23
Mo‘lt-mo‘lt dala qaradim.
Jo‘yalar sarg‘ish-sarg‘ish sel bo‘ldi. Jo‘yalar saqich-saqich sel bo‘ldi.
Dalalarimni yumshatayin dedim — jo‘yalar hali loyqa bo‘ldi. Dadalarimni yumshatmayin dedim
— loyqa qotib qolar bo‘ldi.
Loyqa qotsa yomon qotadi. Dala qatqaloq bo‘ladi. Dala tosh-metin bo‘ladi.
Ichimni it tirnadi. Dalamdan ko‘z uzmadim.
Dalalarim darz-darz yorildi. Dalalarim sarg‘aydi.
Men dalalarimga traktor soldim.
Dalalarim kaftday-kaftday ko‘chdi. Dalalarim mushtday-mushtday ko‘chdi. Dalalarim toshday-
toshday ko‘chdi.
Shunda, pushtalar bo‘rtib-bo‘rtib qoldi. Shunda maysalar uch berib-uch berib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |