21
Bobomiz tashqaridan eshitilmish ovozdan uyg‘onadi.
Qabatini paypaslaydi. Nima gapligini payqaydi. Sapchib tashqarilaydi.
Bobomiz supada haykal misol qotadi.
Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi. Molxona taraf quloq tutadi.
Ovoz qaerdan kelayapti — bilolmaydi.
Oy qorayish beradi.
Otamiz qorayish bermish oyga miltiq o‘qtaladi.
— Otilsin! — deydi.
Otamiz: «pup-pup-pup», deya, kosovdan to‘p otadi.
Bobomiz ana shunda otamiz qaerdaligini bilib oladi.
Oyoq uchida narvonni topib oladi. Ohista-ohista tomlaydi.
Tomda o‘rmalab boradi-o‘rmalab boradi —otamiz ketidan mahkam quchoqlab oladi.
Otamiz tom tashlab-tom tashlab yig‘laydi. Otamiz oyoq tirab-oyoq tirab yig‘laydi.
Bobomiz otamizni tomdan ko‘tarib tushiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |