Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
shunday! O‘zbakka jannatmakon-da tatimaydi. O‘zbak jannatmakonda-da o‘z el-yurtini qo‘msab-
qo‘msab ado bo‘ladi. O‘zbak jannatmakondai do‘zaxmakon paxtazorini qo‘msab-qo‘msab qaytib 
keladi. 
— Xo‘p, boraylik qani. 
— Chanishev! O‘zbak qaerda tavallud topadi — ana o‘sha yerda o‘ladi! O‘zbak o‘z el-yurtida 
o‘ladi! O‘zbak o‘z o‘lan-to‘shagida o‘ladi! O‘zbak — ana shunday o‘zbak! 
— O‘limga mahkum uchun yerni farqi nima, tuzemets, — deydi Uspenskiy. 
— O‘ris! Chin, sen uchun farqi yo‘q, chin. Qaerda xushhavo tabiat bo‘ladi — o‘sha yer o‘ris uchun 
yurt bo‘ladi. Qaerda qorni to‘yadi — o‘sha yer o‘ris uchun yurt bo‘ladi. O‘ris — ana shunday o‘ris! 
— El-yurt, el-yurt deysan, o‘zi, O‘zbakiyada seni ko‘mish uchun el-yurt qoldimi? — deya hiring-
hiring kuladi Uspenskiy. — Ikki milyon bosmachi qirib tashlandi, deyishayotib edimi, Rudzutak? 
— Shunday, ikki milyon bosmachi qirib tashlandi, shunday, — deydi Rudzutak. 
— Ana, ikki milyon el-yurting asfalosofilinga safar qilibdi. 
— Topiladi! — deydi otamiz. — Bir meni o‘rab-chirmab ko‘majak el topiladi. O‘zbak elini qirib 
ado etolmaysan. O‘zbak eli — katta el. 
— Hali tag‘in qiramiz! — deydi Kolesov. 
— Asfalosofilinda turkiy tuzemetslar uchun tag‘in milyonta joy tayinlab qo‘ydik, — deydi 
Uspenskiy. 
— O‘ris! Sen ana shunday o‘lasan! O‘ris qaerda o‘ladi — o‘ligi o‘sha yerda qoladi. O‘ris uchun 
o‘lar yeri mozor bo‘ladi. Mozoriga bir xochcho‘p qadab ketadi — bo‘ldi! O‘ris! O‘zbak qaerda o‘ladi 
— o‘ligini o‘z el-yurtiga olib keladi. O‘zbak o‘ligini o‘z qiblagohiga ko‘madi. O‘zbak o‘ligini o‘z 
bosh-tojiga ko‘madi. Shu bois, o‘zbaki qabriston qiblagohda bo‘ladi! 
— Xo‘p, oldin boraylik, bir gap bo‘lar, — deydi Chanishev. 
— Chanishev! Sen meni O‘rusiyaga olib borasan-da — paqillatab otib tashlaysan. Qaysi bir o‘raga 
kafansiz ko‘mib tashlaysan. Vatan gadosi — kafan gadosi bo‘lib o‘laman. Kafansiz o‘ligimni kim el-
yurtimga olib kelib ko‘madi? Kafansiz o‘ligim it o‘likdayin O‘rusiyada qolib ketadi! Ana undan keyin, 
bola-baqram meni qaerlardan yo‘qlab yig‘laydi? Bola-baqram qaerlarga borib otamlab yig‘laydi? Bola-
baqram qaysi mozorim boshiga borib yyg‘laydi? Bola-baqram ulug‘ ayyom kunlarda qaysi mozorimga 
chiroq qo‘yadi? Shunday ekan, otarman bo‘lsang, mana, ko‘krak — ot! Lekin — o‘z el-yurtimda ot! 
Shahid bo‘lsam — o‘z el-yurtimda shahid bo‘layin! Shahidimni o‘z el-yurtim ko‘msin! 
Ana shunda Chanishev otini qayiradi. Otamiz bilan muqobil bo‘ladi. Chanishev mulzam bo‘ladi! 
— Aqrab qo‘rboshi, — deydi sokin-sokin. — Men seni bir yo‘lto‘sar deb eshitib edim. Bir 
kallakesar deb eshitib edim. Bir vahshiy deb eshitib edim. Inchunun, o‘g‘riyam deb eshitib edim! Seni 
mana endi bildim. Aqrab qo‘rboshi, sen asl jigit ekansan, asl jigit! 
Chanishev sukut oladi. 
— Aqrab qo‘rboshi, — deydi. — Ixtiyor menda bo‘lsa edi, men seni hoziroq ozod etar edim. 
Ixtiyor menda bo‘lsa edi, men seni o‘zimga o‘rinbosar qilib olar edim. Ming afsus! Aqrab qo‘rboshi, 
men — polkovnik Chanishev, davlat arbobi Kuybishev oldida otdan tushmadim, men — polkovnik 
Chanishev, buyuk sarkarda Frunze oldida otdan tushmadim. Aqrab qo‘rboshi, men — polkovnik 
Chanishev, Aqrab jigit oldida otdan tushaman! 
Chanishev shunday deya, vazmin-vazmin otdan tushadi. 
Bir qo‘lida yugan Chanishev otamiz qoshida bosh epib-bosh egib turadi. 
— Jigit!.. — deydi Chanishev. 
— Chanishev! Bir qadam-da bosmayman! Men mana shu el-yurtda jon beraman! 
— Juda bo‘lmasa, Yurchigachayin boraylik, jigit? 
— Chanishev! Oshingni yesa-da, mard yesin, boshingni yesa-da, mard yesin! Mana, ko‘krak — 
ma! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish