qanda qilish yomon, — deya sarg‘ayadi Ashal no‘g‘ay. — Xudo yo‘lda biror kor-
holga giriftor etadi. 
Oqpodsho sergaklanadi. Oqpodsho tevarak-boshga nazarlanadi. Oqpodsho hadiklanadi. 
— Mayli, xudo yo‘lida bo‘lsa, mayli, — deydi Oqpodsho. 
— Xudo yo‘lida qo‘llarini bir bo‘shatib oling, — deydi Ashal no‘g‘ay. — Qo‘lsiz namoz o‘qib 
bo‘lmaydi. 
Oqpodsho bobomiz qo‘llarini ozod etadi. Bobomiz obtovadan tahorat oladi. Bobomiz qibla taraf 
belbog‘ yoyadi. 
17 
Oqpodsho yong‘oq ostilab soyalaydi. 
Miltiqlari o‘nglarida turadi. Bosh kiyimlari chaplarida turadi. 
Oqpodsho bobomizdan ko‘z uzmay soyalaydi. 
Ashal no‘g‘ay bir bobomizga qaraydi, bir Oqpodshoga qaraydi. Qamzulini ola-ola, bobomiz taraf 
odimlaydi. 
— Ha, yo‘l bo‘lsin, no‘g‘ay? — deydi Oqpodsho. 
— Men ham namozimni o‘qib olayin, janoblar, — deydi Ashal no‘g‘ay. 
— Sen cho‘qintirilmaganmisan? 
— Xudoga ming qatla shukur, musulmon farzandiman. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish