Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
112
Bolalarim ko‘z o‘ngimga keldi. Ko‘nglim buzildi. 
— Ishqilib, bolalarimni peshonasiga yaxshi bo‘p ketsa bo‘ldi... — dedim. 
Men kaftlarimga yig‘ladim. 
Dardlarim kaftlarimdan seloba-seloba bo‘lib oqdi. 
— Otday bo‘lib ketadi! — dedi do‘xtir. — Oltmish foiz kuyik unday qaltis emas... 
Do‘xtir yelkam qoqa-qoqa ketdi. Men o‘ngirlarimga yig‘ladim. 
21 
Ayolimiz... odam bo‘lmadi... 
 
22
Subhi sodiqda ayolimiz boshiga bordim. Mozor poyida tizza bo‘ldim. 
Mozorni ohista-ohista turtdim — ayolimizni uyg‘otdim... 
— Ay, men keldim? — dedim. 
Bir siqim mozor oldim — ayolimiz sochlarini ushladim... 
— Ay, senga aytaman? — dedim. Tomog‘im to‘lib-to‘lib keldi... 
23
Uy burchida turmish beshikbellik ko‘zimg‘a yomon-yomon ko‘rindi. 
Men endi beshikni nima qilayin? Men endi beshikka o‘zimni belayinmi? 
Men beshik qarab turdim-turdim. 
Shunda beshik... shunda beshik ayolimiz tobuti bo‘lib ko‘rindi! 
Ichida... ayolimiz yotmishday bo‘ldi! Badanlari oltmish foiz kuyib-kuyib yotmishday bo‘ldi! 
Ayolimiz pichir-pichir meni yo‘qlamishday bo‘ldi! 
— Ha, nima deysan? — dedim. Beshikdan javob bo‘lmadi. 
— Ayt, aytgichingni? — dedim. 
Beshik — tobut desa tobut deguday sukut etdi. 
Men ohista-ohista beshik oldilab bordim. Enkayib qo‘llarimni tizzalarim tiradim. O‘ng qulog‘imni 
beshik tutdim. 
Beshikdan ovoz bo‘lmadi. 
Beshikyopg‘ich burchidan ohista ushladim. Xiyol-xiyol ko‘tardim. Beshik ichi mo‘raladim. 
Beshikda jon zoti bo‘lmadi. 
Beshik ko‘zimga yomondan-yomon ko‘rindi. 
Beshikni ko‘rmayin-da, kuymayin-da, dedim, 
Beshikni dast ko‘tarib tashqariladim. 
Narvondan beshik qo‘ltiqlab tomladim. Beshikni g‘o‘zapoya uyumi usti tashladim. 
Beshik g‘o‘zapoya botib-g‘o‘zapoya botib qoldi. 
Shunda, beshikyopg‘ich shamolda hilp-hilp etdi. Hilp-hilp eta-eta beshik ketilab uchib tushdi. 
Beshikyopg‘ich bir uchi beshikqushda ilashib-beshikqushda ilashib qoldi. 
Bovujud, beshikqush borlik bo‘ldi — beshikyopg‘ich yer uchib tusharman-er uchib tusharman 
bo‘ldi. 
Men beshikdan qovuzni oldim. Oqo‘ragichni oldim. Tagpo‘shni oldim. 
Sumakni oldim. Tuvakni oldim. 
Barini beshikyopg‘ich soldim. 
Shunda, dimog‘im gup-gup shiptir isi tuydi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish