Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
23
Otamiz tilamish talak bajo bo‘ladi. Qizillar shahid otamizni bug‘doyzorda tashlab ketadi. 
 
24
El-yurt otamiz qoni to‘kilmish tuproqni devor bilan o‘rab oladi. 
El-yurt otamiz jon bermish tuproq uzra oppoq yalov qadab oladi. 
El-yurt Aqrab shahid poyidan o‘ta-o‘ta bir oyoq ilib oladi. 
El-yurt Aqrab shahid uchun fotiha o‘qib-o‘qib oladi. 
 
 
UChINCHI BOB
 
1
Tong saharlab ko‘chalayman. 
Shaxdam-shaxdam qadamlayman. 
«Yur, tuzemets, yur!» 
Qo‘llarimni uzatib-uzatib qadamlayman. 
«O‘chir, churka, o‘chir!» 
Miltiq peshlab-miltiq peshlab qadamlayman. 
Shunda, peshonamdan bir soya kela beradi. 
— Eb-ey, eb-ey, Dehqonqul? — deydi soya. — Ay, Dehqonqulmisan? 
Miltiq o‘qtalib-o‘qtalib bora beraman. 
«O‘chir, tuzemets, o‘chir! — deyman. — Sen — mocha churka! Yurting — Churkiston! 
Soya qimir etmay qoladi. 
Shu mahal onamiz ketimdan qanday doxil bo‘ladi — bilmay qolaman. Ketimdan qanday 
quchoqlab oladi — bilmay qolaman. 
Qoshimda qotmish soya ko‘ksiga tupura-tupura kalima qaytaradi. 
— Ay, Bolxin hamsoya, — deydi soya. — Shuginangiz bir baloga yo‘liqqan-ov. Uljon folchiga fol 
ochirib kelsangiz bo‘lardi. 
— Folchi nimayam derdi, Xoldon hamsoya. 
Folchi aytadi-da, Bolxin hamsoya, folchi aytadi. 
— O‘zi — bo‘lgan-bo‘ldigi shul, xolasi. 
— Bo‘lgan-bo‘ldigi shul, bo‘lgan-bo‘ldigi shul! O‘takamni yorib yuborayin, dedi! Bovujud, 
bo‘yimda yo‘q — bo‘yimdan tushirardi-qo‘yardi! 
— Bolada ne ayb, xolasi. Bovasi shunday edi, otasi shunday edi, bolasi-da shunday bo‘ladi-da. 
2
Direktorimiz barchamizni ulkan sinfxonaga soladi. 
— Maylis bo‘ladi! — deydi. 
Sinfxona liq to‘ladi. Tik turish uchun joy qolmaydi. 
Direktorimiz eshikni ichkaridan qulflab joriya etadi: 
— O‘rtoqlar, beshinchi sinfdan boshlab barcha paxta frontiga safarbar etiladi! 
O‘ynab qo‘yay, beshinchidan, o‘ynab qo‘yay, deyman! To‘rtinchidan beshinchiga ko‘chganlarimga 
pushaymon bo‘laman. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
27
Uninchi sinf gap qaytaradi: 
— O‘qish nima bo‘ladi, domla, o‘qish nima bo‘ladi? 
Direktorimiz shahodat barmog‘ini shipga nishlaydi. Tantanavor-tantanavor nishlaydi. 
— Paxtazor — daftaring bo‘ladi, g‘o‘zalar husni-xating bo‘ladi! — deydi. 
Muallimlarimiz uyma-uy yuradi. Kiyim-boshlarimiz bilan ko‘rpa-to‘shaklarimizni oldirib keladi. 
Men onamiz berib yubormish bo‘xchani olib qarayman: bo‘xchada ikkita ko‘rpacha bo‘ladi. Ikkita 
non bo‘ladi. Mayiz bo‘ladi, to‘rtta moyak bo‘ladi. 
Men moyaklarni archib-archib yeb olaman. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish